Keyingi tahrirga qarang



Yüklə 39,32 Kb.
səhifə3/5
tarix17.04.2023
ölçüsü39,32 Kb.
#99434
1   2   3   4   5
4-mavzu

Keyingi tahrirga qarang.
1. Yuridik shaxslar avtotransportiga neft mahsulotlari maxsus AYQShlar orqali, “Davlat belgisi” birlashmasida tayyorlangan yagona davlat pattalari bo‘yicha beriladi.
2. Pattalarni berish vaqtida iste’molchi pattaning orqa tomoniga o‘z korxonasining uch burchakli shtampini bosishga majburdir. Shtamp izi aniq ko‘rinib turishi kerak, shtamp izi noaniq bo‘lgan pattalar haqiqiy hisoblanmaydi.
3. Tushgan pattalar qat’iy hisobga olinadi va belgilangan tartibda topshiriladi.
4. Berilgan neft mahsulotlari uchun olingan pattalarga AYQSh operatori AYQSh nomerini, sanani ko‘rsatgan va burchagini kesgan holda pattaning amal qilishini to‘xtatish muhrini bosadi. Ushbu pattalar AYQSh navbatchilik hisobotiga ilova sifatida har sutkada neft bazasi buxgalteriyasiga topshiriladi.
5. AYQShda berilgan neft mahsulotlari miqdori patta bo‘yicha berishda ham, naqd pulga sotishda ham, jamlovchi o‘lchagichlar ko‘rsatkichlari bo‘yicha hisoblanadi.
VI. QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGAShI, VILOYATLAR VA TOShKENT ShAHAR HOKIMLIKLARINING LITSENZIYALAR BERISh MASALALARINI KO‘RIB ChIQISh BO‘YIChA IShChI GURUHLARINING FUNKSIYALARI
1. Ishchi guruhlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tegishli o‘rinbosarlari boshchilik qiladilar. Uning tarkibiga Davlat soliq qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat mulki qo‘mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, “O‘zdavstandart” markazi, “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar tegishli bo‘linmalarining rahbarlari kiradilar.
2. Ishchi guruh, tushgan ariza va hujjatlarni uch kun muddatda ko‘rib chiqadi, ular bo‘yicha litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida protokol qarorlar qabul qiladi. Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror asoslangan bo‘lishi kerak va u arizachiga yozma shaklda jo‘natiladi.
Arizachi tomonidan ushbu Tartibning II bo‘limida ko‘rsatilgan talablar bajarilmagan hollarda ishchi guruh, hujjatlarni puxta ishlash uchun qaytaradi.
3. Hududiy ishchi guruhlar qabul qilingan protokol qaror asosida Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 18-sentabrdagi 397-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha 3 yil muddatga litsenziyalar beradi. Bunda litsenziya egasi bankda eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari miqdorida davlat boji to‘laydi.
4. Litsenziyaning amal qilish muddati tugagach uning egasi ilgari olingan litsenziya muddatini uzaytirish huquqiga ega bo‘lish uchun qayta ro‘yxatdan o‘tishga majburdir. Barcha talablar bajarilgan taqdirda ishchi guruh, belgilangan miqdordagi tegishli bojni to‘latgan holda, litsenziyani navbatdagi muddatga uzaytirish to‘g‘risida protokol qaror chiqaradi.
5. Litsenziya, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, AYQSh xodimlarini Neft mahsulotlarini qabul qilib olish, saqlash, sotish va hisobga olish qoidalarining talablariga rioya etmaganlik, shuningdek AYQShning yong‘indan saqlash va texnikaviy holati uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi.
6. Neft mahsulotlarini maxsus ruxsatnoma (litsenziya)siz sotayotgan yuridik shaxslarning faoliyati noqonuniy hisoblanadi va ularning ushbu faoliyatni amalga oshirishdan olgan daromadi (foydasi) olib qo‘yiladi, ularga shuncha miqdorda jarima solinadi, aybdor shaxslar esa, amaldagi qonunchilikka muvofiq, jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan javobgarlikka tortiladi.
VII. AYQShLARNING NEFT MAHSULOTLARINI SOTISh BO‘YIChA BELGILANGAN TALABLARNI BAJARIShGA DOIR FAOLIYATINI NAZORAT QILISh
1. Neft mahsulotlarini sotishda talablar bajarilishini nazorat qilish soliq organlari, ichki ishlar organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ishchi guruhlari, shuningdek “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi tomonidan amalga oshiriladi.
2. Davlat AYQShlari ishida qonunga zid xatti-harakatlar aniqlangan taqdirda, neft mahsulotlari qoldiqlarini qabul qilib olish — topshirishni belgilangan tartibda amalga oshirgan holda, moddiy javobgar shaxslar almashtiriladi, xususiylashtirilgan va xususiy AYQShlarda esa xuddi shunday tartibda, AYQSh moddiy boyliklari AYQSh egasining qaroriga ko‘ra belgilangan shaxslarga topshiriladi.
3. AYQSh ishini tartibga soluvchi tegishli normativ hujjatlar, yo‘riqnomalar va davlat standartlari talablarining bajarilmagani uchun ushbu AYQShda neft mahsulotlarini sotish kamchiliklar to‘liq bartaraf etilmagungacha to‘xtatib qo‘yiladi.
4. Neft mahsulotlari sifati buzilganligi aniqlangan taqdirda ham sotish ularning sifati tiklangungacha va “O‘zdavstandart” markazi laboratoriyasi tomonidan yonilg‘i tarqatuvchi kolonkalar, belgilangan tartibda ma’muriy choralar qo‘llangan holda, tekshirib ko‘rilmagungacha to‘xtatib qo‘yiladi.
5. Nazorat organlari tomonidan AYQSh ishlarini tekshirish chog‘ida AYQSh ishlari tegishli dalolatnoma tuzgan holda jamlovchi o‘lchagichlar ko‘rsatkichlari olingungacha, yonilg‘i tarqatuvchi kolonkalardan quyiladigan yonilg‘i miqdorining to‘g‘riligi aniqlangungacha, neft mahsulotlarining haqiqiy qoldig‘i o‘lchangungacha, tekshirish uchun yonilg‘idan namuna olingungacha va naqd pullar hisoblab chiqilgungacha to‘xtatib turiladi.
6. Belgilangan qoidalar buzilishiga yo‘l qo‘ygan davlat AYQSh xodimlari qattiq intizomiy javobgarlikka tortiladi, zarur hollarda esa materiallar ko‘rib chiqish uchun tergov organlariga beriladi.
7. Xususiylashtirilgan AYQSh faoliyatida qoida buzilishlari aniqlangan taqdirda ularning ishlari to‘xtatiladi, ularga neft mahsulotlari yetkazib berish to‘xtatib qo‘yiladi, litsenziya esa bekor qilinadi. AYQSh egalarining yo‘l qo‘yilgan qoida buzilishlari uchun javobgarligi amaldagi qonunlarga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
VIII. NEFT MAHSULOTLARINI SOTISh HUQUQINI BERUVChI LITSENZIYANI OLIB QO‘YISh TARTIBI
1. Har bir litsenziya egasi ushbu Tartibda bayon qilingan talablarni qat’iy bajarishga majburdir.
2. Litsenziyalar olib qo‘yilishiga sabab bo‘luvchi qoida buzilishlariga quyidagilar kiradi:
ushbu Tartibning II-V bo‘limlarida ko‘rsatilgan normativ va yo‘riqnomalar talablaridan chekinish va ularni buzish;
tovar-transport hujjatlarisiz olingan neft mahsulotlarini qabul qilish va sotish;
belgilangan standartlarga muvofiq bo‘lmagan neft mahsulotlarini sotish;
neft mahsulotlarini tegishli organlar qarorlari bilan tasdiqlanmagan narxlarda sotish;
neft mahsulotlarini nazorat-kassa apparatlaridan foydalanmasdan sotish.
3. Ko‘rsatib o‘tilgan qoida buzishlar aniqlangan taqdirda nazorat organlari vakillari, belgilangan tartibda choralar ko‘rish bilan bir qatorda, ayni bir vaqtda ishchi guruhlarga litsenziyalarni olib qo‘yish sabablari asoslangan tegishli taqdimnoma kiritadilar.
4. Hududiy ishchi guruhlar taqdim etilgan materiallarni ko‘rib chiqib, litsenziyani olib qo‘yish yoki aniqlangan kamchiliklarni uning egasi tomonidan bartaraf etish to‘g‘risida protokol qaror qabul qiladilar.
IX. MAZKUR TARTIBGA RIOYA ETILIShINI NAZORAT QILISh
Neft mahsulotlari sotish huquqini beruvchi litsenziya olish uchun hujjatlarni taqdim etish va rasmiylashtirish tartibiga rioya etilishi va ularning to‘g‘ri berilishi ustidan nazoratni Vazirlar Mahkamasining Yoqilg‘i-energetika kompleksi amalga oshiradi.

Yüklə 39,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin