1.2.Ekstraktsiya usulining rivojlanishini. Ekstraktsiya usulining rivojlanishini shartli ravishda 3 davrga bo‘lish mumkin:
Birinchi davri, bu muhandislardan G va Kolloglar birinchi bo‘lib mayda yanchilgan yong‘oq mag‘zidan suv yordamida moy olishni taklif qilganlar. Shu usulning bir oz uzgartirilgan nusxasini Skipin ham qullagan. Lekin suv bilan ish olib borilganda kunjarada ko‘p moy qolishi sababli, polyar bo‘lmagan ba‘zi erituvchilardan foydalanish yullari izlandi. O‘simliklar urug‘idan erituvchilar yordamida moyni ekstraktsiya usulida ajratish tajribasi 1843 yildan boshlanib 1856 yilda Frantsiyada birinchi marta sanoatda qullanilgan. Bunda uglerod sulfid yordamida zaytun urug‘ining kunjarasidan moy ekstraktsiya qilingan. Bu davrda ekstraktsiyalash, birta korpusda, erituvchini bir qism-bir qism solish bilan amalga oshirilgan.