Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda


Kontsentratsiyalarning farqi va erituvchi miqdorining ta‘siri



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə132/168
tarix02.01.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#41800
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   168
ҚХМСваДИТ маруза 2020(4)

5.4.Kontsentratsiyalarning farqi va erituvchi miqdorining ta‘siri. Erituvchi va ekstraktsiyalanayotgan xom ashyoning o‘zaro nisbati ekstraktsiyalanish tezligiga ta‘sir etadi. Ekstratsiya qilinadigan xom ashy ko‘p bo‘lsa, shuncha ko‘p erituvchi berilishi kerak. Bu ekstraktsiya jarayonini tezlashtirib shrot tarkibidagi moyning miqdorini kamaytiradi.

Ekstraktsiyalanayotganxom ashyo erituvchiga botib turish usulida, ekstraktsiya qilganda,shrotni qoldiq moyliligi 0,8-1 % bo‘lishi uchun erituvchi va ekstraktsiyalanayotgan xom ashyo miqdorini o‘zaro nisbati 1.0-0.6:1, bir necha bosqichda sug‘orish usulida ekstraktsiya qilganda bu nisbat 0,6-0,3:1 bo‘ladi.

Hozirgi vaqtda sanoatda qattiq material-suyuqlik sistemalarida ekstraktsiyalash jarayonlarini intensivlashning bir qator usullari qo‘llanilib kelinmoqda. Mexanik tebranishlar(ko‘ndalang tebranish,pulsatsiya,vibratsiya) ta‘sirida erituvchini qattiq zarrachalarni aylanib o‘tish tezligi ko‘payadi, qattiq faza yuzasidagi chegara qatlamning qalinligi kamayadi, fazalar o‘rtasidagi o‘zaro kontakt yuzasi ortadi, harakatsiz zonalar yo‘qoladi,natijada asosan diffuziya tezlashadi.

Ultrtovushning qattiq materillarni ekstraktsiyalashga ta‘sirini (32-rasm,g) quyidagicha tushuntirish mumkin. Ultratovush ta‘sirida kavitatsiya hodisasi sodir bo‘ladi, bu effekt yordamida qattiq material g‘ovaklaridagi kichik oqimlarining harakati tezlashadi, natijada qattiq faza ichidagi moddaning tarqalishi o‘zgaradi. Ultratovush maydonida muhitning isishi va uni aralashtirish effektlari ham paydo bo‘ladi, biroq bu effektlarning ekstraktsiyalash jarayoniga ta‘siri sezilarli darajada emas. Shunday qilib, ultrtovush asosan qattiq faza ichidagi modda o‘tkazuvchanlikni tezlatadi.

Elektr yashinlari yordamida ekstraktsiya jarayonini tezlatish usuli (32-rasm,d) bir qator afzalliklarga ega. Bu usul yordamida elektr energiyasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri suyuqlikning tebranma harakat energiyasiga aylanadi, bu bir pog‘onali jarayon bo‘lib, katta foydali ish koeffitsientiga ega.

Trubaning ko‘ndalang kesmi davriy ravishda o‘zgartirilganda qattiq va suyuq fazalarning tezliklari ham o‘zgarib turadi. O‘zgaruvchan erituvchi oqimida hakat qilayotgan qattiq zarracha trubaning tor kesimida tez harakat qiliyotgan erituvchidan orqada qoladi. Trubaning keng kesimiga o‘tganda qattiq zarracha sekin oqayotgan suyuqlikdan o‘tib ketadi. Natijada qattiq faza yuzasida suyuqlikka modda berish jarayoni bir muncha tezlashadi.



Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin