Keynsning iqtisodiy qarashlari,keynschilik,yangi keynschilik. Reja



Yüklə 25,89 Kb.
səhifə1/3
tarix25.12.2023
ölçüsü25,89 Kb.
#194433
  1   2   3
Keynsning iqtisodiy qarashlari,keynschilik,yangi keynschilik.


Keynsning iqtisodiy qarashlari,keynschilik,yangi keynschilik.
Reja:

1 Hozirgi davr iqtisodiy ta’limotlarining asosiy xususiyatlari.


2 Ijtimoiy-iqtisodiy yo’nalishining shakllanishi va rivojlanishi
3 Keynsning iqtisodiy qarashlari,keynschilik,yangi keynschilik

. Hozirgi davr iqtisodiy ta’limotlarining asosiy xususiyatlari
Ijtimoiy-institusional yo’nalishning boshlanishi X1X asrning oxirlariga to’g’ri keladi va XX asr 20-30 yillarida AQSh da keng tarqalgan.

Yo’nalishning nomi lotincha "institut" -so’zidan olingan. Yo’nalish vakillarining fikricha institutlar jamiyat rivojlanishining xarakatlantiruvchi kuchlari bo’lib xizmat qiladi.Obyektiv iqtisodiy qonunlar tan olinmaydi. Xususiy mulk, soliq, pul, kredit, foyda va savdo kabi iqtisodiy kategoriyalar jamiyat ruhining paydo bo’lishi shakli hisoblanadi.


Bu yo’nalishdagilar ma’lum guruhlarning odat, an’analari, yurish-turishi, o’ylash usullari, huquqiy-ahloqiy va boshqa ko’rinishlar evolyusiyasini tadqiq qiladilar.
Institusionalizm evolyusiyasi uch davrga bo’linadi. 1. Eski negativ maktab (20-30 yillar) - T.Veblen (1857-1920), J.R.Kommons (1862-1945), U.Mitchell (1874-1948), J.Gobson (1858-1940), U.Gamilton g’oyalarida namoyon bo’ldi. Iqtisodiy jarayonlar turli tushunchalar asosida bayon qilinadi. Masalan, Veblen iqtisodiy jarayonlarni ruhshunoslik, biologiya va antropologiya bilan bog’laydi. Kommons - ruhshunoslik huquqini , Mitchell - antropologiya va matematika hisob-kitoblarini ustun qo’yadi.

2. Kechki institusionalizm (1 jahon urushidan keyin) J.M.Klarkning "Iqtisodiy institutlar va insonlar farovonligi" asarlarida, G.A.Berlining "Mulksiz hokimiyat" va "XX asr kapitalistik inqilobi" asarlarida, G.Minzning aksionerlar soni ortishi, kapital mulkning kapital funksiyadan ajralish jarayoni haqidagi maqolalarida qayd etilgan.


3. Neoinstitusionalizm 60-70 yillardagi ijtimoy institusional yo’nalish. Amerikalik nazariyotchi L.Lou, shvesiyalik iqtisodchi G.Myurdal tomonidan ishlab chiqarilgan. J.K.Gelbreyt va R.Xeylbroner tomonidan rivojlantirilgan. Iqtisodiy jarayonlar rivoji industriya va texnokratiya rolining o’sishi bilan bog’liq qaraladi. Ijtimoy hayotga asoslanib, iqtisodiy jarayonlar borishi tushuntiriladi. Birinchi davrdagi iqtisodiy g’oyalar uch oqimga bo’linadi.
1.Ijtimoiy-psixologik (T.Veblen).
2.Ijtimoiy-huquqiy (Jon R.Kommons)
3.Emperik yoki kon’yuktura-statistik (U.Mitchell). Institusional g’oyalar evolyusiyasining birinchi davridagi ijtimoiy-iqtisodiy qarashlarini uchta asosiy oqimlarga ajratish mumkin.
1-yo’nalish Torsten-Veblen (Asarlari:2 "Bekorchi sinflar nazariyasi "(1899), "Fanning hozirgi sivilizasiyadagi o’rni va boshqa ocherklar" (1919), "Zamonaviy o’zgaruvchi tizimlar to’g’risidagi ocherklar" (1934))kitoblarida keltiriladi.Bularda davrning tabiiy tanlanish ta’limoti insoniyat jamiyatida "yashash uchun kurash" tamoyili asosida tadbiq qilishga asoslanadi. Markscha sinfiy kurash va umuman sinflar mavjudligi inkor etiladi. Industrial -texnokratik konsepsiyalar ishlab chiqiladi. "Industriya" (barcha ishlab chiqaruvchilarni) va "biznes" (moliyachilar, tashkilotchilar, tadbirkorlar) nazariyasida ishlab chiqarishning moddiy va ijtimoiy-iqtisodiy asoslari bog’lanmagan.Bu yo’nalish jamiyatni isloh qilishda intelligensiyaning rolini birinchi o’ringa qo’yadi(menedjerlar).
2-yo’nalish Jon R.Kommons (Asarlari: «Kapitalizmning xuquqiy asoslari»(1924), «Institusional iqtisodiyot. Uning siyosiy iqtisoddagi o’rni»(1934),»Jamoa faoliyatining iqtisodiy nazariyasi»(1950)asarlarida bayon qilinadi). U iqtisodiyotda nazariya va yuridik konsepsiyalar to’g’risidagi qoidalarning o’zaro qorishmalarini taklif etadi. Kapitalizm bozor munosabatlari "odil bo’lmagan rag’bat" illatiga olib kelayotganligi sababli, almashuv munosabatlari odil bo’lishini ta’minlash, raqobat xavfini yo’qotishni davlatning yuridik - qonun organlari vositasida hal etish mumkinligi g’oyasini ilgari suradi. "Sosial nizo" ta’limotida nizolarning antogonistik(kelishtirib bo’lmas) emasligini, ularning jamiyat evolyusiyasining harakatga keltiruvchi omil ekanligini aytadi. Ishchi va kapitalizm o’rtasidagi munosabat- kelishuv bo’lib, bu kelishuv: nizo, o’zaro ta’sir va yechimdan iborat bo’ladi. U jamiyatda ijtimoiy - qarshiliklar kuchayishi,ya’ni konfliktlarni yuridik kelishuvidan boshqa narsa emas deb hisoblaydi. Jamoatchilik fikri nazoratidagi iqtisodiyotni demonopolizasiya qiladigan hukumat tuzumi zarurligiga ishonadi. Mulkni o’z shakliga (moddiy, nomoddiy), qarz va qarz majburiyatlari ) va ko’rinmas (qimmatli qog’ozlarga) ajratadi. Birinchi o’ringa ishlab chiqarish emas muomala sohasi qo’yilgan.
3-yo’nalish Uesli Kler Mitchell (asari: «Iqtisodiy nazariya tiplari to’g’risida leksiyalar»(1935) nomi bilan bog’liq.U Veblenning shogirdi bo’lib, ishlab chiqarish va biznes qarama-qarshiligi to’g’risidagi fikrni meros qilib olgan.
Odamlarning jamiyatdagi hulqini tadqiqot predmeti deb hisoblaydi. Ijtimoiy psixologiya, an’ana va urf-odatlar iqtisodiy hodisalarni belgilovchi omillar sifatida qaraladi. Mitchell bo’yicha, iqtisodiy ko’rsatkichlar, son va raqamlar o’zgarishidagi qonuniyatlar hal qiluvchi o’rinni egallaydi. U siklik hodisalar tadqiqotchisidir. Moliya-pul muomalasi va kredit kategoriyalari bilan siklik tebranishlarni o’zgartirish, oldini olish va iqtisodiyotga ta’sir etish mumkin, deb hisoblagan. U katta yillar davomiyligini hisoblagan. Kapitalizmning inqirozsiz rivojlanish modeli loyihasini yaratgan. Sikllarni kapitalizm iqtisodiyotiga xos doimiy xususiyat deb qaraydi. Yuzaga keladigan turli qarama-qarshiliklarni yechishda davlat roli orqali tartibga solish eng qulay vosita deb hisoblanadi. Uning tadqiqiotlari empirik va institusional usullar qorishmasidan iborat. Kechki va neoinstitusionalizm davri J. K. Gelbreyt, Pitirim Sorokin(AqSh) Raymond Atoi (Fransiya), Yan Tinbergen (Niderlandiya)va boshqa olimlar nomi bilan bog’liq,ular fikricha, jamiyatni qayta qurish, transformasiya masalalarini hal etishda texnik-iqtisodiy omillar mutloqlashtiriladi; Jamiyatning industrial jamiyatdan postindustrial, superindustrial yoki neoindustrial informasion jamiyat sari qarama-qarshiliklarsiz evolyusiyasi, sosialistik va kapitalistik tizimni yagona tizimga keltiruvchi nazariyasi ilgari suriladi(konvergensiya nazariyalari). J.K.Gelbreyt asarlari sosialistik va kapitalistik tizimda ro’y berayotgan umumiy o’zgarishlar, masalan, rejalashtirishdan foydalanish, davlat va korporasiya o’rtasidagi farqlarning yo’qolib borishi, tashqi muhitni o’rganish, fan va ta’limda mehnat taqsimoti o’sishda asosiy omil ekanligini va boshqalar tan olinadi. "Kapitalizm transformasiyasi" ro’y berishi bashorat qilingan (Asarlari: "Mo’l-ko’lchilik jamiyati"(1958),"Yangi industrial jamiyat"(1927).
"Yangi sivilizasiya" asari vujudga kelishi to’g’risida Toflerning "Uchinchi to’lqin" kitobi bayon etilgan. Neoinstitusionalizm nazariyalarida texnik omillarni mutloqlashtirishdan chekinilib, asosiy e’tibor insonga va sosial muammolarga qaratilgan. "Mulk huquqi" (Ronald Klouz-AqSh) va jamiyat tanlovi (Jeyms Byukenen - AqSh) shular jumlasidandir. Bu yo’nalish bo’yicha XX1 asr "Inson asri" deb e’lon qilingan.Inson postindustrial jamiyatning asosiy iqtisodiy omili, asosiy resursi, deb qaraladi. Yangi jamiyat shaxsni har tomonlama rivojlantirish uchun yangicha siyosat yurgizishni taqozo etadi.

Yüklə 25,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin