Keynsning iqtisodiy qarashlari,keynschilik,yangi keynschilik. Reja


Keynsning iqtisodiy qarashlari, keynschilik, yangi keynschilik



Yüklə 25,89 Kb.
səhifə2/3
tarix25.12.2023
ölçüsü25,89 Kb.
#194433
1   2   3
Keynsning iqtisodiy qarashlari,keynschilik,yangi keynschilik.

Keynsning iqtisodiy qarashlari, keynschilik, yangi keynschilik
J.M.Keyns (1884-1946) "kapitplizmni tartibga solish"ga oid g’oya tadqiqotchilaridan biri bo’lib klassik maktabga qarshi davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi tarafdoridir. U qiymatning mehnat nazariyasini, qo’shimcha qiymatni inkor etadi. Ularni ishlab chiqarish omillari konsepsiyasi bilan almashtiradi. A. Marshallning, Kembridj maktabining davomchidir. Uning bosh asari »Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi»(1936)dir(qisqacha »Umumiy nazariya» deb ataladi). Keyns ta’limotining xususiyatlari:

1. Bozor munosabatlarining mavjud tizimi o’z-o’zini avtomatik tarzda tartibga sola olmasligi asos qilinib olinganligi.2. Iqtisodiyotning o’sishi va eng yuqori ish bilan bandlikni ta’minlash davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi zarurligi(«aralash iqtisodiyot» otasi). 3. Iqtisodiy hodisalar tahlilini makroiqtisodiy jihatdan (xususiy milliy daromad va jamg’arish o’rtasida bog’liqlik va nisbatlarni) tadqiq etish zarurligi.


4. Bandlik nazariyasi quyidagilarga asoslanadi: Bandlik ortishi tufayli, milliy daromad, ayni paytda istemol ham ortadi, ammo daromad istemolga nisbatan sekinroq ortadi, odatda insonlarning psixologik «qonuni»dan kelib chiqib, ularda jamg’arishga moillik kuchayadi. Investisiyaga imkon tug’iladi va yangi korxona,ish joylari paydo bo’ladi,bu esa iqtisodiyotni yanada rivojlantiradi. Oqibatda "samarali talab" kamayadi. Bu ishlab chiqarish hajmiga va bandlikka ta’sir etadi.
5. Foiz pul qarzi (kredit)uchun beriladigan qonuniy haq deb hisoblanadi. Foizning miqdori "likvidlik afzalligi" (likvidlik - pulga tez aylana olish, qadrlilik)ga to’g’ri va muomiladagi pul miqdoriga teskari proporsionaldir. Investisiyalarning umumiy hajmi bandlik hajmini belgilashda hal qiluvchi rolni o’ynaydi. Yangi investisiyalar tufayli bandlikning o’suvchi qo’shimcha bandlikni vujudga keltiradi. qo’shimcha bandlikning o’sish koeffisiyenti multiplikator deb ataladi. U bir tomondan investisiya o’sishini, ikkinchi tomondan bandlik va daromadlarning o’sishi o’rtasidagi nisbatni ko’rsatadi. Multiplikator qo’yilgan investisiya qancha foyda berish koeffisiyentidir. O’sha davrdagi AqSh multiplikatori 2,5ga teng bo’lgan, ya’ni 1dollar investisiya 2,5dollar foyda keltirgan. Keyns g’oyalarning davomchilarini, ya’ni keynschilarni uch oqimga ajratish mumkin. 1. O’ng va o’ta reaksion oqim, agressiv monopolistlarning manfaatini himoya qilgan. qurollanish iqtisodiyotini fashistik yo’l bilan tartibga solishni qo’llaydi. Keyns kitoblari nemis tiliga darhol tarjima qilindi va Germaniya fashistlari tomonidan foydalanilgan. Fransiyada ham tartibga solinadigan kapitalizm tarafdorlari bo’lib, ular o’z nazariyalarini "dirijizm" deb ataganlar. 2. Liberal oqim tarafdorlari monopoliya manfaatlarini ximoya etadi, ammo qurollanishni inkor etadi. 3. So’l keynschilik oqimi tarafdorlari milliy daromadni to’g’ri taqsimlash g’oyasi bilan talab darajasiga samarali ta’sir etishga intiladi. Ingliz iqtisodchisi J.Robinson xonim kapital jamg’arilishi (1956) kitobida bu g’oya ifoda etilgan. Uningcha mexnat unumdorligining o’sishi bilan ish haqining oshuvi yaratilgan mahsulotlarni realizasiya qilishga yordam beradi va texnika taraqqiyoyati rag’batlantiradi. Bunda kasaba uyushmalarining roli katta bo’lishi kerak. Keyns g’oyalarining hozirgi davrda rivojlantirilishi yangicha keynschilik deb ataladi. Yangi keynschilik ikki oqimga bo’linadi: 1. Amerikaliklar oqimi (A.X.Xansen (1887-1975) va Xarris); 2. Yevropaliklar oqimi (F.Perru, G.Ardon, P.Mendes - Frans). Birinchi oqim tarafdorlari ortodaksol keynschilik deb ham ataladi. Keyns qoidalari to’laligicha qabul qilinib, Xansen tomonidan stagnasiya nazariyasi bilan to’ldirildi.
Xansen kapitalizm qiyinchiliklari uning ichki qarama-qarshiliklaridan emas, balki "tashqi impuls"larning susayganligidan deb biladi. Davlat xarajatlarini o’stirish va qondirish uchun ish haqidan olinadigan soliqlarni 25-30% emas balki 60% gacha oshirish taklif etiladi. Ular multiplikator prinsipini akselerasiya prinsipi bilan to’ldirdilar. Akselator investisiya o’sishining daromad o’sishiga, ya’ni investisiyadan keyingi va undan oldingi daromadlarning farqlari nisbati bilan aniqlanadi. Multiplikator va akselerator g’oyalariga asoslanib, iqtisodiyotning uzluksiz o’sish sxemasi ishlab chiqildi. Uning asosida davlat kapitali qo’yilmalari yotadi. Iqtisodiyot o’sishi davrida davlat xarajatlarini cheklash(kamaytirish), inqrozlar davrida esa uni oshirish va shu yo’l bilan xususiy xarajatlarni kompensasiyalash taklif etiladi.Yevropacha oqim Fransiyada shuhrat qozondi. Keyns g’oyalarini G.Ardon, P. endes - Frans kabilar to’laligicha qabul qilsa, F.Perru osuda fazoni tartibga solishni samarasiz deb xisobladi. Bu oqim tarafdorlari iqtisodiyotni rejalashtirishni taklif etadilar. Imperativ (direktiv xarakterda Sobiq SSSRdagi kabi) va indikativ(hozir ko’p davlatlar qo’llaydigan) rejalashtirish ajratiladi. Keyns uslubi iqtisodiy inqrozlarning (1948-49, 1953-54, 1960-61, 1967-68, 1969-71,1974-75, 1981-82) oldini ola bilmadi. Yangi keynschilik o’rniga postkeynschilik keldi, bular: ingliz iqtisodchilari J. Robinson, N.Koldor, P. Sraffa, amerikalik olimlar A.Eyxner, S. Vayntraub. Ular kapitalistik tizimning ichki turg’unlik konsepsiyasini taklif qildilar. Ular Keyns ta’limotini dinamik, harakatchan nazariya deb qaraydilar. "Yuqori naf", ishlab chiqarish omillarining eng yuqori unumi nazariyalarini tanqid qilish xarakterlidir. Ijtimoiy institutlar roli xam kiritilgan. Bu ta’limda o’sish va taqsimot muammolari markaziy o’rinni egallaydi. Ishlab chiqarish va o’sish sur’atlari milliy daromadning taqsimotiga bog’liq, daromad va uning o’sishi esa, jamg’arma, umumiy jamg’arma esa, ish haqi va foydadan jamg’arilgan jami summaga teng bo’ladi.Postkeynschilar kapitalistik iqtisodiyotni tartibga solish mexanizmini yanada takomillashtirish tarafdorlari bo’lganlar. 4.Yangi klassik(neoklassik) yo’nalish. Marjinalizm iqtisodiy ta’limotning navbatdagi bosqichi yangi klassik yo’nalish bo’lib,uning shakllanishi ingliz Alfred Marshall nomi bilan bog’liq (yuqorida berilgan), shu yo’nalish tarafdorlari ichida amerikalik J.B.Klark, italiyalik V.Pareto g’oyalarini ko’rsatish mumkin. Bu olimlarda ekonometrik usullar yetakchidir. Yuqorida dastlabki ikki olim haqida fikr bildirgan bo’lsak, bu yerda Vilfredo Pareto(1848-1923)ning iqtisodiy g’oyalarini tahlil etamiz. Uning asosiy asoslari: «Siyosiy iqtisod kursi» (1898), «Siyosiy iqtisod ta’limoti» (1906) va «Umumiy sosialogiya bo’yicha traktat»(1916).U L.Valras bilan (1982 yildan) birga Lozane universitetida ishlay boshladi. Uning asosiy xizmati shuki, u asosiy marjinalistik tushuncha «foydalilik» («naf»)ni miqdoriy o’lchashniig yangi usulini taklif etdi, u «ijtimoiy maksimal foydalilik» yoki «Pareto optimumi»ni muomalaga kiritdi. Bu tushuncha xatto bu odamning turmush darajasi yaxshilanishi barchaning turmush darajasi ortishi uchun yoki jilla bo’lmasa yomonlashmasligi mumkinligini hisoblash imkonini beradi. Bu konsepsiya foyda (foydalilik)ni maksimum qilish uchun optimal qaror qabul qilish yo’lini yaratadi. Neoliberal yo’nalish tarafdori M.Fridmenning monetar konsepsiyasida «ishsizlikning tabiiy normasi» sharoitida pul miqdorini 3-4% oshirish iqtisodiy o’sishga olib kelishi tahlil etildi. Keynschilik o’rniga (1970) kelgan bu yo’nalish Buyuk Britaniya (Tebcher), AqSh(Reygan), Chili va boshqa mamlakatlar rivojiga ijobiy ta’sir etdi. Hozirgi davrda jahonda neoklassik yo’nalish iqtisodiy fikrlashda yetakchi, ammo davlat roli ham tan oladi. Keyingi davrlarda «neoklassik sintez» konsepsiyasi vujudga keldi, uning muallifi P.Ssamuelson(1915) jahonga «Ekonomika» darsligi bilan mashhur. Bu kitob 1948 y. yozildi va 15 martda qayta nashr etilgan. Bu asar uchun unga 1970 y. Nobel mukofoti laureati unvoni berilgan. Bu asarda asosiy e’tibor ommaviy ishsizlik va inflyasiyani yengish masalalariga qaratilgan.

Yüklə 25,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin