Keys -stadi ta'lim texnologiyasi
R E J A:
Keyslar va ularning mohiyati.
Keysni muhokama qilish tartibi.
Keys mazmuniga qo’yiladigan talablar.
O’quv keyslaridan foydalanishga misollar.
O’quv muammoli vaziyat (o’quv keysi) tashkil etishning maqsadi auditoriyada aniq muammoli vaziyatni mavjud imkoniyatlar va tavakkallikni hisobga olgan holda muqobil yechimlarini muhokama qilish orqali qarorlar qabul qilish muhitini yaratishdan iboratdir.
Keys usulini samarali qo’llash o’quv guruhiga muammoli vaziyatni muhokama qilish imkoniyatini berish orqali talabalarning anglash faoliyatini faollashtiradi, o’z bilimi va g’oyasini mujassamalashtirish, muhokama jarayoni va mazmunini kuzatish uchun sharoit yaratadi.
Ma`lumki, o’qitishning dastlabki bosqichlarida talabalar juda ham faol bo’lmasdan o’z fikrlarini ochiq bayon etishga qodir bo’lmaydi. Bunday to’siq talaba uchun qarashlari va fikrlarini guruh yoki o’qituvchi tmonidan tanqidga uchrashi mumkinligidan xavfsiragan holda ma`lum qiyinchiliklar tug’diradi.
Ko’pincha shunday hollar bo’ladiki, o’qituvchi vaqtning tig’izligi tufayli talabalar bilan suhbat-muloqat yoki to’liq savol-javob o’tkaza olmaydi. Ana shunday hollarda zamonaviy pedagogik texnologiya usulllaridan biri bo’lgan keys usuli aynan qo’l keladi.
Dostları ilə paylaş: |