Keys stadi materiallari



Yüklə 308,5 Kb.
səhifə17/19
tarix02.01.2022
ölçüsü308,5 Kb.
#40659
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
keys stadi lotincha

1-ilova

Nazariy kism

«SHish sindromi.Turli etiologii (mahaliy - allergik, tomirli,yallig‘lanishli; umumiy –qon aylanish etishmovchiligida, buyrakka aloqador, endokrin, ochlik oqibatida). UASH taktikasi.

Nazariy qism

Amaliy mashg‘ulotning nazariy qismida birin-ketin quyidagi savollar ko‘rib chiqiladi: o‘tkir,surunkali shish sindromlar va interstitsial nefrit, bu kasalliklar diagnostikasi hamda differensial diagnostikasi.

O‘tkir poststreptokokkli shish sindrom angina, faringitdan so‘ng 10-12 kundan keyin rivojlanadi. Siydikda proteinuriya qatorida turli xil darajada eritrotsitlar va silindrlar paydo bo‘lishi mumkin. Ekstrarenal simptomlardan ancha muhimi shishlar,arterial gipertoniya, oliguriya hisoblanadi.

Surunkali shish sindrom bir qancha klinik sindromlar bilan kechadi: izolirlangan siydik sindromi, gipertonik, nefrotik sindrom va ularning birga kelishi. Izolirlangan siydik sindromi bilan kechuvchi surunkali shish sindrom subklinik kechishi bilan xarakterlanadi, siydikdagi o‘zgarish ko‘pincha dispanserizatsiyada aniqlanadii. Bunda ekstrarenal simptomlar yo‘q, siydikda –proteinuriya ne 1-2 g/sut dan ko‘p emas, mikrogematuriya, biroz silindruriya.

Gipertonik sindrom bilan kechuvchi surunkali shish sindrom uchun arterial gipertoniya, uncha yuqori bo‘lmagan proteinuriya, mikrogematuriya xos. Ko‘pincha yoshlarda uchraydi. Klinik namoyon bo‘lishi: intensiv bosh og‘riqlar, bosh aylanishi, ko‘rishning pasayishi, yurak sohasida og‘riq, yurak urib ketishi, hansirash. EKG da- chap qorincha gipertrofiyasi belgilari. Surunkali shish sindrom chap qorincha etishmovchiligi bilan asoratlanishi mumkin (yurak astmasi, o‘pka shishi).

Nefrotik sindrom bilan kechuvchi surunkali shish sindrom nefrotik sindrom va shishlar darajasigacha yuqori proteinuriya bilan xarakterlanadi

Interstitsial nefrit.

Interstitsial nefrit – buyrak oraliq to‘qimasining o‘tkir yoki surunkali abakterial, nodestruktiv yallig‘lanish kasalligi bo‘lib, keyinchalik jarayonga nefronlarning qo‘shilishi bilan xarakterlanadi.

O‘tkir interstitsial nefrit.

Klinika: penitsillin in’eksiyasi, sulfanilamidlar, analgetiklar, NYAQV va boshqa preparatlar qabul qilgach 2-3 kundan so‘ng bel sohasida og‘riq, bosh og‘rig‘i, adinamiya, uyquchanlik, ko‘ngil aynishi, ishtahaning pasayishi, terlash paydo bo‘ladi, tana harorati va AB ko‘tariladi, diurez kamayadi, o‘tkir buyrak etishmovchiligi rivojlanishi mumkin, odatda qaytar bo‘ladi.

Laborator ma’lumotlar. UQT: biroz leykotsitoz ozgina chapga siljish bilan, eozinofiliya, ECHT ning oshishi. QBT: α2- i β- globulinlar , kreatinin, mochevina miqdorining oshishi. UST: proteinuriya, mikrogematuriya, leykotsituriya, biroz silindruriya, siydik zichligining kamayishi.

Surunkali interstitsial nefrit.

Klinika. Bel sohasida to‘mtoq og‘riq, holsizlik, charchash, chanqash, poliuriya, AB ning oshishi.

Laborator ma’lumotlar. UQT: anemiya belgilari, ECHT ning oshishi. UST: kichik nisbiy zichlikdagi siydik bilan poliuriya, proteinuriya, mikrogematuriya, biroz leykotsituriya. QBT: kreatinin, mochevina miqdorining oshishi.

Pielonefrit, shish sindrom va interstetsial nefrit differensial diagnostikasida quyidagi kriteriylarga asosan farqlash lozim: etiopatogenez, klinik simptomlar, laborator ma’lumotlar.


Yüklə 308,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin