Keysning asosiy maqsadi: olingan bilimlarni amaliy vaziyatda qoʻllash.
Keys bilan ishlash bosqichlari:
Keys topshirig‘ini diqqat bilan oʻqib chiqing.
Mamlakatdagi holatni faraz orqali tasavvur qiling.
Bojxona integratsiyasi natijasining afzalliklari va kamchiliklarini t-jadval asosida tahlil qiling.
Qilingan barcha tahlillar natijasida yutuqlar va yutkazishlarni sarhisob qiling.
Toʻplangan ma’lumotlar asosida qaror qabul qiling.
Keys topshirig’ini bajarish:mustaqil ravishda.
Bajarish muddati: 30 daqiqa.
Vaziyatning mazmuni. A mamlakat B mamlakat bilan bojxona integratsiyasiga kirishgandan soʻng avtomobil eksporti bir yilda 1000 birlikka etdi. Avtomobillarning A mamlakatdagi bahosi 6000 doll. Bojxona integratsiyasidan soʻng mamlakatdagi narx 7000 dollarga etdi. Bojxona integratsiyasidan avval avtomobillar ishlab chiqarishning ichki hajmi bir yilda 1200 birlikni, undan soʻng esa bir yilda 1400 birlikni tashkil etdi. Bojxona integratsiyasidan avval ichki iste’mol bir yilda 2200 birlikni, undan soʻng esa bir yilda 2000 birlikni tashkil etdi.
a) kvota joriy qilinishidan ishlab chiqaruvchilarning yutug‘i aniqlang.
b) ushbu chora qoʻllanganda iste’molchilar yoʻqotishlari aniqlang.
v) davlat byudjeti daromadlari tahminiy oʻzgarishlarini aniqlang.
g) Bunday integratsiyani qoʻllab-quvvatlaysizmi?
Yechim:
a) kvota joriy qilinishidan ishlab chiqaruvchilarning yutug‘i aniqlang.
( 1000 * 7000 ) + ( 2000 * 7000 – 2200 * 6000 ) =
= 7 000 000 + ( 14 000 000 – 13 200 000 ) = 7 800 000
b) ushbu chora qoʻllanganda iste’molchilar yoʻqotishlari aniqlang.
2200 * 6000 – 2000 * 7000 = 13 200 000 – 14 000 000 = - 800 000
v) davlat byudjeti daromadlari tahminiy oʻzgarishlarini aniqlang.
0,15
g) Bunday integratsiyani qoʻllab-quvvatlaysizmi?
Mamlakatdagi bojxona integratsiyasidan so’ng avtomobil ishlab chiqarish ichki hajmi 1200 birlikdan 1400 birlikka ortgan va mahsulot eksportidan tushadigan tushum miqdori ham ortadi. Shu jumladan, ishlab chiqaruvchilar tomonidan davlatga to’lanadigan soliq summasi ham ortadi,
Mamlakatda bojxona integratsiyasiga kirishgandan soʻng avtomobil eksporti bir yilda 1000 birlikka yetdi. Bundan davlatga eksportdnn keladigan tushum ham integratsiyasidan avvalgi avtomobillar ishlab chiqarishdan ko’ra ortadi
Lekin eksport hisobiga mamlakat ichki bozoridagi narx 6000 dollardan 7000 dollarga oshishi natijasida iste’molchilar tomonidan ichki iste’mol 2200 – 2000 = 200 birlikka kamayishi yuzaga kelgan. Iste’molchilar tomonidan qo’llab – quvvatlanmasligi mumkin.