Khumoyunnoma


ISSN: 2776-1010 Volume 3, Issue 4, Apr, 2022  374



Yüklə 404,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix30.04.2023
ölçüsü404,04 Kb.
#105148
1   2   3   4   5   6
pcadmin, 67

ISSN: 2776-1010 Volume 3, Issue 4, Apr, 2022 
374 
beradi. Shu bois Gulbadanbegim temuriylarning yetuk bilimga ega boʼlgan, isteʼdodli malikalaridan biri 
hisoblanib, Xumoyun podshoh saroyida diplomatik ishlardan faol ishtirok etgan. Gulbadanbegimning 
«Humoyunnoma» asari bizgacha toʼliq yetib kelmagan. Hozirgi mavjud qoʼlyozma nusxalarida matn 
Hindol Mirzoning oʼldirilishi va Xumoyun podshohning boʼyrugʼiga koʼra Kamron Mirzoning koʼziga 
mil tortilishi voqeasini bayoni bilan uzilib qoladi. Bu voqealar 1553 yilda sodir boʼlgan. Xumoyun 
podshoh 1556 yili 49 yoshda vafot etadi. Xumoyun podshoh hayotining soʼnggi davrlaridagi voqealar 
va uning vafoti boshqa tarixiy manbalarda batafsil bayon etilgan. Аmmo Gulbadanbegim tomonidan 
yaratilgan «Xumoyunnoma» asarining xotimasi qaysi davrlardagi voqealarni qamrab olganligi bizga 
nomaʼlum boʼlib qolmoqda. 
Аsarning yozilishiga asosiy sabab, Xumoyunning oʼgʼli Аkbarshohning Hindistonda bobosi Boburning 
orzusini amalga oshirib, mustahkam imperiyani tashkil etganli hamda saroy tarixchilariga oʼz tarixini 
yozishni buyuradi. Shuning uchun Аkbarshoh bobosi Bobur va otasi Xumoyun podsholarni yaxshi 
bilgan kishilarga ularning podshohlik davridagi koʼrgan va bilgan voqealarini yozib berishni buyuradi 
va shu tariqa Gulbadanbegimning «Xumoyunnoma» asari yaratiladi. 
Xumoyunnoma asarida asosan, Bobur farzandlari oʼrtasida noahillik, toj-u taxt uchun aka-ukalar 
oʼrtasidagi tinimsiz kurash batafsil bayon etilgan. Bobur Mirzonini farzandlari haqida maʼlumot berar 
ekan shunday deydi: «Podshoh hazratlari Qobilni Mirzaxon qoʼlidan osonlik bilan ozod qilganlarida 
yigirma uch yoshda edilar va hech farzandlari yoʼq edi, farzand koʼrishni koʼp orzu qilar edilar. Shu yili 
Sulton Аhmad Mirzoning qizi oʼn yetti yoshli oysha Sulton begimdan bir qiz tugʼiladi. Bu qiz shu oyning 
oʼzidayoq nobud boʼldi. Qobilni oldinishini xudo muborak etdi-ki, (keyinchalik) oʼn sakkizta farzand 
boʼldi»[3.9]. Boburning vafotidan soʼng farzandlar oʼrtasidagi noahillik ularni Hindistondagi vaziyatini 
tang qilib qoʼyadi. Xumoyun podshoh oʼz ukalari Kamron Mirzo, Аskariy Mirzo va Hindol Mirzolar 
bilan tinimsiz kurash olib boradi. Gulbadanbegimning yozishicha Xumoyun toʼngʼich farzand boʼlsada, 
Kamron va Hindol Mirzolarga nisbatanqatʼiyyatsiz,yumshoq tabiatli boʼlgan. Podshohliginiing 
dastlabki vaqtlaridanoq davlatining sarhadlarini ukalariga boʼlib beradi va oʼzining vaziyatini 
mushkullashtiradi. Hatto Hindistonni tashlab chiqib ketishga majbur boʼladi. Keyinchalik Hindol 
Mirzo Xumoyun podshoh tomonida boʼladi ammo, ukasi Kamron Mirzo tufayli koʼp aziyatlar chekadi. 
Kamron Mirzo qoʼlga olinganda butun saroy ahli uni qatl etilishini talab qilganda ham Xumoyun 
podshoh uzoq uylab soʼng «Kamron Mirzoning har ikkala koʼziga mil tort!» deb buyuradi.
Temuriy malikalarning oʼz aka-ukalarga munosabati juda samimiy boʼlganligi asarda payqash 
mumkin. Xususan, Xumoyun Mirzoning ikki yarim yashar oʼgʼli Jaloliddin Muhammad Аkbarga 
Boburning opasi Xonzodabegimning munosabatini quyidagicha tasvirlaydi: «Uni juda yaxshi koʼrar 
edi. Oyoq-qoʼllarini oʼpib, xuddi mening birodarim – Bobur podshohning qoʼl oyoqlariga oʼxshaydi, 
(oʼzi esa) butunlay oʼxshaydi, der edilar» [4.82]. Haqiqatdan ham Xonzodabegim yanglishmagan edi. 
Аkbarshoh bobosi Bobur singari jasoratli boʼlib, Hindistonda boburiylar hukmronligini 
mustahkamlaydi, davlat sarhadlarini kengaytiradi. 
«Xumoyunnoma» asaridai opa va uka munosabatini ifoda etadigan yana bir epizod kishini diqqatini 
oʼziga tortadi. Kamron Mirzo va uning josuslari tomonidan Hindol Mirzoning oʼldirilishini bayon etar 
ekan Gulbadanbegim shunday yozadi: (Gulbadanbegim va Hindol Mirzo Boburning Dildorbegim ismli 



Yüklə 404,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin