ISSN: 2776-1010 Volume 3, Issue 4, Apr, 2022
373 tomonidan yana bir madaniy markaz barpo etiladi. Bu Bobur Mirzoning Hindistonda yangi davlatga
asos solishi va uning vorislari tomonidan tarqoq xalqlarni birlashtirib qudratli imperiya tashkil
etilishidir. Boburiylar hukmronligi davrida bu imperiyada ilm – maʼrifat, adabiyot va saʼnat,
meʼmorchilik sohasida koʼplab yutuqlar qoʼlga kiritiladi. Bobur Mirzo va uning vorislari tomonidan
Hindistonda markazlashgan davlat barpo etishilishi va bu imperiyaning har tomonlama gullab
yashnaganini butun dunyo hamjamiyati mamnuniyat bilan eʼtirof etadi[1.408]. Boburiylar saltanatini
bunyod etilishi tarixi yoritilgan asarlardan biri bu Gulbadanbegimning «Xumoyunnoma» asari
hisoblanadi. Mazkur asar falsafiy metodolgogik jihatidan kam tadqiq etilgan. Biz maqolamizda
asarning tarixiy ahamiyatini falsafiy metodologik jihatdan yoritshga harakat qilamiz.
METODLАR VА OʼRGАNILISh DАRАJАSI Zahiriddin Muhammad Boburning qizi Gulbadanbegimning “Xumoyunnoma” asarining falsafiy
metodologik jihatdan tadqiq etishda obʼektivlik, retrospektiv tahlil, mantiqiylik va tarixiylikning birligi,
qiyosiy tahlil va shu kabi usullardan foydalanildi. Gulbadanbegimning “Xumoyunnoma” asari tarixiy
manbashunoslik nuqtai nazaridan tadqiq etilgan. Mazkur asarning Hindistonda boburiylar saltanatini
barpo etishdagi tarixiy ahamiyati, shuningdek, temuriylar va boburiylar faoliyatiga oid boy etnografik,
tarixiy, filologik maʼlumotlarning falsafiy tahlili tadqiqotchilarimiz tomonidan toʼliq amalga
oshirilmagan.
TАDQIQOT NАTIJАLАRI Qomusiy bilim egasi boʼlgan Boburning vorislari ham u singari oʼzlarining ijodkorlik qobiliyati bilan ilm
ahli oldida katta nufuzga ega boʼlgan. Hattoki temuriy malikalar ham ijod bilan barakali
shugʼullanishgan. Buyuk shoir va davlat arbobining qizi Gulbadanbegim ijodkor temuriy malikalardan
biridir. Gulbadanbegimning «Humoyunnoma» Bobur tomonidan yaratilgan «Boburnoma»ning
mantiqiy davomi hisoblanadi[2]. «Xumoyunnoma»da Bobur podsholigining soʼnggi yillari va uning
vafoti, shuningdek, Humoyun Mirzoning xukmdorlik davridagi voqealar batafsil bayon etilgan.
Humoyunnomada boburiylar xukumdorligining murakkab davri, yagona davlat barpo etishdek qiyin,
tahlikali vaziyatlar batafsil yoritib berilgan.
Аgar tarixga nazar tashlaydigan boʼlsak, oʼrta asrlarda xotin-qizlar orasida tarixchi manbashunos ikki
kishi oʼtgan ekan. Birinchisi vizantiyalik malika Аnna Komnen (XI-XII) boʼlib, oʼz otasi Аleksey I
Komnen(1031-1118) va akasi tarixini yaratgan boʼlsa, Sharqda bunday vazifani Gulbadanbegim bajaradi,
yaʼni, otasi va akasi podshohligi davridagi voqealar bayon etgan «Humoyunnoma» asarini yaratadi.
Temuriylar xonadonining malikasi – Gulbadanbegimning oʼrta asrlarda Sharqdan xotin-qizlar orasida
chiqqan yagona tarixchi ekanligi bugungi kunda millatimizning iftixoridir. Bundan tashqari Boburning
zurriyotlaridan Shoh Jahonning qizi Jahonoro va Аvrangzebning qizi Zebuniso mashhur shoirlar edi
Bobur vafot etganda Gulbadanbegim sakkiz yoshda boʼlgan. Gulbadanbegimning onasi Dildorbegim,
asli Soliha Sulton begim boʼlib, Bobur Mirzoning amakisi Sulton Mahmud Mirzoning qizi boʼlgan.
Gulbadanbegim Bobur Mirzoning sevimli katta xotini Humoyun Mirzoning onasi Mohim Begim qoʼlida
tarbiyalanadi. Mohim begim aqlli, dona, ayol boʼlib, Gulbadanbegim tarbiyasiga alohida ahamiyat