O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘qitishningvazifalari – mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni hamda mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hamda boshqa sohalardagi islohotlarning mazmun-mohiyatini talabalarga tushuntirib berish, ularni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash hamda milliy g‘ururni shakllantirishdan iborat.

“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘rganishning nazariy-uslubiy asoslari O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va murakkab vaziyatlar tarixini, shuningdek mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hamda boshqa sohalardagi islohotlarning mazmun-mohiyatini yoritishda ilmiy tadqiqotlar olib borishning ilmiylik, tizimlilik, tarixiylik, ob’ektivlik va qiyosiy tahlil usullaridan foydalanildi.

Intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazishda mamlakat eng yangi tarixining tutgan o‘rni.
Mustaqil O‘zbekiston davlati hamisha demokratik taraqqiyot, modernizatsiya va yangilanish borasida belgilangan maqsadlarga erishishda eng muhim qadriyat va hal qiluvchi kuch bo‘lgan bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash vazifasini o‘zining asosiy ustuvor yo‘nalishlari qatoriga qo‘yib kelmoqda. Ayni paytda, O‘zbekiston tarixi fani, uning mantiqiy davomi bo‘lgan O‘zbekistonning eng yangi tarixi”ni o‘qitish, uning mazmun-mohiyatini ularga tushuntirish orqali, yuksak ma’naviyatli, dunyoqarashi keng qamrovli, intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazishdek mas’uliyatli vazifa turibdi