qilishingiz mumkin. O’zbekistonda ham internet orqali savdo asta-sekin
rivojlangib boryapti. Asaxiy.uz, Udobno.uz kabi saytlarni shu yo’lda boshlangan
dastlabki qadamlar deb aytish mumkin.
Internet nafaqat siz bilan biz kabi oddiy foydalanuvchilar tomonidan, balki xususiy
va davlat kompaniyalari tomonidan ham keng qo’llanilmoqda. Hozir
deyarli
barcha yirik kompaniyalar o’z xodimlari va mijozlari bilan aloqalarni to’liq
internet orqali olib boradi. Yangi mahsulotlarini internet orqali ommaga taqdim
etadi, sotadi va boshqa turli xizmatlar ko’rsatadi. Internet hukumatlar
ishlarini ham
osonlashtirgan. Fuqarolarning deyarli barcha murojaatlari ko’p davlatlarda hozir
elektron shaklda amalga oshirilmoqda. Bu qog’ozbozlik, fuqarolarning idoraga
borib rasmiylar bilan yuzma-yuz ko’rishishi, navbat kutib uzoq o’tirishi kabi
noqulayliklarni kamaytiradi. O’zbekistonda ham xuddi shu maqsadda my.gov.uz
loyihasining boshlanganini ijobiy va
quvonarli hol, deb aytishimiz mumkin.
Internetning qanday salbiy jihatlari bor?
Bu ommaviy kommunikatsiya turi dastlab paydo bo’lganda, aksariyat ishlarning
elektron shaklga o’tishi oqibatida ko’plab ish o’rinlari boy beriladi, degan
xavotirlar bo’lgan. Chunki internetdan oldin bu ishlar qog’ozlar orqali yoki ofis-
idoralarda ishchi-xodimlar qo’li bilan amalga oshirilardi. Ammo internetning
iqtisodiyot uchun, kompaniyalar uchun keltirgan ulkan foydasi bu xavotirlarni
yo’qqa chiqardi. Endigi asosiy xavotir va tahdid internetda shaxsiy va biznes
ma’lumotlarini almashishning qanchalik xavfsiz ekani haqida bo’lmoqda.
Xavotirlar
shu darajada oshdiki, hatto hukumatlar internet tahdidlarining oldini
olish uchun ko’proq e’tibor va resurslar ajratmoqda. Kiber xuruj va kiber urush
degan atamalar paydo bo’ldi. Bugungi muloqotimizda
biz shu keng mavzuning
oddiy internet foydalanuvchilariga tegishli bo’lgan qismiga, ya’ni internetda
shaxsiy ma’lumotlar daxlsizligini ta’minlash yo’llariga e’tibor qaratamiz.
Dostları ilə paylaş: