Kiberxavfsizlik asoslari fanidan 5- mustaqil ishi



Yüklə 161,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix07.01.2024
ölçüsü161,88 Kb.
#210106
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
5-MUSTAQIL ISH

VPN-mijoz
odatda shaxsiy kompyuter asosidagi dasturiy yoki dasturiy-apparat 
kompleksi bo’lib, uning tarmoq dasturiy ta’minoti u boshqa VPN-mijoz, VPN-
server yoki VPN xavfsizligi shlyuzlari bilan almashinadigan trafikni shifrlashva 
autentifikatsiyalash uchun modifikatsiyalanadi.
VPN-server
server vazifasini o’tovchi, kompyuterga o’rnatiluvchi dasturiy yoki 
dasturiy-apparat kompleksidan iborat. VPN-server tashqi tarmoqlarning ruxsatsiz 
foydalanishidan serverlarni himoyalashni hamda alohida kompyuterlar va mos 
VPN-mahsulotlari orqali himoyalangan lokal tarmoq segmentlaridagi 
kompyuterlar bilan himoyalangan ulanishlarni tashkil etishni ta’minlaydi. VPN-
server VPN-mijozning server platformalari uchun funksional analog hisoblanadi. U 
avvalo VPN-mijozlar bilan ko’pgina ulanishlarni madadlovchi kengaytirilgan 
resurslari bilan ajralib turadi. VPN-server mobil foydalanuvchilar bilan 


ulanishlarni ham madadlashi mumkin.
VPN xavfsizlik shlyuzi
. (Security gateway) ikkita tarmoqqa ulanuvchi tarmoq 
qurilmasi bo’lib, o’zidan keyin joylashgan ko’p sonli xostlar uchun shifrlash va 
autentifikatsiyalash vazifalarini bajaradi. VPN xavfsizligi shlyuzi shunday 
joylashtiriladiki, ichki korporativ tarmoqqa atalgan barcha trafik u orqali o’tadi. 
VPN xavfsizligi shlyuzining adresi kiruvchi tunnellanuvchi paketning tashqi adresi 
sifatida ko’rsatiladi, paketning ichki adresi esa shlyuz orqasidagi muayyan xost 
adresi hisoblanadi. VPN xavfsizligi shlyuzi alohida dasturiy yechim, alohida 
apparat qurilmasi, hamda VPN vazifalari bilan to’ldirilgan marshrutizatorlar yoki 
tarmoqlararo ekran ko’rinishida amalga oshirilishi mumkin.Axborot uzatishning 
ochiq tashqi muhiti ma’lumot uzatishning tezkor kanallarini (Internet muhiti) va 
aloqaning sekin ishlaydigan umumfoydalanuvchi kanallarini (masalan, telefon 
tarmog’i kanallarini) o’z ichiga oladi. Virtual xususiy tarmoq VPN ning 
samaradorligi aloqaning ochiq kanallari bo’yicha aylanuvchi axborotning 
himoyalanish darajasiga bog’liq. Ochiq tarmoq orqali ma’lumotlarni xavfsiz 
uzatish uchun inkapsulyatsiyalash va tunnellash keng ishlatiladi. Tunnellash usuli 
bo’yicha ma’lumotlar paketi umumfoydalanuvchi tarmoq orqali xuddi oddiy ikki 
nuqtali ulanish bo’yicha uzatilganidek uzatiladi. Har bir "jo’natuvchi-qabul 
qiluvchi" juftligi orasiga bir protokol ma’lumotlarini boshqasining paketiga 
inkapsulyatsiyalashga imkon beruvchi o’ziga xos tunnel-mantiqiy ulanish 
o’rnatiladi.Tunnellashga binoan, uzatiluvchi ma’lumotlar portsiyasi xizmatchi 
hoshiyalar bilan birga yangi "konvert"ga "joylash" amalga oshiriladi. Bunda 
pastroq sath protokoli paketi yuqoriroq yoki xuddi shunday sath protokoli paketi 
ma’lumotlari maydoniga joylashtiriladi. Ta’kidlash lozimki, tunnelashning o’zi 
ma’lumotlarni ruxsatsiz foydalanishdan yoki buzishdan himoyalamaydi, ammo 
tunnellash tufayli inkapsulyatsiyalanuvchi dastlabki paketlarni to’la kriptografik 
himoyalash imkoniyati paydo bo’ladi. Uzatiluvchi ma’lumotlar konfidentsialligini 
ta’minlash maqsadida jo’natuvchi dastlabki paketlarni shifrlaydi, ularni, yangi IP- 
sarlavha bilan tashqi paketga joylaydi va tranzit tarmoq bo’yicha jo’natadi. [4]

Yüklə 161,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin