uzatishning tezligi 56 Kbit/s ni, bazida 170 Kbit/s ni tashkil etadi.
Simsiz global tarmoqlarga xos ilovalar Internetdan foydalanishni, elektron pochta
xabarlarini uzatish va qabul qilishni, foydalanuvchi uydan yoki ofisdan tashqarida
bo’lganida korporativ ilovalardan foydalanishni taminlovchi ilovalardir.
Abonentlar, masalan, taksida ketayotganlarida yoki shahar bo’yicha sayr
qilinayotganlarida ulanishni o’rnatishlari mumkin. Umuman, simsiz global
tarmoqdan foydalanuvchilar hududiy chegaralanmaganlar.
Simsiz tarmoq tuzilmasi. Simsiz tarmoqlarda simli tarmoqda ishlatiladigan
komponentlar ishlatiladi. Ammo, simsiz tarmoqlarda axborot havo muhiti
(medium) orqali uzatishga yaroqli ko’rinishga o’zgartirilishi lozim.
Foydalanuvchilar. Simsiz tarmoq foydalanuvchiga xizmat qilishligi sababli,
foydalanuvchiga simsiz tarmoqning muhim qismi sifatida qarash mumkin.
Foydalanuvchi simsiz tarmoqdan foydalanish jarayonini boshlaydi va uning o’zi
tugallaydi. Shu sababli unga "oxirgi foydalanuvchi" atamasi joiz hisoblanadi.
Odatda, foydalanuvchi simsiz tarmoq bilan o’zaro aloqani taminlash bilan bir
qatorda, muayyan ilovalar bilan bog’liq boshqa vazifalarni bajaruvchi kompyuter
qurilmalari (computer device) bilan ish ko’radi.
Mobillik - simsiz tarmoqning eng sezilarli afzalliklaridan biridir. Masalan, mobillik
xususiyatidan qandaydir bino bo’yicha xarakatlanuvchi va o’zining PDAsi
yordamida elektron pochtani oluvchi yoki jo’natuvchi odam foydalanadi. Bu holda
PDA simsiz tarmoq infratuzilmasiga uzluksiz yoki tez-tez tiklanuvchi ulanishni
taminlashi lozim.
Kompyuter qurilmalari. Kompyuter qurilmalarining (bazida ularni mijozlar deb
atashadi) ko’pgina xillari simsiz tarmoq bilan ishlayoladi. Bazi kompyuter
qurilmalari foydalanuvchilar uchun atayin qurilgan bo’lsa, boshqalari oxirgi tizim
hisoblanadi. [4]
Dostları ilə paylaş: