5.Biror tarmoqlararo ekran vositasini (masalan ZoneAlarm) o‘rnatish va
sozlash
Tarmoqlararo ekran — himoyalash vositasi bo‘lib, ishonchli tarmoq, va ishonchsiz
tarmoq orasida ma’lumotlarga kirishni boshqarishda qo‘llaniladi. Tarmoqlararo
ekran ko‘p komponentli bo‘lib, u Internetdan tashkilotning axborot zahiralarini
himoyalash strategiyasi sanaladi. Ya’ni tashkilot tarmog‘i va Internet orasida
qo‘riqlash vazifasini bajaradi. Tarmoqlararo ekranning asosiy funksiyasi
ma’lumotlarga egalik qilishni markazlashtirilgan boshqaruvini ta’minlashdan
iborat. Tarmoqlararo ekran quyidagi himoyalarni amalga oshiradi: o‘rinsiz
trafiklar, ya’ni tarmoqda uzatiladigan xabarlar oqimini taqiqlash; qabo‘l qilingan
trafikni ichki tizimlarga yunaltirish; ichki tizimning zaif qismlarini yashirish bilan
Internet tomonidan uyushtiriladigan xujumlardan himoyalash; barcha trafiklarni
bayonlashtirish; ichki ma’lumotlarni, masalan tarmoq topologiyasini, tizim
nomlarini, tarmoq uskunalarini va foydalanuvchilarning identifikatorlarini
Internetdan yashirish; ishonchli autentifikatsiyani taьminlash. Ko‘pgina
adabiyotlarda tarmoqlararo ekran tushunchasi brandmauer yoki FireWall deb
yuritilgan. Umuman bo‘larning xammasi yagona tushunchadir. Tarmoqlararo ekran
— bu tizim, umumiy tarmoqni ikki qismga ajratib, tarmoqlararo himoya vazifasini
o‘taydi va ma’lumotlar paketining chegaradan o‘tish shartlarini amalga oshiradigan
qoidalar to‘plami hisoblanadi. Odatda tarmoqlararo ekran ichki tarmoqlarni global
tarmoqlardan, ya’ni Internetdan himoya qiladi. SHuni aytish kerakki, tarmoqlararo
ekran nafaqat Internetdan, balki korporativ tarmoqlardan xam himoya qilish
qobiliyatiga egadir.
Firewallga asosida qurilgan tarmoq tuzilishi Har qanday tarmoqlararo ekran ichki
tarmoqlarni to‘liq himoya qila oladi deb bo‘lmaydi. Internet xizmati va hamma
protokollarning amaliy jihatdan axborotlarga nisbatan himoyasining to‘liq
bo‘lmaganligi muammosi bor. Bu muammolar kelib chiqishining asosiy sababi
Internetning UNIX operatsion tizim bilan bog‘liqligida. TCP/IP (Transtnission
Control Protokol/lnternet Protocol) Internetning global tarmog‘ida
kommunikatsiyani ta’minlaydi va tarmoqlarda ommaviy ravishda qo‘llaniladi.
2. Tarmoq xavfsizligini ta’minlash muammolari va tarmoq hujumlarga qarshi
samarali himoya yechimlari
Mamlakatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlariga kiritilgan kompyuter va axborot
texnologiyalari, telekomunikatsiya, ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari, Internet
xizmatlaridan foydalanish rivojlanmoqda va modernizatsiyalashmoqda.
Jamiyatimizning barcha sohalariga kundalik hayotimizga zamonaviy axborot
texnologiyalarini keng joriy etish istiqboldagi maqsadlarimizga erishishni
ta’minlaydi. Har bir soha faoliyatida Internet tarmog‘idan foydalanish ish
unumdorligini oshirmoqda.
Aynan tarmoqdan foydalangan holda tezkor ma’lumot almashish vaqtdan yutish
imkonini beradi. Xususan, yurtimizda Elektron hukumat tizimi shakllantirilishi va
uning zamirida davlat boshqaruv organlari hamda aholi o‘rtasidagi o‘zaro
aloqaning mustahkamlanishini tashkil etish tarmoqdan foydalangan holda amalga
oshadi. Tarmoqdan samarali foydalanish demokratik axborotlashgan jamiyatni
shakllantirishni ta’minlaydi. Bunday jamiyatda, axborot almashinuv tezligi
yuksaladi, axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish
bo‘yicha tezkor natijaga ega bo‘linadi.
Biroq tarmoqqa noqonuniy kirish, axborotlardan foydalanish va o‘zgartirish,
yo‘qotish kabi muammolardan himoya qilish dolzarb masala bo‘lib qoldi. Ish
faoliyatini tarmoq bilan bog‘lagan korxona, tashkilotlar hamda davlat idoralari
ma’lumot almashish uchun tarmoqqa bog‘lanishidan oldin tarmoq xavfsizligiga
jiddiy e’tibor qaratishi kerak. Tarmoq xavfsizligi uzatilayotgan, saqlanayotgan va
qayta ishlanayotgan axborotni ishonchli tizimli tarzda ta’minlash maqsadida turli
vositalar va usullarni qo‘llash, choralarni ko‘rish va tadbirlarni amalga oshirish
orqali amalga oshiriladi. Tarmoq xavsizligini ta’minlash maqsadida qo‘llanilgan
vosita xavf-xatarni tezda aniqlashi va unga nisbatan qarshi chora ko‘rishi kerak.
Tarmoq xavfsizligiga tahdidlarning ko‘p turlari bor, biroq ular bir necha toifalarga
bo‘linadi:
•
axborotni uzatish jarayonida hujum qilish orqali, eshitish va o‘zgartirish
(Eavesdropping);
•
xizmat ko‘rsatishdan voz kechish; (Denial-of-service)
•
portlarni tekshirish
(Port scanning).
Axborotni uzatish jarayonida, eshitish va o‘zgartirish hujumi bilan telefon aloqa
liniyalari, internet orqali tezkor xabar almashish, videokonferensiya va faks
jo‘natmalari orqali amalga oshiriladigan axborot almashinuvida
foydalanuvchilarga sezdirmagan holatda axborotlarni tinglash, o‘zgartirish hamda
to‘sib qo‘yish mumkin. Bir qancha tarmoqni tahlillovchi protokollar orqali bu
hujumni amalga oshirish mumkin. Hujumni amalga oshiruvchi dasturiy ta’minotlar
orqali CODEC (video yoki ovozli analog signalni raqamli signalga aylantirib
berish va aksincha) standartidagi raqamli tovushni osonlik bilan yuqori sifatli,
ammo katta hajmni egallaydigan ovozli fayllar (WAV)ga aylantirib beradi. Odatda
bu hujumning amalga oshirilish jarayoni foydalanuvchiga umuman sezilmaydi.
Tizim ortiqcha zo‘riqishlarsiz va shovqinsiz belgilangan amallarni bajaraveradi.
Axborotning o‘g‘irlanishi haqida mutlaqo shubha tug‘ilmaydi. Faqatgina oldindan
ushbu tahdid haqida ma’lumotga ega bo‘lgan va yuborilayotgan axborotning o‘z
qiymatini saqlab qolishini xohlovchilar maxsus tarmoq xafvsizlik choralarini
qo‘llash natijasida himoyalangan tarmoq orqali ma’lumot almashish imkoniyatiga
ega bo‘ladilar. Tarmoq orqali ma’lumot almashish mobaynida yuborilayotgan
axborotni eshitish va o‘zgartirishga qarshi bir necha samarali natija beruvchi
texnologiyalar mavjud:
•
IPSec (Internet protocol security) protokoli;
•
VPN (Virtual Private Network) virtual xususiy tarmoq;
•
IDS (Intrusion Detection System) ruxsatsiz kirishlarni aniqlash tizimi.
Ipsec (Internet protocol security) bu xavfsizlik protokollari hamda shifrlash
algoritmlaridan foydalangan holda tarmoq orqali xavfsiz ma’lumot almashish
imkonini beradi. Bu maxsus standart orqali tarmoqdagi kompyuterlarning o‘zaro
aloqasida dastur va ma’lumotlar hamda qurilmaviy vositalar bir-biriga mos
kelishini ta’minlaydi. Ipsec protokoli tarmoq orqali uzatilayotgan axborotning
sirliligini, ya’ni faqatgina yubo-ruvchi va qabul qiluvchiga tushunarli bo‘lishini,
axborotning sofligini hamda paketlarni autentifikatsiyalashni amalga oshiradi.
Zamonaviy axborot texnologiyalarni qo‘llash har bir tashkilotning rivojlanishi
uchun zaruriy vosita bo‘lib qoldi, Ipsec protokoli esa aynan quyidagilar uchun
samarali himoyani ta’minlaydi:
•
bosh ofis va filiallarni global tarmoq bilan bog‘laganda;
•
uzoq masofadan turib, korxonani internet orqali boshqarishda;
•
homiylar bilan bog‘langan tarmoqni himoyalashda;
•
elektron tijoratning xavfsizlik darajasini yuksaltirishda.
3.
Ruxsatsiz kirishni aniqlash tizimi
Ruxsatsiz kirishni aniqlash tizimi (IDS) yordamida tizim yoki tarmoq xavfsizlik
siyosatini buzib kirishga harakat qilingan usul yoki vositalar aniqlanadi. Ruxsatsiz
kirishlarni aniqlash tizimlari deyarli chorak asrlik tarixga ega. Ruxsatsiz kirishlarni
aniqlash tizimlarining ilk modellari va prototiplari kompyuter tizimlarining audit
ma’lumotlarini tahlillashdan foydalangan. Bu tizim ikkita asosiy sinfga ajratiladi.
Tarmoqqa ruxsatsiz kirishni aniqlash tizimi (Network Intrusion Detection System)
va kompyuterga ruxsatsiz kirishni aniqlash tizimiga (Host Intrusion Detection
System) bo‘linadi.
DS tizimlari arxitekturasi tarkibiga quyidagilar kiradi:
•
himoyalangan tizimlar xavfsizligi bilan bog‘liq holatlarni yig‘ib tahlillovchi
sensor qism tizimi;
•
sensorlar ma’lumotlariga ko‘ra shubhali harakatlar va hujumlarni aniqlashga
mo‘ljallangan tahlillovchi qism tizimi;
•
tahlil natijalari va dastlabki holatlar haqidagi ma’lumotlarni yig‘ishni
ta’minlaydigan omborxona;
•
IDS tizimini konfiguratsiyalashga imkon beruvchi, IDS va himoyalangan
tizim holatini kuzatuvchi, tahlil qism tizimlari aniqlagan mojarolarni
kuzatuvchi boshqaruv konsoli. Bu tizim ikkita asosiy sinfga ajratiladi.
Tarmoqqa ruxsatsiz kirishni aniqlash tizimi (Network Intrusion Detection
System) va kompyuterga ruxsatsiz kirishni aniqlash tizimiga (Host Intrusion
Detection System) bo‘linadi.
Tarmoqqa ruxsatsiz kirishni aniqlash tizimi (NIDS) ishlash tamoyili quyidagicha:
1. tarmoqqa kirish huquqiga ega bo‘lgan trafiklarni tekshiradi;
2. zararli va ruxsatga ega bo‘lmagan paketlarga cheklov qo‘yadi.
Dostları ilə paylaş: |