Axborotni ruxsatsiz foydalanishlardan himoyalash
“Kiberxavfsizlik asoslari” fani Mustaqil ish
Mavzu. Axborotni ruxsatsiz foydalanishlardan himoyalash. Kriptografiya axborotni ruxsatsiz kirishdan himoyalab, uning maxfiyligini ta’minlaydi. Masalan, to‘lov varaqlarini elektron pochta orqali uzatishda uning o‘zgartirilishi yoki soxta yozuvlarning qushilishi mumkin. Bunday hollarda axborotning yaxlitligini ta’minlash zaruriyati paydo bo‘ladi. Umuman olganda kompyuter tarmog‘iga ruxsatsiz kirishning mutlaqo oldini olish mumkin emas, lekin ularni aniqlash mumkin. Axborotning yaxlitligini tekshirishning bunday jarayoni, ko‘p hollarda, axborotning haqiqiyligini ta’minlash deyiladi. Kriptografiyada qo‘llaniladigan usullar ko‘p bo‘lmagan o‘zgartirishlar bilan axborotlarning haqiqiyligini ta’minlashi mumkin.
Axborotni himoyalash deganda quyidagilar tushuniladi: 1. Axborot butunligi va ishonchliligini ta’minlash; 2. Axborotni saqlash jarayonida elementlarining almashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaslik; 3. Maxsus ruhsatga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan axborotlardan qisman yoki to‘liq
foydalanishning oldini olish, umuman olganda axborotni o‘g‘irlashga, o‘zgartirishga yoki tizimni ishdan chiqarishga bo‘lgan intilishlardan himoya qilish tushuniladi..
Axborot xavfsizligini ta’minlashda quyidagi talablar qo‘yiladi: 1. Konfidensiallik (mahfiylik); 2. Butunlik (axborotni axborot jarayonlari davomida uni beruhsat o‘zgartirish yoki kuzatishga yo‘l qo‘ymaslik holati); 3. Qobillik (axborotning unga nisbatan berilgan axborot jarayonlarini bajarishga yaroqlilik va tayyorlik xossasi).
Kompyuter tizimlari va tarmoqlarida axborotni himoyalashning quyidagi usullari mavjud: 1. Tashkiliy; 2. Texnik-dasturiy; 3. Huquqiy; 4. Axborotni zahiralash va nusxalash; 5.Kriptografik.