Intrusion Detection System (IDS) - bu trafikni skanerlaydigan va tahdidlar haqida xabar beruvchi passiv tizim.
Hujumlardan himoyalash tizimi (IPS) bu tarmoq tahdidlarining oldini olish texnologiyasidir. Tizim tarmoq trafigini, ekspluatatsiyalarni aniqlash va oldini olish uchun oqimlarni tekshiradi. Ya'ni, tajovuzkorlar dastur yoki mashinani to‘xtatish va nazorat qilish uchun foydalanadigan maqsadli dastur yoki xizmatga zararli kiritish.
Bosqinlarni aniqlash va oldini olish tizimlari (IPS / IDS):
Xavfli kontentni aniqlash va bloklash
Zararli paketlarni o‘chirish
kiruvchi manzildan trafikni bloklash
administratorga ogohlantirish signali yuborish
Ulanishlarni uzish.
Aksariyat hujumga urinishlar tashqaridan bo‘lishi sababli, tarmoq xavfsizligiga alohida e’tibor berish zarur. Tarmoqlararo ekran - ma’lum protokollarga muvofiq kiruvchi va chiquvchi ma’lumotlar paketini filtrlash vazifasini bajaruvchi apparat yoki dasturiy vositalar kompleksi. Quyida muayyan tashkilotlar uchun tarmoqlararo ekran ishlashini sozlash va tayyor variantlarini tanlash imkonini bemvchi dasturiy mahsulotlar keltirilgan.Tarmoqlararo ekran (ТЕ) - brandmauer yoki firewall sistemasi deb ham ataluvchi tarmoqlararo himoyaning ixtisoslashtirilgan kompleksi. Tarmoqlararo ekran umumiy tarmoqni ikki yoki undan ko‘p qismlarga ajratish va ma’lumot paketlarini chegara orqali umumiy tarmoqning bir qismidan ikkinchisiga o‘tish shartlarini belgilovchi qoidalar to‘plamini amalga oshirish imkonini beradi. Odatda, bu chegara korxonaning korporativ (lokal) tarmog‘i va Internet global tarmoq orasida o‘tkaziladi. Tarmoqlararo ekranlar garchi korxona lokal tarmog‘i ulangan korporativ intratarmog‘idan qilinuvchi hujumlardan himoyalashda ishlatilishi mumkin boisa-da, odatda ular korxona ichki tarmog‘ini Internet global tarmoqdan suqilib kirishdan himoyalaydi. Aksariyat tijorat tashkilotlari uchun tarmoqlararo ekranlarning o‘matilishi, ichki tarmoq xavfsizligini ta’minlashning zaruriy sharti hisoblanadi. Ruxsat etilmagan tarmoqlararo foydalaniladi.