Kiberxavfsizlikka oid milliy va xorijiy me’yoriy huquqiy xujjatlar tahlili


Uchinchi bosqichda dasturiy vositalari, axborot resurslarini inventarizasiyalash va monitoringini avtomatlashtirish vositalari tanlanadi



Yüklə 140,86 Kb.
səhifə6/7
tarix25.12.2023
ölçüsü140,86 Kb.
#196627
1   2   3   4   5   6   7
1 mustaqil ish Pardayeva Gulzoda

Uchinchi bosqichda dasturiy vositalari, axborot resurslarini inventarizasiyalash va monitoringini avtomatlashtirish vositalari tanlanadi. Virusga qarshi xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha tashkiliy tadbirlar ro‘yxati ishlab chiqiladi. Natijada korxonaning virusga qarshi xavfsizligini ta’minlovchi reja ishlab chiqiladi. To‘rtinchi bosqichda virusga qarshi tanlangan va tasdiqlangan xavfsizlik rejasi amalga oshiriladi. Bu bosqichda virusga qarshi vositalar yetkazib beriladi, joriy etiladi va madadlanadi. Natijada korporativ virusga qarshi himoyalashning samarali tizimi yaratilishiga imkon tug‘iladi.
Axbotot-kommunikatsiya texnologiyalari xavfsizligiga bo’ladigan tahdidlar
Tahdidlarni quyidagi mezonlar asosida sinflarga ajratish mumkin:  axborot xavfsizligining asosiy tashkil etuvchilariga nisbatan boʼladigan tahdidlar (axborotga murojaat qilish imkoniyatiga qarshi, axborotning yaxlitligini buzishga qaratilgan, axborotning maxfiyligini oshkor qilishga qaratilgan tahdidlar);  axborot tizimining tashkil etuvchilariga nisbatan boʼladigan tahdidlar (berilgan maʼlumotlar, dasturlar, apparat qurilmalari va tizimni qoʼllabquvvatlovchi infrastruktura);  tahdidni amalga oshirish usuli boʼyicha (tabiiy, texnogen, tasodifiy, gʼarazli maqsadda);  tahdid manbaining axborot tizimiga nisbatan joylashgan oʼrni boʼyicha (ichki yoki tashqi). Ilmiy va amaliy tekshirishlar natijalarini umumlashtirish natijasida axborotlarga nisbatan xavf xatarlarni quyidagicha tasniflash mumkin. 2020 yil monitoring natijalariga ko’ra, milliy internet segmentida 27 000 000 dan ortiq zararli va shubhali tarmoq hodisalari kuzatilgan. Bu tahdidlarning asosiy qismi Uzbektelecom, Beeline va Ucell kompaniyalari tarmoqlariga to’gri keladi(1-rasm).
O’tgan 2020 yil davomida axborot tizimlari va veb-saytlarning xafvsizligini ta’minlash doirasida 680 ta hodisa ro’y bergan. Oqibatda 1 000 000 daqiqa mobaynida veb saytlarning ishdan chiqish holati kuzatilgan(2-rasm).

2020 yilda milliy .UZ domenida 342 ta hodisa ro’y bergan bo’lib, ularning 306 tasi veb-saytlarga ruxsatsiz kirish va 36 tasi veb-saytning asosiy sahifasini noqonuniy o’zgartirib(deface) qo’yilishi bilan izoxlanadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, davlat sektori(81 ta hodisa) hususiy sektorga (261 ta hodisa) nisbatan 3 barobar kamroq hujumga duch kelgan. Nufuzli xalqaro kompaniyalarning geosiyosiy xatarlar sohasidagi so'nggi tadqiqotlariga ko'ra, 2021 yilda dunyoda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan jinoyatlarning o'sish dinamikasi kuzatilmoqda. Xalqaro ekspertlarning xulosalari Kovid-19 pandemiyasi oqibatlari bilan bog'liq karantin cheklovlari davrida dunyodagi vaziyatni chuqur tahlil qilish asosida qilingan. Shu bilan birga, mutaxassislarning fikriga ko'ra, 2020 yilda kibermakonda jinoyatlar sodir etilishining asosiy omillari quyidagilardir:
 kompaniyalar (tashkilotlar) xodimlarining masofadan ishlashiga o'tish;
 onlayn ta'lim;
 Internet-do'konlarda xavfsiz bo’lmagan xaridlarni amalga oshirish;
 IOT qurilmalaridan (kameralar, qurilmalar, sensorlar va boshqalar) keng foydalanish;  tovlamachi-viruslarining tarqalishi.7 Shuni ta'kidlash kerakki, o'tgan 2020 yilda bo'lgani kabi, 2021 yilda ham Internetga qo'shilgan yangi so'nggi qurilmalar sonining tez sur'atlarda o'sishi kuzatiladi.
Xulosa:
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, Halqaro huquqiy me’yoriy va milliy huquqiy meyyorlar haqida malumotga ega boldik va ularning turlari haqida ,ularga qaysilar kirishini bilib oldik.axborotlarni kriptografik shifrlash nima ekanligini bildik va malumotlarni yashirin holarda shifrlashni organdik bu narsa biz uchun juda foydali malumotlar boldi ,biz bir necha hil shifrlash usullarini ozim ham sinab ismimizni shifrlab kordik. Enigma shifrlash mashina nima u nima maqsadlarda foydalaniladi va u qachon va kim tomonidan yaratilgan ekanligini bilib oldim ,enigma mashinasi 2-chi juda katta foyda bergan qurilma hisoblanadi. Axborotni foydalanuvchanligini taminlashda Antivirus, IDS, IPS, TE vositalarining bizga qanchalar kerakligini o'rgandim va bu narsalar bizni hayotimizda juda kata foydasi borligini billib oldim. Axborot xavfsizligi bo’ladigan taxdidlarni oldini olish yoki vujudga kelgan taxdidlarni bartaraf etish uchun me’yoriy xuququy bazaning mavjudligi, axborot xafvsizligini ta’minlash soxasidagi mutaxasislarining bilim va malakalarining mavjudligi muxim ahamiyat kasb etadi. Axbotot-kommunikatsiya texnologiyalari xavfsizligiga bo’ladigan tahdidlar haqida va ularning oqbatlari , har oy va har yili boladigan tahdidlar haqida bilib oldim, Axbotot-kommunikatsiya texnologiyalari xavfsizligiga bo’ladigan tahdidlar ko’payishiga bo’layotgan sabablar haqida bilib oldim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

Yüklə 140,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin