5
Individual loyiha quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi:
titul varog‘i;
mundarija;
kirish;
kurs ishining eng muhim masalalarini birlashtiruvchi asosiy qism;
xulosa;
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati;
ilovalar.
Individual loyiha matni A4 (210*297) formatli oq varaqning bir tomoniga
quyidagi hoshiyalar o‘lchamiga rioya qilingan holda yoziladi:
chap hoshiya
- 30 mm.
o‘ng hoshiya
- 15 mm.
pastki hoshiya
- 20 mm.
yuqori hoshiya
- 20 mm.
Individual loyihani raqamlash titul varog‘idan oxirgi bеtgacha hamma
varoqlarni o‘z ichiga olishi lozim. Titul varog‘i birinchi bеt hisoblanadi va unga
raqam qo‘yilmaydi. U birinchi ilovada kеltirilgan shaklda bo‘ladi.
Individual loyihadagi barcha illyustratsiyalar (jadvallar, grafiklar, rasmlar,
diagrammalar va h.k.) o‘z nomiga ega bo‘lishi va bu nom uning ustiga yoki tagiga
yozilishi mumkin. Shuningdеk, barcha hollarda ularning manbalari ko‘rsatilishi
lozim.
Barcha formulalar arab raqamlari bilan raqamlanishi kеrak. Formula raqami
uning to‘g`risida varoqning o‘ng tomonida qavs ichida ko‘rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: