Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini boshqarish psixologiyasi


Tadbirkor rahbar faoliyatida mojaroli holatlar



Yüklə 81 Kb.
səhifə2/3
tarix16.05.2023
ölçüsü81 Kb.
#113850
1   2   3
Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini boshqarish psixologiyasi

2. Tadbirkor rahbar faoliyatida mojaroli holatlar

va ularni hal etish usullari


Tadbirkor rahbar faoliyatida har xil ziddiyat (konflikt)lar va mojarolar uchrab turadi. Mehnat shart-sharoitlari, mehnat natijalari, moddiy va ma’naviy ehtiyojlarning qondirilmasligi, mehnatdan qoniqmaslik tufayli tadbirkor rahbar va xodimlar o’rtasida ziddiyatlar va mojarolar kelib chiqadi. Bu erda tadbirkor rahbar bilan xodimlar o’rtasidagi va shaxslararo ziddiyatlarni fikrlash kerak. Bu hollardagi ziddiyatlarning bir necha sabablari mavjud.



  1. Moddiy-texnik sabablar – mehnat vositalari bilan mehnat jarayonlari, shart-sharoitlari o’rtasidagi ziddiyatlar. Asbob-uskunalar, jihozlar eskiligi uchun mehnat sharoiti yomon, mehnat unumdorligi past va hokazo. Bular xodimlarga g’amxo’rlik qilishga to’siq, moddiy va ma’naviy ehtiyojlar qondirilmasligiga sabab bo’ladi.

  2. Xo’jalik-tashkiliy sabablar – mehnat natijalarini to’g’ri baholamaslik, mehnatni to’g’ri taqsimlamaslik. Bular xodimlarda norozilik tug’diradi.

  3. Ijtimoiy-kasbiy sabablar – xodimlarning bilimi, malakasi va kasb mahoratini nazar-pisand etmaslik, xodimdan o’z o’rnida foydalanmaslik, mehnat qonunchiligiga amal qilmaslik.

  4. Ijtimoiy-demografik sabablar – xodimlarning yoshi, jinsi, millati, ma’lumoti kabi omillarni, oilaviy sharoitlarini inobatga olmaslik.

  5. Ijtimoiy-psixologik sabablar – xodimlar faoliyatida yaqqol ko’zga tashlanadigan yaxshi va yomon xislatlar, qobiliyati, qiziqishlari, xotirasi, tafakkuri, xis-tuyg’usi kabi ruhiy holatlar bilan hisoblashmaslik.

Tadbirkor rahbar faoliyatida qo’l ostidagilar bilan muloqot-muomalada ham ziddiyatli holatlar ro’y berishi mumkin. Bunga rahbarning yoki xodimning kalondimog’ligi, muomala madaniyatining pastligi, qiziqqon-jizzakiligi, qo’rsligi, qo’polligi, tundligi va boshqalar sabab bo’ladi. Xodimning dangasaligi, yalqovligi, maqtanchoqligi, loqaydligi, beparvoligi ham ba’zan ziddiyatlar tug’diradi.
Tadbirkor rahbar va xodimlar o’rtasidagi ruhiy psixologik ziddiyatlar kelib chiqishga sabab: 1) mehnat jarayonining noto’g’ri uyushtirilishi; 2) shaxslararo munosabatlarning xilma-xilligi va murakkabligi; 3) jamoa a’zosining o’ziga xosligidir.
Tadbirkor rahbar bunday ziddiyatli holatlarni to’g’ri idrok etishi, taxlil qilishi, baholashi muhim ahamiyatga ega. Agar rahbar har bir ziddiyatli xodisaga holisona, do’stona, samimiy munosabatda bo’lsa, masala to’g’ri echimini topadi, bordi-yu, jizzakilik qilib, engiltaklik bilan baholasa, nosog’lom axloqiy-ruhiy muhit paydo bo’lishiga yo’l qo’yadi. Tadbirkor rahbar har qanday ziddiyatli holatda o’zini tutishi, bosiq bo’lishi, uzoqni ko’zlashi, murosa-madora qilishi, holatga moslashishi, suhbatdoshini hamkorlikka, yaxshilikka da’vat qilishi yaxshi natija beradi.
Bizningcha, tadbirkor rahbarning har qanday ziddiyat va mojaroni bartaraf etish yo’llari quyidagilardan iborat:

  1. Mojaroning kelib chiqish sabablarini aniqlash va uning o’tkirlashishiga yo’l qo’ymaslik uchun chora-tadbirlar ko’rish.

  2. Mojaroli vaziyatni yumshatish – ziddiyatga borgan kishilar bilan oshkora suhbat va ular sonini kamaytirish choralarini izlash.

  3. Vaziyatni to’la idrok etish, o’zlashtirish – «ahvol»ning xo’jayini bo’lib olish va qat’iy chora ko’rish.

  4. Mojaro va uning vaziyatlarini chuqur taxlil qilishi:

a) mojarolashayotgan tomon va guvohlar bilan alohida suhbatlashishi;
b) ularning maqsadi, qiziqishlari, hulq-atvori, kasbi, tajribasi, turmush sharoiti va boshqa ruhiy-ma’naviy jihatlarini o’rganish;
v) mojaroli vaziyatning sabablarini, jamoaning unga munosabatini aniqlash;
g) mojaro haqidagi axborotlarni haqiqiy ahvol bilan solishtirish;

  1. Mojaroni hal etishning har xil usullarini ishlab chiqish va taxlili qilish.

  2. Mojaroni hal etishning eng qulay usuli, shakli, vositasi va sharoitlarini tanlash.

  3. Tanlangan usullarni jamoa tarbiyasi, mehnat vazifalari, maqsadlari bilan qiyoslab, taroziga solib ko’rish.

  4. Tanlangan va tekshirilgan usulni qo’llab, mojaroni bartaraf etish.

  5. Mojaro bartaraf etilganidan hammani xabardor qilish.

  6. Mojaro keltirib chiqargan tomonning nohaqliligi isbotlangach ularni to’g’ri yo’lga boshlash va hokazo.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qaysi bo’g’indagi tadbirkor shuni tushunib etmog’i kerakki, har qanday sharoitda ham insonga g’amho’rlik qilish, inson ruhiy holatini barqaror etishga qaratilgan jarayonlarni tashkil etish, jamoaning har bir a’zosi mehnatdan moddiy va ma’naviy qoniqish hosil qilishiga erishish uning zimmasidagi muqaddas vazifadir.

Yüklə 81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin