Kichik biznesni rivojlantirishda mikromoliyalashtirishning roli


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 351,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/11
tarix16.06.2023
ölçüsü351,39 Kb.
#131187
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
kichik-biznesni-rivojlantirishda-mikromoliyalashtirishning-roli

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(4), April, 2023 
38 
ajralib turadi [10]. Moliyaviy xizmatlar koʻrsatish bilan shugʻullanadigan bank 
boʻlmagan muassasalarning rivojlanmaganligini hisobga olsak, bu holat oxir-oqibat 
real iqtisodiyot tarmoqlarini yetarli darajada moliyalashtirishga toʻsqinlik qiladi. 
Respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirishning 
hozirgi bosqichida mavjud boʻlgan quyidagi muammolarni sanab oʻtish mumkin: 
- kichik tadbirkorlik subyektlarini kreditlash mexanizmlarining samarasi yetarli 
emas; 
- kichik tadbirkorlik subyektlarining tavakkalchiliklarini sugʻurta qilishning 
yetarlicha rivojlanmagan mexanizmlari; 
- oʻz-oʻzini moliyalashtirish mexanizmlarining sust rivojlanishi (buni kredit 
uyushmalari ishlamayotganligi, jamoaviy investitsiya fondlari va boshqa shunga 
oʻxshash tashkilotlar rivojlanmaganligi bilan ham koʻrish mumkin); 
- kichik biznes subyektlari uchun kredit resurslaridan foydalanish shartlarining 
noqulayligi; 
- kreditlash jarayonida kredit xavfini kamaytirish mexanizmlarining 
cheklanganligi; 
-garovga qoʻyilishi mumkin boʻlgan mol-mulk etishmasligi sababli aksariyat 
kichik korxonalarda investitsiya, shu jumladan bank kredit resurslaridan foydalanish 
imkoniyati yoʻqligi va boshqalar. 
Bank tizimi tomonidan moliya bozorlarida, xususan, kredit xizmatlarini 
koʻrsatish 
bozorida 
koʻrsatiladigan 
xizmatlarning 
yetarli 
darajada 
rivojlanmaganligining asosiy sabablari mutaxassislar yuqori darajadagi xavfning 
mavjudligini, shuningdek qarz oluvchilarning garovga qoʻyish imkoniyati yoʻqligini 
taʼkidlaydilar. 
Bu tabiiydir, chunki ishlab chiqarishda tezda amalga oshirilishi mumkin boʻlgan 
asosiy vositalarni shakllantirish uchun kamida 5-10 yil ishlash talab etiladi. Yuqorida 
aytib oʻtilgan fikrlarni hisobga olgan holda, biz kichik biznes subyektlarining 
iqtisodiy rivojlanishini ragʻbatlantirish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri emas, balki bilvosita 
ragʻbatlantirish usullarini ishlab chiqishni taklif qilmoqchimiz. Bilvosita 
ragʻbatlantirish usullari haqida gap ketganda, davlat kichik biznes subyektlari 
tomonidan tijorat banklaridan investitsiya kreditlarini olishda kafil boʻlib xizmat 
qilishi mumkin. Agar davlat organlari bank va kredit tizimlari bilan hamkorlikda 
chora-tadbirlarni ishlab chiqsalar, natijada kichik biznes subyektlarini moliyaviy 
resurslar bilan taʼminlash muammosini hal qilish mumkin boʻladi [11]. 
Bir soʻz bilan aytganda, tijorat banklari va kichik biznes subyektlarining kredit 
munosabatlari sohasida davlat kafolatlari instituti tashkil etilishi kerak. Kafolat 
instituti tashkil etilgan taqdirda, masʼul davlat organlari milliy banklar va kredit 



Yüklə 351,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin