misoli mahsulotni iste’molchiga avans berishdir, avans beruvchiga shartnomaga imzo
qo‘yilgandan so‘ng o‘tkaziladi.
Faktoring
- bu aylanuvchi vositalarni kredit bilan ta’minlashda o‘rtada
turuvchining faoliyati turidir. O‘rtada turuvchi kompaniya (bank) mahlum to‘lov
evaziga ishbilarmonlar tarkibidan haridorlardan uning hisobiga olinadigan pul
mablag‘ini olish huquqiga ega bo‘ladi (debitorlik qarzini inkassaga ko‘shish huquqi).
Shu bilan birga o‘rtada turuvchi mijozni aylanuvchi vositasini kredit bilan
ta’minlaydi va uning kredit va valuta tavakkalchiligini o‘z zimmasiga oladi. O‘rtada
turuvchi tovar sotuvchining o‘zaro munosabatlari faktoring bo‘yicha shartnoma bilan
tartibga solinadi.
Ochiq, hisob bo‘yicha kredit bilan ta’minlash
- bu sotuvchini doimiy xaridoriga
ta’minlamasdan va tez foiz to‘lamasdan to‘lov muddati
uzaytirilgan shakldagi
kreditidir. Sotuvchi xaridorga tovarni uning manzilgohiga tovar taqsimlash hujjatlari
bilan qarz miqdorini haridor nomiga ochilgan debet hisobiga o‘tkazadi. Xaridor
shartnomada ko‘rilgan muddatlarda o‘z qarzini ochiq hisob bo‘yicha o‘zib boradi.
Overdraft
- qisqa muddatli kreditlash shakli bo‘lib, banklar amaliyotida
ishlatiladi. U Angliyada paydo bo‘lgan. Overdraftning mazmuni shundan iboratki,
odatda bankning ishonchli mijoziga ma’lum chegarada cheklar bilan qarz to‘lash
huquqi beriladi. Bu kabi operatsiya natijasida manfiy balans bunyod bo‘ladi, ya’ni
debitorlik saldosi - (mijozni bankka qarzi). Bank va mijoz o‘zaro
shartnoma tuzib,
unda overdraftning eng katta miqdori, kredit berish sharti, uni qaytarish tartibi va
overdraft uchun foiz miqdori belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: