Kichik biznesning moliyaviy resurs manbalari
Gulrukh Djumanazarovna Khasanova
Bekhruz Tohirovich Boltaev
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
Annotatsiya:
Maqolada kichik biznesning moliyaviy resurs manbalari
to‘g‘risida fikr yuritilgan. Shuningdek maqolada zarar ko’rib ishlayotgan kichik
biznes korxonalarini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risida bayon etilgan.
Kalit so‘zlar:
Kichik biznes, tadbirkorlik moliyasi, moliyaviy resurslar,
moliyalashning
ichki manbai, moliyalashning tashqi manbai, kredit, kredit
mablag‘lari, tijorat krediti, firma krediti, faktoring, overdraft
Sources of financial resources of small business
Gulrukh Djumanazarovna Khasanova
Bekhruz Tahirovich Boltaev
Bukhara Institute of Engineering and Technology
Abstract:
The article discusses the sources of financial resources of small
businesses. The article also describes the sources of financing small business
enterprises that are operating at a loss.
Keywords:
Small business, entrepreneurial finance, financial resources, internal
source
of financing, external source of financing, credit, loan funds, commercial
credit, company credit, factoring, overdraft
Jahondagi
rivojlangan
mamlakatlarning
ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotini
ta’minlashda kichik biznes korxonalarini rivojlantirish muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa,
kichik biznes korxonalarini rivojlashtirishda investitsiyalarni jalb etish orqali yuqori
samaradorlikka erishgan, eng ilg‘or
tajribalarga asoslangan AQSH, Germaniya,
Yaponiya, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Kanada, Norvegiya, Niderlandiya,
Gonkong, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa bir
qator davlatlarda bu borada
ijobiy holatlar kuzatilgan
1
. Shuningdek, “jahon tajribasida kichik biznes
korxonalarining investitsiyasiz juda sekin rivojlanayotganligi ham barchaga
1
https://openknowledge.worldbank.org/bitstream/handle/10986/32436/9781464814402_Ch06.pdf; Калинин А.В.
Анализ развития и состояние малого и среднего бизнеса в мире // Экономика, предпринимательство и право. –
2011. – № 4. – С.3-12. – http://epp.enjournal.net/article/313/; Арипов О.А. Хорижий мамлакатларда кичик бизнес
ва хусусий тадбиркорликни ривожланиши. – Т.: «Наманган» нашриёти, 2018. – 213 б..Роль субъектов малого и
среднего бизнеса предпринимательства в экономиках развитых стран. - https://cyberleninka.ru/article/n/.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
February 2023 / Volume 4 Issue 2
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1560
ma’lum”
2
. Shunday ekan, jahonning deyarli barcha mamlakatlarida zarar ko‘rib
ishlayotgan kichik biznes korxonalariga investitsiyalarni
jalb etish muhim ahamiyat
kasb etmoqda.
2022 yil 28 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026
yillarga mo‘ljallangan YAngi O‘zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasi to‘g‘risida”gi
PF-60-sonli Farmoni qabul qilinib, ushbu Farmonning III. “Milliy iqtisodiyotni jadal
rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash” bo‘limidagi 29-maqsadida:
“Tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va doimiy daromad manbalarini shakllantirish
uchun sharoitlar yaratish, xususiy sektorning Yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 80
foizga va eksportdagi ulushini 60 foizga etkazish”o‘z aksini topgan. Ushbu maqsadga
erishishda quyidagi vazifalarni amalga oshirish belgilab qo‘yilgan:
➢
Har yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan “Ochiq
muloqoti”ni o‘tkazish;
➢
Hududlarda 200 ta yangi sanoat zonalarini tashkil etish va biznes-inkubatorlar
tizimini rivojlantirish. SHaroiti og‘ir bo‘lgan tumanlarda tadbirkorlikni rivojlantirish
uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish;Ilg‘or xorijiy tajriba asosida faktoring
amaliyotini rivojlantirish.
➢
2026 yilga borib tadbirkorlik sub’ektlariga soliq yuklamasini yalpi ichki
mahsulotning 27,5 foizidan 25 foizi darajasiga kamaytirish;
➢
Hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishsizlik va kambag‘allikni
qisqartirish bo‘yicha mavjud tuzilmalar faoliyatini takomillashtirish;
➢
Tadbirkorlik sub’ektlari o‘z faoliyatini boshlashi uchun zarur ma’lumotlarni
erkin foydalanishga chiqarish. Qurilish faoliyatida qurilish nuqsonlari yoki
muammolarining oldini olish;
➢
Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiy sektorga keng yo‘l
ochish. Iqtisodiy munosabatlarda erkin bozor tamoyillarini joriy etishni kengaytirish.
2021 yilda O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha 98,9 mingta yangi kichik korxona
va mikrofirmalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz)
tashkil qilindi, bu esa o‘tgan
yilga nisbatan 6,1 foizga ko‘p demakdir. Eng ko‘p kichik korxona va mikrofirmalar
savdo sohasida (38,9 %), sanoat sohasida (19,5 %), qishloq, o‘rmon va baliqchilik
xo‘jaligida (11,8 %), qurilish sohasida (6,4 %) tashkil etilgan.
Ammo faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalarning soni 2021
yilda o‘tgan yilga nisbatan ko‘paygan bo‘lsada, YAIMda kichik tadbirkorlik ulushi -
0,6 (2020 y.- 55,5%; 2021 y. - 54,9 %) foizni tashkil etmoqda. Shuningdek, sanoat (-
0,9%), qurilish (-0,1%), savdo (-0,2%), xizmat ko‘rsatish (-0,7%), yuk tashish (-
2,2%), yuk aylanmasi (-2,4%), yo‘lovchi tashish (-0,7%) va boshqa sohalarda o‘tgan
yilgiga nisbatan kamaygan.
2
Ильин И.Е. Малый бизнес в России: проблемы и перспективы // Банковское кредитование. – 2008. – № 2.
С.153–156.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
February 2023 / Volume 4 Issue 2
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1561
Bu esa, o‘z navbatida, zarar ko‘rib ishlayotgan kichik biznes korxonalariga
investitsiyalarni jalb etish yordamida ularni rivojlantirishni talab etadi. Moliya
xo‘jalik jarayonlariga kuchli ta’sir ko‘rsatadigan vosita bo‘lib, bir tomondan,
tadbirkorlik sub’ektlari
va ikkinchi tomondan, davlat organlari, idoralari va
muassasalari hamda boshqa korxona va tashkilotlar, jismoniy shaxslarning iqtisodiy
manfaatlarini muvofiqlashtirish va ular o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni amalga
oshirishda katta rol o‘ynaydi.
Tadbirkorlikning moliyaviy resurslari uning pul mablag‘laridir.
Tadbirkorlik
faoliyatida xilma-xil va murakkab o‘zaro iqtisodiy aloqalar pul mablag‘lari
yordamida amalga oshiriladi. Pul mablag‘lari vositasida
takror ishlab chiqarishning
bir fazasidan boshqa fazasiga o‘tiladi hamda maqsadli jamg‘armalar shakllantiriladi.
Bular ishlab chiqarish va umuman. tadbirkorlik faoliyatini uzluksiz yuritish va
kengaytirish garovi bo‘lib xizmat qiladi.
Tadbirkorlik faoliyatini moliyalash deganda uni pul mablag‘lari bilan ta’minlash
tushuniladi. Tadbirkorlik faoliyatini moliyalash ikki xil manbadan - ichki va tashqi
manbalardan