Kichik biznesning moliyaviy resurs manbalari


amalga oshiriladi (1-chizma)



Yüklə 311,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix13.12.2023
ölçüsü311,57 Kb.
#176395
1   2   3   4
kichik-biznesning-moliyaviy-resurs-manbalari

 
amalga oshiriladi (1-chizma).
 
1-chizma. Tadbirkorlik faoliyatini moliyalash manbalari 
Moliyalashning ichki manbai bo‘lib: - 
tadbirkorlik sub’ektining o‘z mablag‘lari; 
- nizom sarmoyasi tarkibidagi pul mablag‘lari; - faoliyatdan olinadigan foyda; - 
amortizatsiya jamg‘armasi; - tekinga berilgan mablag‘lar kiradi. 
Tadbirkorlik sub’ekti yuridik shaxs ko‘rinishida tashkil etilganda nizom 
sarmoyasi shakllantiriladi. Bu sarmoyaning hammasi yoki bir qismi pul mablag‘lari 
bo‘lishi mumkin. Mazkur mablag‘lar nizomda belgilangan miqdorda shakllantiriladi 
va asosiy vositalar sotib olish, aylanma mablag‘larni shakllantirish uchun ishlatiladi, 
ya’ni ishlab chiqarish vositalariga joylashtiriladi. 
Tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy natijasi foyda bo‘lib, u foydadan 
to‘lanadigan majburiy to‘lovlarni amalga oshirish, ayrim qarzlarni qaytarish va 
faoliyatni 
rivoj- 
lantirish 
uchun 
ishlatiladi. 
Amortizatsiya 
jamg‘armasi 
mablag‘laridan asosiy vositalarni qurish, sotib olish, tahmirlash, rekonstruksiya va 
modernizatsiya qilish uchun foydalaniladi. 
Tadbirkorlik faoliyatini moliyalashning tashqi manbalariga:
- kreditorlar; - 
investorlar; - ijarachilar; - sug‘urta; - lizing va boshqa tuzilmalar kiradi. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
February 2023 / Volume 4 Issue 2
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1562


 Kerakli resurslar tashqi manbalardan turli tijorat shartlari asosida jalb qilinib 
ishlatiladi, ayrimlari sotib olinadi (xomashyo, materiallar, energiya va suv resurslari, 
yoqilg‘i-moylash materiallari, texnika, texnologiya); ayrimlari ijaraga va lizingga 
olinadi (asosiy vositalar, er); ayrimlari esa qarzga yoki kreditga olinadi (moliyaviy 
resurslar). 
Bunday resurslarni jalb qilish va ulardan foydalanishning tadbirkor uchun 
muhim jihatlari quyidagilar hisoblanadi: a) resurslarning har bir turiga nisbatan o‘z 
ehtiyojini to‘g‘ri aniqlash; b) samarali manbalarni tanlash; v) o‘ziga ma’qul 
shakllarda va shartlarda olish; g) zamonaviy. ilg‘or variantlarini tanlash; d) 
ta’minotning uzluksizligi va davomiyligiga erishish; e) ulardan o‘z faoliyatida 
samarali foydalanish. 
Tadbirkorlik faoliyatini moliyalashning tashqi manbalaridan tijorat banklari va 
kredit uyushmalari katta rol o‘ynaydi. 
Tijorat banklarining asosiy vazifasi. operatsiyalari va xizmatlari quyidagilardan 
iborat: - yuridik va jismoniy shaxslarning hisob varaqlarini ochish va yuritish hamda 
ular bo‘yicha omonatlarni jalb qilish; - o‘z mablag‘lari va jalb etilgan mablag‘lar 
hisobidan hamda o‘z nomidan kreditlar berish; - mulkdor yoki mablag‘larni tasarruf 
etuvchi yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomaga ko‘ra pul mablag‘larini 
boshqarish; - yuridik va jismoniy shaxslardan chet el valyutasini naqd pulga va pul 
o‘tkazish yo‘li bilan sotib olish va sotish; - pul mablag‘lari. veksellar. to‘lov va hisob-
kitob hujjatlari inkassatsiyasi; - majburiyatlarning bajarilishini ko‘zda tutadigan 
uchinchi shaxslarga kafolatlar berish; - majburiyatlarning bajarilishi bo‘yicha 
uchinchi shaxslardan talab huquqini sotib olish; - qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, 
sotib olish, sotish, hisobga olish va saqlash, mijoz bilan shartnoma asosida qimmatli 
qog‘ozlarni boshqarish va ular bilan boshqa operatsiyalarni bajarish; - trast 
(mijozlarning mulkini ishonchli tarzda boshqarish) operatsiyalarini o‘tkazish; - 
moliyaviy lizingni amalga oshirish; - moliyaviy injiniring (murakkab loyihalarni 
moliyalash, balansning yuqori qismida operatsiyalar o‘tkazish, birlashish, sotib olish 
bo‘yicha operatsiyalar, ko‘chmas mulk bilan operatsiyalar)ni amalga oshirish; - bank 
maslahati va axboroti xizmatlari ko‘rsatish, yuridik va jismoniy shaxslarga maxsus 
binolar yoki erdagi seyflarni ijaraga berish. 
Moliyaviy zahiralar sarmoyasini tarkibiga shuningdek asosiy fondlar, aylanma 
fondlar, muomala fondlariga qo‘yilgan pul mablag‘lari kiradi.
Kredit qarzga pul olishning eng keng tarqalgan shakli hisoblanadi. Milliy 
valyutadagi kredit mablag‘larining manbai bo‘lib tijorat banklari va byudjetdan 
tashqari fondlar qisoblanadi. Bular kichik biznesga yordam berish maqsadida amal 
qiladi va mamlakat iqtisodiyotining ustuvor sohalaridagi biznesni rag‘batlantiruvchi 
imtiyozli kreditlar beradilar. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
February 2023 / Volume 4 Issue 2
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1563


O‘zbekiston xududida xo‘jalik sub’ektlarini kreditlash tijorat banklari 
tomonidan qaytarib berish, to‘lov, ta’minlanganlik, muddatlilik va ajratilgan 
mablag‘lardan foydalanishning maqsadli ishlatilishi sharti asosida amalga oshiriladi. 
Zarar ko‘rib ishlaydigan, nolikvid balansga ega bo‘lgan biznes sub’ektlariga kredit 
berilmaydi, bundan tashqari, uzoq muddatli moliyaviy o‘pirilish va zararlarni qoplash 
uchun kredit olib bo‘lmaydi. 
Kredit olish uchun potensial qarz oluvchi ozining qarz oluvchi moliyaviy va 
ishlab chiqarish imkoniyatlarini baholash va o‘zi uchun quyidagilarni aniq belgilab 
olishi shart: a) o‘z mahsuloti sotish bozorini (talab va taklifni o‘rganish); b) loyihani 
ishlashi uchun kerak bo‘ladigan tovar-moddiy boyliklarni, shuningdek, tayyor 
mahsulotni sotish uchun zarur bo‘lgan shartnomalarning mavjudligi; v) 
kreditlanayotgan tadbirlarni samaradorligi; g) hisob raqamiga pul mablag‘lari kelib 
tushishining davriyligi; d) kredit va uning foizlarini so‘ndirish manbalarining; e) 
kredit uchun to‘lanadigan to‘lovni hisoblash va uni davriyligi. 
Kichik biznesni yuritishga mablag‘ jalb etishning yana bir yo‘nalishi 
mikrokreditlar hisoblanadi. Mikrokreditlar bir qancha ko‘rsatkichlar bo‘yicha 
qulaydir: kredit olish qoidasi bir muncha soddalashtirilgan, garov ta’minotining 
barcha shakllari hal etilgan, kredit pullarining bir qismi naqd shaklida olinadi, 
aylanma resurslar xaridi asosan kredit berish masalalari nisbatan oson hal etiladi. 
O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutadagi kredit mablag‘lari manbai 
bo‘lib, tijorat banklari, shuningdek byudjetdan tashqari fondlar (Mehnat vazirligi 
qoshidagi bandlik yuzasidan yordam ko‘rsatish Fondi hamda deqqon va fermer 
xo‘jaliklari Assotsiyasi qoshidagi dehqon va fermer xo‘jaliklarining rivojlanishiga 
yordam berish fondi) hisoblanadi va kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni 
rivojlanishiga yordam beradi. 
O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutadagi kredit mablag‘lari manbai 
bo‘lib, tijorat banklari, shuningdek byudjetdan tashqari fondlar (Mehnat vazirligi 
qoshidagi bandlik yuzasidan yordam ko‘rsatish Fondi hamda dehqon va fermer 
xo‘jaliklari Assotsiyasi qoshidagi dehqon va fermer xo‘jaliklarining rivojlanishiga 
yordam berish fondi) hisoblanadi va kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni 
rivojlanishiga yordam beradi.
Moliyaviy ta’minlashning imkonli manbalari quyidagilardir: - tijorat banklari; - 
moliyaviy kompaniyalar; - investitsion kompaniyalar; - investitsion fondlar; - kredit 
uyushmalari; - xaridorlar; - mahsulot beruvchilar; - do‘st va tanishlar; - xayriya 
tashkilotlari; - transkompaniyalar va banklarning trast bo‘linmalari; - davlat, xalqaro 
va jamiyat tashkiloti va idoralar, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash dasturida ishtirok 
etuvchilar (ularning markaziy va mahalliy idoralari); - ishlovchilar; - dastgoh ishlab 
chiqaruvchilar; - sug‘urta kompaniyalari; - nafaqa fondlari; - xususiy investorlar; - 
moliyaviy maslahatchilar. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
February 2023 / Volume 4 Issue 2
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1564


Kichik biznesni kredit bilan ta’minlashni quyidagi shakllari mavjud: a) tijorat; b) 
notijorat tashkilotlar orqali beriladigan; v) bank; g) davlat; d) iste’molchi; e) xalqaro. 

Yüklə 311,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin