International Conference on Developments in Education Hosted from Amsterdam, Netherlands https :
econferencezone.org June 8 th 2022 139 2 sinf oʻquvchilarini «bu nima?» degan savol qiziqtirsa birmuncha kattaroq yoshdagi oʻquvchilar uchun «nima
sababdan», «qanday qilib?» degan savollar tashkil boʻlib qoladi. Oʻqish malakasining rivojlanishi bilan kitob
oʻqishga, qiziqarli boʻlgan muayyan adabiyotlarni, ertaklarni oʻqishga, bundan ham soʻngroq qiyin boʻlmagan
ilmiy fantastik va sarguzashtlar haqidagi kitoblarni oʻqishga qiziqish paydo boʻladi. Texnikaga, ayniqsa,
hozirgi zamon texnikasiga, raketalarga, eng yangi tipdagi avtomobil va samolyotlarga boʻlgan qiziqish tez
tarkib topadi.
Kichik yoshdagi oʻquvchilar uchun mehnatning tarbiyaviy ahamiyati kattadir. Biroq shuni ta’kidlab oʻtish
lozimki, har qanday mehnat ham shaxsda ijtimoiy jihatdan qimmatli hislatlarini tarbiyalayvermaydi. Mehnat
oʻz shaxsiy manfaati uchun bajonudil va koʻp mehnat qilishga boʻlgan xudbinni ham tarbiyalaydi. Oʻquvchilar
oʻz-oʻziga xizmat qilish va oʻzlari uchun foydali boʻlgan narsalarni tayyorlash bilan shug’ullanayotganlarida
ularda mehnatsevarlikni tarbiyalashga xususan zoʻr e’tibor berish kerak. Kichik maktab yoshidagi
oʻquvchilarni sekin-asta koʻpchilik foydasiga qaratilgan, boshqalar uchun boʻlgan ijtimoiy-foydali mehnatga
jalb etish juda muhimdir. Oʻquv faoliyati kichik maktab yoshidagi oʻquvchi uchun nafaqat bilish
jarayonlarining yuqori darajada rivojlanishi, balki shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish uchun ham imkoniyat
yaratadi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, yetakchi boʻlgan oʻquv faoliyatidan tashqari boshqa faoliyatlar-oʻyin,
muloqot va mehnat faoliyati ham oʻquvchi shaxsi rivojiga bevosita ta’sir koʻrsatadi. Shuningdek, bu
faoliyatlar asosida muvafaqqiyatga erishish motivlari bilan bog’liq boʻlgan shaxsiy xususiyatlar tarkib topa
boshlaydi. Oʻquv faoliyati Kichik yoshdagi oʻquvchilarda oʻqishda ma’lum yutuqlarga erishish ehtiyojini
qondirishga, shuningdek, tengdoshlari orasida oʻz oʻrniga ega boʻlishiga imkoniyat ham yaratadi. Aynan ana
shu oʻrin yoki mavqega erishish uchun ham bola yaxshi oʻqish uchun harakat qilishi mumkin. Ushbu
yoshdangi oʻquvchilar doimiy ravishda oʻzlari erishgan muvaffaqqiyatini boshqa tengdoshlari muvaffaqiyati
bilan solishtiradilar. Ular uchun doimo birinchi boʻlish nihoyatda muhim. Ushbu yoshdagi oʻquvchilarda
mavjud boʻlgan ishonuvchanlik, ochiqlik, tashqi ta’sirlarga beriluvchanlik, itoatkorlik kabi xususiyatlari
ularni shaxs sifatida tarbiyalash uchun yaxshi imkoniyat yaratadi.
Kichik maktab yoshi davrini bolaning turli faoliyatlarda muvaffaqiyatga erishishini belgilab beruvchi asosiy
shaxsiy xususiyatlarning yuzaga kelish va mustahkamlanish davri deb hisoblash mumkin. Mustaqillikni
shakllantirish uchun bolaga mustaqil bajaradigan ishlarni koʻproq topshirish va unga ishonch bildirish
nihoyatda muhimdir. Shuningdek, shunday bir ijtimoiy ruhshunosik muhit yaratish lozimki, unda bolaga biron
bir ma’sul vazifani mustaqil bajarishni topshirish, bu ishni bajarish jarayonida bola oʻzini tengdoshlari,
kattalar va boshqa odamlarning lideri deb his qilishiga imkon yaratib berish lozimdir. Ana shu his bolada
keyinchalik mustaqil boʻlishga undovchi motivlarni yuzaga keltirishda asosiy rol oʻynashi mumkin.
Maktabga kelish oldidan bola oʻz hayotining eng muhim davriga, ya’ni maktab davriga tomoniga qoʻyiladigan
turli tuman talablarni bajarishga, boshqacha qilib aytganda, ta’lim olishga hali ham jismoniy, ham ruhshunosik
jihatidan tayyor boʻlmaydi. Oʻquvchilarning kichik maktab yoshidagi davri 7 yoshidan 11 yoshgacha
boshlang’ich sinflarda oʻqishi yillariga toʻg’ri keladi. Bog’cha yoshidagi bolalik davri tugadi. Bola rasm
chizish mashg’ulotlarida melg’ yoki plastinkadan narsa yasash ishlarida va eng oddiy koʻrish yasash
mashg’ulotlarida yaqqol namayon boʻladi. Bola oʻz xotiraini boshqarishda oʻz xotiraini mustaqil tashkil
qilishida bir muncha tajriba xosil qilgan boʻladi. 7 yosh bolaning soʻz xonasi ham yetarli darajada boy va
mavhum tushunchalar miqdori ancha yuksak boʻladi. Bola eshitganlarini yetarli darajda keng tushunadi. Soha
mutaxxassislarining yaratilgan tadqiqotlaridan ma’lum boʻlishicha, yaxshi tashkil qilingan ta’lim 6 yoshdan
7 yoshgacha boʻlgan oʻquvchilar tafakkurini rivojlantiradi. Ular sodda mashqlar va masalalarni tuza oladigan
hamda yecha oladigan boʻladilar. Ularda burch hissi va javobgarlik hissi endigina namayon boʻla boshlaydi.
7 yoshli bola oʻz hissiyotlarini boshqarish tajribasini ega boʻlarningt hammasi maktab ta’limiga tayyorgarligi
muhim shartlaridan biri yuqorida aytganlarining hammasi bolaning maktab ruhshunosliksi jihatidan tayyor
ekanligi obyektiv tamoyillarga maquldir. Boshlang’ich sinflarda pedagog ishlarni tashkil qilishda Kichik
yoshdagi oʻquvchilarning rivojlanish xususiyatlarini ijtimoiy taraqqiyot darajasini ham hisobga olish lozim.
D.N. Levitov toʻg’ri qayd qilib oʻtganidek hech bir maktab yoshida salomatlik holatiga va ijtimoy
taraqqiyotiga kichik maktab yoshidagi maxkam bog’liq boʻlmaydi. Bola 7 yoshdan 11 yoshgacha jismoniy
jihatdan nisbatan osoyishta va bir tekisda rivojlanadi. Boʻyi va og’irligi organizmning tiniqligi oʻpkasining