International Conference on Developments in Education Hosted from Amsterdam, Netherlands https :
econferencezone.org June 8 th 2022 142 davridan boshlab yuzaga kela boshlaydi va kichik maktab davrida, shuningdek oʻsmirlik davrida ham yaqqol
koʻzga tashlanadi. Kichik yoshdagi oʻquvchilar kattalarning u haqidaga fikr va baholariga qarab oʻzlariga
oʻzlari baho beradilar. Oʻquvchining oʻziga oʻzi beradigan bahosi, asosan, toʻg`ridan toʻg`ri oʻqituvchining
beradigan bahosiga va turli faoliyatlaridagi muvaffaqiyatlariga bog`liq. Kichik maktab yoshidagi
oʻquvchilarda oʻz-oʻziga beradigan baholari turlicha: yuqori, adekvat, past boʻlishi mumkin. Ushbu yoshdagi
oʻquvchilarda mavjud boʻlgan ishonuvchanlik, ochiqlik, tashqi ta’sirlarga beriluvchanlik, itoatkorlik kabi
xususiyatlari ularni shaxs sifatida tarbiyalash uchun yaxshi imkoniyat yaratadi. Kichik maktab yoshi davrini
bolaning turli faoliyatlarda muvaffaqiyatga erishishini belgilab beruvchi asosiy shaxsiy xususiyatlarning
yuzaga kelish va mustahkamlash davri deb hisoblash mumkin. Bu davrda muvaffaqiyatga erishish motivlari
tarkib topish bilan bir qatorda mehnatsevarlik va mustaqillik kabi sifatlar rivojlanadi. Kichik maktab yoshidagi
oʻquvchilarda mehnatsevarlik, asosan, oʻqish va mehnat faoliyatida rivojlanadi va mustahkamlanadi.
Mehnatsevarlik bolada oʻz qilayotgan mehnati unga zavq bergan taqdirdagina yuzaga keladi. Bolada
mustaqillik xususiyatining shakllanishi asosan kattalarga bog`liq. Agar bolada haddan ziyod ishonuvchanlik,
itoatkorlik xususiyati boʻlsa, unda asta-sekinlik bilan boʻysinuvchanlik, mustaqil boʻla olmaslik xususiyati
mustahkamlana boradi. Mustaqillikni shakllantirish uchun bolaga mustaqil bajaradigan ishlarni koʻproq
topshirish va unga ishonch bildirish nihoyatda muhimdir. Shunday bir ijtimoiy ruhiy muhit yaratish kerakki,
unda bolaga biron- bir ma’sul vazifani mustaqil bajarishni topshirish, bu ishni bajarish jarayonida bola oʻzini
tengdoshlari, kattalar va boshqa odamlarning lideri deb his qilsin. Ana shu his bolada mustaqil boʻlishga
undovchi motivlarni yuzaga keltiradi.
Albatta, 7-11 yoshli davrda oʻquvchilar oʻzlarining individual xususiyatlarini anglay boshlaydilar. Bolani oʻz-
oʻzini
anglashi
ham
jadal
rivojlana
boradi
va
mustahkamlana
boshlaydi.
Bu
davrda
oʻquvchilar
oʻzlarining
ismlariga
yanada
koʻproq
ahamiyat
bera
boshlaydilar
va
ularning
ismlari
tengdoshlari
va
atrofdagilar tomonidan ijobiy qabul qilinishiga harakat qiladilar.
Bolani oʻzining
tashqi
koʻrinishi
va gavda
tuzilishiga
beradigan
bahosi ham
oʻz-oʻzini
anglashida
ahamiyati
juda
katta.
Kichik
maktab
davrining
oxiriga
borib
oʻquvchilar,
ayniqsa,
qizlar
oʻzlarining
yuz-tuzilishlariga
alohida
e’tibor bera boshlaydilar.
Kichik maktab yoshdagi oʻquvchining oʻquv faoliyati jarayonida oʻzidagi xulq-atvorni va faoliyatni oʻzi
tomonidan muvofiqlashtirish qobiliyati rivojlanadi, ongli ravishda bir fikrga kela olish qobiliyati
rivojlanadi, oʻz faoliyatini oʻzi uyushtrishiga hamda bilim olish jarayoniga boʻlgan qiziqishining qaror
topishiga yordam beradi. Oʻquvchi xulq-atvorining motivlashtirishi ham oʻzgaradi. Bunda oʻrtoqlar va
jamoaning fikrlari asosiy motivlar boʻlib qoladi. Axloqiy his-tuyg`ular va shaxsning irodaviy xususiyatlari
shakllanadi.
5-6 yoshli davrida oʻquvchilarning koʻzga tashlangan xususiyatlari 4 yil davomida rivojlanadi va
mustahkamlanadi hamda oʻsmirlik davrining boshlariga kelib juda koʻp shaxsiy fazilatlar shakllanib boʻladi.
Oʻquvchilarning individualliklari ularning bilish jarayonida ham koʻrinadi. Bu davrda oʻquvchilarning
bilimlari kengayadi va chuqurlashadi, koʻnikma va malakalari takomillashadi. 3-4 sinflarga borib koʻpchilib
boalarda umumiy va maxsus layoqatlar koʻzga tashlanadi. Kichik maktab yosh davrida hayot uchun nihoyatda
ahamiyatli boʻlgan muvaffaqiyatga erishish motivi mustahkamlanadi, bu esa oʻz-oʻzidan boshqa
layoqatlarning
jadal
rivojlanishiga
olib
keladi.
Ushbu yoshdagi oʻquvchilarda idrok, xotira, tafakkur va nutq toʻliq shakllanib boʻlgani uchun ham ularga
ta’lim berishda kattalarga qoʻllaniladigan uslublardan foydalanish mumkin. Kichik yoshdagi oʻquvchilar
ruhiy rivojlanishiga ularning atrofidagi odamlar, ota-onasi va ayniqsa oʻqituvchi bilan boʻladigan munosabati
orqali erishishi mumkin. 3-4 sinflarga borib bola uchun uning oʻrtoqlari bilan munosabatining ham ahamiyati
ortadi. Bu munosabatlardan kattalar ta’lim-tarbiya maqsadlarida foydalanishlari mumkin. Ushbu yoshdagi
oʻquvchilar soatlab yolg’iz holda sevimli mashg’ulotlari bilan shug’ullanishlari mumkin va shu asosda ularda
mehnatsevarlik va mustaqillik fazilatlari shakllanadi. Bu narsa ana shuning uchun muhimdirki, Kichik
yoshdagi oʻquvchilarining mehnat faoliyatida shaxsiy motivlar aniq namayon boʻladi. Kichik yoshdagi
oʻquvchisi oʻzi uchun zarur boʻlgan narsani katta qunt bilan berilib tayyorlaydi.