MAVZU: SHAXS YO‘NALGANLIGI VA FAOLIYAT MOTIVI
REJA:
1.
Shaxsning faolligi
2.
Shaxsning malaka va odatlari
3.
Shaxsning psixologik tuzilish modellari tahlili
Taynach iboralar:
Shaxs yo‘nalganligi va faoliyat motivi haqida tushuncha.
Motivatsiya haqidagi nazariyalar. Motivatsion soha rivojlanishining asosiy
qonuniyatlari.
Mustaxakamlash uchun savollar:
1.
Shaxsning faolligi nima?
2.
Shaxsning malaka va odatlarini gapirib bering.
3.
Shaxsning psixologik tuzilish modellari tahlilinikeltiring.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:
1.
Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. Toshkent-1996
2.
O`zbеkiston Rеspublikasi “Ta’lim to`g`risidagi” qonuni T.,1992
3.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” T., 1997
4.
Karimova V. M. «Psixologiya» T.Sharq 2002y.
5.
G‘oziyev E. G‘. «Umumiy psixologiya» 1-2 tom. Toshkent-2002y.
6.
Ivanov P.I., Zufarova M. «Umumiy psixologiya» T.: O‘zbekiston
faylasuflar milliy jamiyati, 2008 yil
7.
Xaydarov F.I., Xalilova N.I. «Umumiy psixologiya» T.: Fan va
texnologiyalar 2010 yil
8.
Климов Е.А. «Общая психология». Реч, Москва-2001
9.
Штерн А.С. «Введение в психологию» М.: Академия Спб 2002.
10.
David G. Myers “Psychology”. NY, 2010. WORTH PUBLISHERS
118p.
Shaxsning faolligi
Shaxs o’zining faoliyati tufayli tevarak-atrofdagi olam bilan faol munosabatda
bo’ladi.
Shaxsning faolligi
deganda odamning atrofdagi tashqi muhitga
ko’rsatadigan ta'siri tushuniladi. Tashqi muhit bilan faqat odamlar emas, hayvonlar
ham o’zaro munosabatda bo’ladilar. Lekin hayvonlar tashqi muhitga moslashib
yashaydilar, odamlar esa tashqi muhitga moslashibgina qolmasdan, uni
o’zgartirishga ham qodirlar. Shaxsning faolligi uning turli qiziqishlarida,
ehtiyojlarida namoyon bo’ladi. XX asr boshlarida avstriyalik psixolog Z.Freyd shaxs
faolligini quyidagicha tushuntiradi. Odam o’zining avlodlaridan nasliy yo’l bilan
o’tgan instinktiv mayllarining namoyon bo’lishi tufayli faoldir, instinktiv mayllar
asosan jinsiy instinktlar shaklida namoyon bo’ladi Z.Freyd shaxsning faolligini
jinsiy mayllar bilan bog’laydi. Shaxsning faolligini hozirgi zamon ilmiy
psixologiyasi to’g’ri hal qilib beradi. Inson shaxsiy faolligining asosiy manbai uning
ehtiyojlar, deb tushuntiradi.
Psixologik nuqtai nazardan borliq to’g’risida mulohaza yuritilganda, tirik
mavjudotlarning (oddiy tuzilishga ega bo’lganidan tortib, to murakkabigacha)
tevarak-atrof bilan hayotiy ahamiyatga ega bo’lgan turli xususiyatli bog’lanishlarni
ta'minlab turuvchi faoliyati (qaysi darajasi, shakli ekanligidan qat'iy nazar) ularning
barchasi uchun umumiy bo’lgan xususiyat hisoblanadi. Ularning faolligi tufayli
murakkab tuzilishli faoliyat yuzaga kelib, (ongning mahsuli sifatida) turli-tuman
mohiyatli har xil ko’rinishdagi ehtiyojlar (ularning toifalarga aloqadorligi kelib
chiqishi jihatidan biologik, moddiy, ma'naviy va boshqalar)ni qondirish uchun
xizmat qiladi. Xuddi shu boisdan faollik faoliyatning asosiy mexanizmlaridan biri
bo’lib, tirik mavjudotlarning o’z imkoniyati darajasida tashqi olam ta'sirlariga javob
qilish uquvchanligining tarkibi sanaladi. Shu o’rinda A.Maslouning ehtiyojlar
ierarxiyasini keltirib o’tish zarur.
Psixologik manbalarga asoslanib, fikr yuritishimizda
ehtiyoj
- jonli
mavjudotning tobe ekanligini ifoda etuvchi va mazkur shart-sharoitlarga nisbatan
faolligini namoyon qiluvchi holat tariqasida ifodalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |