Mavzu: shaxs yo‘nalganligi va faoliyat motivi reja



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix16.07.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#136683
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mavzu shaxs yo‘nalganligi va faoliyat motivi reja

o’zaro induksiya qonuni
po’stlog’dagi optimal qo’zg’alish o’choqi va dinamik stereotiplar 
(I.P. Pavlov), 
dominanta
(A.A. Uxtomskiy), 
orientir murakkab psixofiziologik hodisa ekani
(E.N. Sokolov) va boshqalar bo’lib hisoblanadi. 


Psixologiyada qiziqish mana bunday tiplarga ajratilishi mumkin:
Mazmuniga ko’ra
: shaxsiy va ijtimoiy; 
Maqsadiga binoan
: bevosita va bilvosita
Ko’lamiga qaraganda
: keng va tor; 
Qiziqishlar darajasi bo’yicha
: barqaror va beqaror va boshqalar. 
Qiziqishning mazmun jihatidan o’zaro tafovutlanishi quyidagilarda 
mujassamlashadi: bilish ehtiyojlarining ob'ektlari qaysilar, bilimning mazkur 
faoliyat maqsadi bilan mutanosibligi; shaxsning yashayotgan muhitiga nisbatan 
munosabati kabilar. 
Qiziqishning maqsad jihatidan farqi bevosita va bilvosita namoyon bo’ladigan 
qiziqishlarning voqelik, jismlar va hodisalarning emosional jozibaliligi, his-
tuyg’ularga ega bo’lishligi, tashqi ta'sirlarga beri-luvchanligi tufayli vujudga keladi. 
Bevosita qiziqishlar o’rganilayotgan narsaning ma'nosi bilan uning shaxs faoliyati 
uchun ahamiyati mos tushgan taqdirda paydo bo’lishi mumkin. Psixologiyada 
bevosita qiziqishning yuzaga kelishi faoliyatning maqsadini anglash bilan bog’liq 
bo’lgan bilishni ehtiyoj deb atash qabul qilingan. U yoki bu narsalarni (hodisalar 
mohiyatini) bilish, ko’rish, idrok qilish, anglab etish uchun qiziarli tuyulgan ichki 
kechinmalar bevosita qiziqishni aks ettiradi. Bilvosita qiziqishlar mehnat faoliyati 
yoki ta'lim olish jarayonining muayyan ijtimoiy ahamiyati bilan uning shaxs uchun 
sub'ektiv ahamiyati o’zaro mos tushganida bilvosita qiziqish yuzaga keladi. Mehnat 
faoliyati va ta'lim jarayonini ongli tashkil etish etakchi va ustuvor rol o’ynaydigan 
bilvosita qiziqishlarni tarkib toptirish uchun maxsus tamoyillarga, omilkor yo’l-
yo’riqlarga o’rgatish maqsadga muvofiqdir. 
Odamlarning qiziqishlari o’zining ko’lami bilan bir-biridan farq qiladi. 
Shunday shaxslar toifasi ham mavjudki, ularning qiziqishlari faqat bir sohaga 
qaratilgan bo’ladi. Boshqa bir toifaga taalluqli odamlarda esa qiziqishlar qator 
sohalarga, fanlarga, ob'ektlarga yo’naltirilganini uchratishimiz mumkin. Lekin turli 
sohaga nisbatan qiziqishlarning biri, agarda ularni oqilona boshqarish imkoniyatiga 
bo’lsa, ikkinchisiga salbiy ta'sir etishi mumkin emas, qiziqishning torligi ko’pincha 
salbiy hodisa sifatida baholanishi mumkin, lekin ayni chog’da ularning kengligi ham 
nuqson tariqasida tahlil qilinsa bo’ladi. Biroq shaxsning barkamol shaxs bo’lib 
kamol topishi qiziqishlar ko’lamini tor emas, balki keng miqyosda bo’lishini taqazo 
etadi.
Qiziqishlar o’zlarining darajasiga qarab barqaror va beqaror turlarga 
ajratiladi. Barqaror qiziqishga ega bo’lgan shaxs uzoq vaqt davomida yoqtirgan 
predmetlariga, ob'ektlariga, hodisalarga nisbatan o’z maylini hech o’zgarishsiz 
saqlab tura oladi. Shu boisdan inson ehtiyojlarini o’zida mujassamlashtiruvchi, 
shaxsning ruhiy fazilatiga aylana boshlagan qiziqishlar barqaror qiziqishlar deyiladi.
Inson shaxsi xulq-atvorining o’z motivlari bo’ladi. 
Motiv
- ma'lum 
ehtiyojlarni qondirish bilan bog’li bo’lgan qandaydir faoliyatga moyillikdir. Agar 
ehtiyojlar inson shaxsi faolligining mohiyatini tashkil etsa motivlar bu mohiyatning 
namoyon bo’lishidan iboratdir. Shaxsning ehtiyojlari motivlar bilan bog’liqdir. 
Shuning uchun motivlar bir-biridan ehtiyoj turlariga qarab farqlanadi. Masalan, 
moddiy ehtiyojning qondirilishi bilan bog’liq bo’lgan motivlar yoki ma'naviy 
ehtiyojlarning qondirilishi bilan bog’liq bo’lgan motivlar bo’lishi mumkin. Motivlar 


anglanilgan va anglanilmagan bo’lishi mumkin. Anglanilmagan motivda odam 
nimanidir istaydi, ammo o’sha narsa nimaligini tasavvur ila olmaydi. Demak, 
motivlar inson shaxsi xulq-atvorini va turli faoliyatlarini harakatga keltiruvchi 
sababdir. Xatti-harakatlarning muhim motivi e'tiqoddir. 
E'tiqod
- shaxsning o’z 
qarashlari, tamoyillari, dunyoqarashiga mos ravishda harakat qilishga undovchi 
anglanilgan ehtiyojlar tizimidir. Tilaklar ham xatti-harakat motivlari bo’lib, bu 
motivlarda mazkur vaziyatda bevosita bo’lmagan yashash va taraqqiy etish 
sharoitlarida ehtiyojlar o’z ifodasini topadi.
Faoliyatga nisbatan anglanilmagan mayllar borasida eng ko’p o’rganilgan 
masala 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin