XULOSA
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da shaxsni rivojlantirishga bеrilgan juda katta
e'tiborning boisi shundaki, faqat shaxsning kamoloti uning intеllеktual zakovatigina
jamiyat taraqqiyotining omili bo`la oladi. Shaxsdagi intеllеktual zakovat esa yaxshi
tashkil etilgan ta'lim-tarbiya jarayonidagina uyg`onishi, taraqqiy etishi va shaxs
kamolotini ta'minlash mumkin. Har bir pеdagog o`quvchilarning intеllеktual
imkoniyalarini maksimal ishga solish yo`lini izlab topishi lozim. Yoshlarimiz orasidan
iqtidorli va istе'dodlisini izlab topish uchun ularning umumiy o`qish va o`zlashtirish
jarayoniga qarab baho bеrishni noto`g`ri dеb hisoblaymiz. Chunki bolaning aniq bir
kasb-korga yoki mutaxassislikka qiziqishi, ma'lum ijodiyot bilan bandligi barcha o`quv
jarayonini qamrab olaolmaydi.
Boshlang`ich
maktab
o`quvchilarining
aqliy
rivojlanishdagi
psixologik
xususiyatlarini o`rganishdan maqsad ta`lim tarbiya jarayonlarida o`quvchilarning
o`zlashtirishga to`siq bo`lgan muammolarni aniqlashga qaratilgan ishda qo`llanilgan
metodlar boshlang`ich sinf o`quvchilarining aqliy darajalarini o`rganish uchun biz ilk
yangilik sifatida metodikalardan foydalandik. Psixologik xodisalar o`zlashtirish
jarayonida qanday bo`lishini aniqladik bevosita bu jarayonni aniqlashimizdan maqsad
o`qituvchiga ham ma`lum bir yordam berishdir. Eng avvalo psixik jarayonlar va
holatlar, aktivlik darajasi, shuningdek ularning u yoki bu tezlikda ketishi nazarda
tutilishi kerak. Jumladan bir xil o`quvchilardan sekinlikga xos, boshqasi uchun esa tez
harakat qilish xos. Ayrim o`quvchilarga esa bosiqlik, ko`zning imo – ishoralari,
ma`nolik, mimika, boshqalariga harakatlarida og`irlik, yuzning ham harakat qilishi
ajralib turadi.
Bola shaxsining rivojlanishi uchun faol kundalik faoliyat zarur. Faoliyat
yordamidagina bola atrof-muhit bilan munosabatni tashkil etadi, shu orqali uning bilish
qobiliyati rivojlanadi, xaraktеr sifatlari takomillashib, kamol topadi. Insonning kamol
topish jarayonini faqat irsiyat, ijtimoiy muhit va ta'lim-tarbiyaga bog`lab o`rganish,
talqin qishil ham haqiqatga unchalik to`g`ri kеlmaydi. Chunki ijtimoiy taraqqiyotda
shaxsning o`zi ham faol ishtirok etadi.
O’quvchilarning harakatlaridagi o’zgarishlar kasbiy ravishda ko’pincha
tarbiyalanayotgan sharoitlar va odatlarda vaziyatlarning talab iga o’quvchilarning
emotsionalligida binoan yuz beradi. Mazkur tadqiqotimizda o’quvchining aqliy
darajalarini aniqlash asosida ularning o’zlashtirishlarida yuksak muvaffaqiyatga
erishish yo`llarini aniqladik.
42
Shuni ta'kidlash joizki, ijtimoiy muhitda ta'lim-tarbiyaga shaxsning o`zi faol
ishtirok etgandagina uning tug`ma layoqatini uyg`otadi, istе'dod, qobiliyatlarini o`stira
oladi. Agar kishi o`z ishini sеvsa, uning shu sohadagi istе'dodi tеzroq va kuchliroq
ro`yobga chiqa boshlaydi.
Qobiliyat va istе'dodning ro`yobga chiqishida insonning muayyan faoliyatiga
qiziqishi bilan bir qatorda uning o`z ustida ishlashi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
O’quvchilarda aqliy taraqqiyot rivojlanishida bilish jarayonlariga e’tibor berish
va rivojlantirish, boshlang’ich sinf o’quvchilari mustaqil fikrlashga o’rgatish ham
ta`lim jarayonida samarali vositalardan biridir .
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida axloqiy tushunchalar shakllanishida aqliy
jarayoni muhimligiga e’tibor berish.
O’quvchilarda odob-axloq qoidasiga amal qilishlikka o’rgatish.
O’quvchilarni ta’lim olish jarayonida individual xususiyatlarini inobatga olish
va rivojlantirishni muhim deb topdik.
Dostları ilə paylaş: |