2.1. Boshlang`ich sinf o’quvchilarining aqliy taraqqiyoti rivojlanishga ta’sir etuvchi
4
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: O`zbekistonni mustaqillikni qo`lga kiritgach mamlakatimizda
yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish ma`naviy jihatdan
mukammal rivojlangan shaxsni shakllantirish ta`lim va maoruf tizimini yuksaltirishdek ustuvor
vazifalrni amalga oshirishga alohida e`tabor berildi. O`zbekiston Respublikasi prezidenti
I.A.Karimov ta`kidlaganidek “Hayotimizni hal etuvchi muhim masalalar qatorida buyuk
ma`naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish milliy ta`lim va tarbiya tizimini
takomillashtirish uning zaminini mustahkamlash zamon talablari bilan uyg`unlashtirish asosida
jahon andozalari va ko`nikmalari darajasiga chiqarish barkamol avlodni tarbiyalash zarur” ushbu
mulohazalarda ko`rinib turibdiki Respublikamizda amalga oshirilayotgan tub islohatlarning
yaratuvchisi sifatida shaklanayotgan yosh avlodni voyaga yetkazish ularning zamon talablari
darajasida bilim olishi shaxs sifatida kamol topishi boshlang`ich ta`lim sirlarini o`rganish va
kundalik turmush yumushlarini hal etishga tayyorlab borish masalasi asosiy muammolar
tariqasida ta`lim jarayonida ko`ndalang bo`lib turibdi. Ma`lumki “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi”da keltirilgan uzluksiz ta`lim tizimining barcha bug`unlarida ushbu muammoni hal
etishda o`qitish jarayoni subyektlarining o`ziga hos o`rni mavjud shu o`rinda mamlakatimiz
taraqqiyoti boshlang`ich ta`limdan boshlanishi lozimligini ham bejizga qayt etilmagan.
Bola aqliy taraqqiyotini ribojlantirishda psixologik yondashuvlar o`rni beqiyosdir bunda
albatta o`qituvchi ta`lim berish orqali o`quvchilar intelektual salohiyatini oshirish erkin
firklashga o`rgatishga alohida ahamiyat berishlari zarurdir.
Shu o`rinda I.A.Karimov “O`qituvchining bosh vazifasi o`quvchilarda mustaqil fikr
yuritish ko`nikmalarni hosil qilishdan iboratdir”. Demokratik jamiyatda bolalar umuman har bir
inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni o`rganmasa berilgan
ta`lim samarasi past bo`lishi muqarrar mustaqil fikrlash ham katta boylikdir, deb o`qitirib
o`rganganlar shu bois ham bitiruv malakaviy ishimiz boshlang`ich sinf yoshidagi bolaga ta`lim
berish bilan birga uning aqliy taraqqiyot darajasini shakllantirishga oid psixologik
yo`ndashishlarning yangicha usullarini ishlab chiqish va amaliyotga qo`llab olish zarurdir.
Jahonning barcha davlatlarida bo`lganidek kabi dunyo haritasida munosib o`rin olgan
respublikamizning ta`lim sohasida islohatlar boshlandi. Bu islohatlarning barchasi inson ongli
har qachongidan ham yuqori saviyaga ko`tarib inson va uning mukammalligi o`z ustida ishlashi
o`z mukammalligi hususida qayg`urish muammosi har qachongidan ham dolzarb masalaga
aylandi. Ayniqsa boshlang`ich ta`lim tizimida o`quvchilarning aqliy rivojlanishining
muammosining psixologik hususiyatlarini tarkib toptirish ushbu muammolarni bartaraf etishga
qaratiladi. Milliy dasturda e`tirof etilgan yangicha modeldagi shaxsni kamol toptirish yosh avlod
5
ongining ta`lim olish davridagi rivojlanish tendinsiyalaridan tortib toki yangicha o`qitish
texnologiyalarini bola tominidan o`zlashtirishi va undagi aqliy intelektual qobiliyatlarga
nechog`lik ta`sir ko`rsatayotganligini o`rganish ma`naviy barkamollik tamoillarini maktabda va
yangi tipdagi ta`lim muassasalarida joriy etish psixologik yo`ndashish o`qitishning eng ilg`or va
zamonaviy shakllarini amaliyotga tadbiq etishni taqozo etadi. Boshlang`ich ta`lim tizimida
o`quvchilarning bilish jarayonlari va aqliy rivojlanishni tarkib toptirishda psixologik
yo`ndashuvlarning tadbiq etish ishning bosh maqsadi sifatida gavdalanadi.
Dostları ilə paylaş: