Kichik va katta guruhlar psixalogiyasi


Shunday qilib, erkaklar va ayollarning guruhga birlashishi guruhning rivojlanishi uchun qulay omil va yaxshi psixologik iqlimdir



Yüklə 20 Kb.
səhifə3/4
tarix02.12.2023
ölçüsü20 Kb.
#171625
1   2   3   4
Mavzu kichik va katta guruhlar psixalogiyasi-fayllar.org

Shunday qilib, erkaklar va ayollarning guruhga birlashishi guruhning rivojlanishi uchun qulay omil va yaxshi psixologik iqlimdir.
Har bir jamoaning o`z lideri boshlig`i bo`ladi. Lider shu jamoa ichidan yetilib chiqishi kerak. Lider rasmiy va norasmiy bo`lishi mumkin. Rasmiy lider yuqoridan tayinlanadi. Masalan, rahbarlar tayinlanadi. Norasmiy liderlar referent guruh boshliqlari, bo`lishi mumkin. Tashkilotchilar ham norasmiy lider hisoblanadi. Liderlar o`z ortlaridan boshqalarni ergashtira oladigan kishilardir. Ularda tashkilotchilik qobiliyatlari shakllangan bo`ladi. Guruhdagi kishilar konformli, ya`ni kelishuvchan, kechirimli bo`lishlari lozim. Agar guruh uyushgan bo`lsa konformlilik kuchli bo`ladi. Jamoadagi shaxslar konformlilik asosida barcha ishlarni amalga oshirishlari mumkin. Guruh yoki jamoada kelishuvchanlik bo`zilsa, muloqot to`g`ri amalga oshirilmasa konfliktlar - nizolar kelib chiqishi mumkin. Nizolar ikki xil bo`ladi: a) shaxsiy adovatlar asosida kelib chiqadigan nizolar; b) xizmat (ish) yuzasidan kelib chiqadigan nizolar. Nizolarni bartaraf qilish rahbar - liderlarning qobiliyatiga bog`liq.

Jamoadagi moslik
Shaxs boshqa kishilar bilan munosabatga kirishar ekan, u o`zining fe`l - atvori va xatti -harakatlarini boshqalarning xatti - harakatlari bilan uyg`unlashtirib olib borishi, ya`ni har bir shaxs jamoa a`zolari bilan sig`ishishi kerak. Buning uchun shaxs boshqa a`zolarni chug`ur o`rganishi lozim. Jamoadagi shaxslararo munosabatlarni, ya`ni shaxslarning bir - birlariga yordam berishlarini, do`stlashishi, janjallashishi, yarashishlarini o`rganib chiqish kerak bo`ladi. Jamoadagi munosabatlarni o`rganish rahbarlik qilish imkoniyatini tug`diradi. Shaxs jamoada boshqalarga mos keladigan bo`lsa, uning xulq - atvori va harakatlari boshqalarda ijobiy reaktsiya tug`diradi. Psixologik jihatdan sig`ishmaydigan bo`lsa, uning fe`l - atvori, harakatlari boshqalarda salbiy reaktsiya tug`diradi. Psixologik jihatdan sig`ishmaydigan kishilar jamoada uzoq vaqt qololmaydilar. Shaxsning jamoa bilan moslasha olmasligiga bir necha sabablar bo`lishi mumkin. Masalan: yagona bir maqsadning bo`lmasligi, shaxsda salbiy xislatlarning bo`lishi, takabburlik, ezmalik, o`zini tuta olmaslik kabilar. Guruh ongi bilan guruhiy moslik bir - biri bilan bog`liq tushunchalardir. Jamoa va guruhiy moslik fiziologik , psixologik bo`lishi mumkin.

Yüklə 20 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin