Killash usul va uslubiyotini buxgalteriya hisobi nazariyasi fani o‘rga- tadi



Yüklə 29,48 Kb.
səhifə1/2
tarix06.06.2023
ölçüsü29,48 Kb.
#125596
  1   2
Killash usul va uslubiyotini buxgalteriya hisobi nazariyasi fani



killash usul va uslubiyotini buxgalteriya hisobi nazariyasi fani o‘rga- tadi. Buxgalteriya hisobining aniq obyektlarni hisobga olish tamo- yillari va tartibi «Moliyaviy hisob» va «Boshqaruv hisobi» fanlarida 0‘rganiladi.
Darslik hozirda buxgalteriya hisobi tizimini takomillashtirish borasida hukumatimiz tomonidan qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonun, «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom, 0‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi Milliy andozalari va buxgalteriya hisobiga doir boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda tayyorlandi.
Darslikda buxgalteriya hisobining vazifalari, predmeti, obyekti, usullari, uslubiyoti hamda moliyaviy hisobotlarni tuzish konsepsiyasi kabi nazariy savollar mutaxassislikning davlat ta’lim standartlari va namunaviy dastur talablaridan kelib chiqqan holda yoritilgan. Har bir mavzudan so‘ng bilimlarni mustahkamlash maqsadida mustaqil ta’lim uchun nazorat savollari, testlar hamda mavzular bayonidan keyin fanni o‘rganish jarayonida uchraydigan atamalarga ensiklope- dik izohlar keltirilgan.
Darslikni nashr etishga 0‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2017-yil 2-iyun 434-sonli buyrug‘i bilan ruxsat berilgan.
Darslik oliy ta’iimning 200000 — «Ijtimoiy soha, iqtisodiyot va huquq» ta’lim sohasidagi 5230900 - «Buxgalteriya hisobi va audit» bakalavriat yo‘nalishi talabalariga mo‘ljallangan bo‘lib, undan 200000 — «Ijtimoiy soha, iqtisodiyot va huquq» ta’lim sohasidagi boshqa yo‘nalish talabalari va «Buxgalteriya hisobi va audit» yo‘nalishi bo‘yi- cha ta’lim olayotgan kollej o‘quvchilari ham foydalanishlari mumkin.
Mazkur darslikni kompyuterga kiritish va dizaynini tayyorlash- da yordam bergan kafedra katta o'qituvchisi A.S.Xojayev, assisten- ti S.N.Toshmamatovlarga muallif chuqur minnatdorchilik bildiradi.


5


1-MAVZU. BUXGALTERIYA HISOBI FANINING PREDMETI, METODI HAMDA TADQIQOT USULLARI




Ushbu mavzuga oid atamalar: erkin raqobat, tadbirkorlik, uyushgan guruh, ko‘p mulkchilik, xo‘jalik yurituvchi subyekt- lar, shartnomaviy munosabatlar, iqtisodiyot, bozor iqtisodiyoti, huquqiy shaxs, hisob, xo‘jalik hisobi, korxona, hisobning funk- siyasi, hisobchilik turlari, operativ-texnik hisob, statistika hiso­bi, buxgalteriya hisobi, o‘lchov birligi, hisob obyekti, moliyaviy hisob, boshqaruv hisobi, ma’lumotlardan foydalanuvchilar, pred- met, obyekt, ta’minot, ishlab chiqarish, sotish, takror ishlab chiqarish, mablag‘, mablag‘lar manbayi, nomoddiy aktiv, metod, metodologiya.

  1. KORXONA HAQIDA TUSHUNCHA,

UNI BOSHQARISH TIZIMI
Respublika iqtisodiyoti bozor iqtisodiyoti talablari asosida rivojlanmoqda. Bozor iqtisodiyoti deganda - erkin raqobat va tadbirkorlikka, ishlab chiqarish vositalariga ko‘p mulkchilikka, narxning bozorda shakllanishi va davlatning korxonalar faoliyati- ga aralashuvi cheklanganligiga asoslangan iqtisodiyot tushuniladi. Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilaridan biri - sogclom tadbir­korlik faoliyatini barpo etish va rivojlantirish bo‘lib hisoblanadi. Fuqarolar va ularning uyushgan guruhlarining, korxonalar tash- kiliy-huquqiy shakli doirasida, mulkiy javobgarlik va xatar aso­sida foyda olishga yo‘naltirilgan mustaqil, tashabbuskor faoliyati tadbirkorlik faoliyati deyiladi. Bu faoliyat bilan jamoa shaklidagi huquqiy shaxslar va jismoniy shaxslar shug‘ullanishlari mumkin. 0‘zbekistonda «Korxonalar to‘g‘risida»gi qonun talabiga binoan mulkka ega bo‘lgan, boshqa tashkilotlar oldidagi majburiyatlariga javob bera oladigan, mustaqil balansga ega bo‘lgan, sudda javob- gar va davogar bo‘la oladigan, mustaqil Ustavga ega bo‘lgan va davlat ro‘yxatidan o4gan korxona huquqiy shaxs deb tan olina- di. Shuningdek, foyda olish va ijtimoiy munosabatlarni qondirish maqsadida ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va ishlar bajarish-
6




ni tashkil qilgan huquqiy shaxs maqomidagi xo‘jalik subyekti kor­xona deb, tan olinadi.
Korxona qonun bilan cheklanmagan har qanday faoliyat bi- lan shug‘ullanish huquqiga ega. Korxonaning vazifalarini muik egasining (yoki jamoaning) qiziqishi, faoliyatga yo‘naltirilgan ustav kapitalining (pulining) miqdori, korxona ichidagi ijtimoiy- iqtisodiy holat va bozorning talabi belgilaydi. Faoliyat xususiyat- lari bo'yicha barcha korxonalar, tijorat va notijorat maqsadlari uchun tashkil qilinadi. Tijorat korxonalari notijorat korxonalari- dan, xususan, assotsiatsiyalardan, ijtimoiy tashkilotlardan, diniy korxonalar va har xil fondlardan o‘zining asosiy maqsadi bo‘lgan foyda olishi bilan farq qiladi.
Mulkchilik shakliga ko‘ra korxonalar: davlat korxonasi, xu- susiy, aralash mulkchilikka asoslangan, hamkorlikdagi, mas’uli- yati cheklangan jamiyat, aksiyadorlik kompaniya, fermer xo‘jaligi, agrofirma, chet el kapitali bilan hamkorlikdagi va boshqa shakl- larda tashkil qilinadi.
Boshqaruv deganda, ma’lum iqtisodiy natijalarga erishish maqsadida korxonada mavjud bo‘lgan obyektlarga, sodir bo‘la- digan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga va korxona faoliyatida ishti- rok etuvchi xodimlarga (odamlarga) yo‘naltirilgan ongli faoliyat tushuniladi. Kishilik jamiyatining taraqqiyotida boshqaruvning turli tizimlaridan foydalanib kelingan. Tashqi muhitga ta’siri bo‘yicha boshqarishning mexanistik, organik, aralash va boshqa tizimlari mavjud.
Boshqarishning aralash tizimiga bashorat qilish va iqtisodiy tahlilga asoslangan boshqarish variantlarini kiritish mumkin. Uning asosiy maqsadi — korxona faoliyatida ishtirok etadigan barcha moddiy, moliyaviy va mehnat resurslarining holatini va korxona ish natijalarini o‘rganish hamda baholash asosida ular- dan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘lib hisoblanadi.
Iqtisodiy tahlil choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlari asosida o‘tkazilib, dastlabki va moliyaviy tahlil shaklida tashkil qilinadi. Dastlabki tahlil buxgalteriya va moli-


7




yaviy hisobotlarini tuzgunga qadar o‘tkaziladi va hisobot mod- dalarini hamda hisobotlarga qo‘shimcha tuziladigan tushuntirish xatini to‘g‘ri tuzishni ta’minlaydi. Iqtisodiy tahlilning tarkibiy qismi bo‘lgan moliyaviy tahlil, korxona biznes-rejalarini ishlab chiqish va uning moliyasini boshqarishning ajralmas qismi hi- soblanadi.
Korxonalar faoliyatiga baho berish va yo‘l qo‘yilgan kam- chiliklarni aniqlash hamda korxonani iqtisodiy rivojlantirish- ning ichki omillarini topish maqsadida moliyaviy hisobotlarni topshirgandan keyin, ularning ma’lumotlari asosida korxonalar moliya-xo‘jalik faoliyatlari har tomonlama, to‘liq tahlil qilinadi. Uning natijalari asosida kelgusi davr rejalari va korxonani rivoj- lantirish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi. 0‘tkaziladigan moli­yaviy tahlilning sifati tahlil qilishda qo‘llaniladigan usullar va buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining haqiqiyligiga bog‘liq bo‘la- di. Iqtisodiy tahlilga asoslangan boshqaruv tizimi asosini re- jalashtirish, hisob va nazorat qilish kabi unsurlar tashkil qiladi.
Rejalashtirish — nima qilish kerak va nimaga erishish zarur- ligini ko‘rsatuvchi vosita bo‘lib, uning maqsadi korxonani is- tiqboldagi iqtisodiy holatini belgilovchi rejalarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish, shuningdek, iqtisodiy natijalarga erishish yo‘llarini, usullarini va vositalarini ko‘rsatib berish hisoblanadi.
Hisob — boshqaruv uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ish, tartibga solish va umumlashtirish vazifasini bajaradi. Shuning uchun har qanday korxonani boshqarishda hisob hal qiluvchi bo‘g‘in bo‘lib hisoblanadi.
Boshqaruv mexanizmi korxona oldida turgan maqsad va vazi- falar yechimini topishga qaratilishi kerak. Bunga erishish uchun, boshqaruvning tashkiliy va ishlab chiqarish tarkibini ratsional tashkillash kerak. Boshqaruv tarkibi bir qancha omillarga, xu- susan, korxonaning tarmoq xususiyatiga, ishlab chiqarayotgan mahsulotlarining turiga, assortimentiga, ishlab chiqarish tex- nologiyasiga, ixtisoslashtirish darajasiga va boshqalarga bog‘liq. Katta hajmdagi korxonalarni boshqaruv tizimi tarkibida, moliya,


8




iqtisod, marketing, ta’minot, buxgalteriya hisobi va hisobotlari boMimlari, byurolari va guruhlarini tashkillash maqsadga mu- vofiq bo‘ladi. Korxonada buxgalteriya hisobi va hisobotlari xiz- mati bilan shug‘ullanadigan bo‘lim korxona mablag‘lari harakati- ni va moliyaviy hisobotlarni shakllantirish vazifasi yuklatilgan, buxgalteriya, buxgalteriya hisobi boshqarmasi va boshqa har qan- day tarkibiy tuzilma shaklida tashkil qilinishi mumkin.
Nazorat - korxona faoliyatida ishtirok etayotgan xodimlar faoliyati ustidan nazorat o‘rnatish, bajarilgan ishlarni tekshirish, yutuq va kamchiliklarni aniqlash, mavjud kamchiliklarni bar- taraf etish choralarini ko‘rish. Iqtisodiy tahlilning nazorat funk- siyasi bilan korxonalarda tashkil qilinadigan ichki audit xodim- lari shug‘ullanadi.

  1. XOVJALIK HISOBI TO‘G‘RISIDA UMUMIY TUSHUNCHA, UNING FUNKSIYALARI VA OLDIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR

Korxonalarning oldiga mahsulot ishlab chiqarish hajmi, tan- narx, foyda, mehnat unumdorligi kabi turli xil reja ko‘rsatkichlari qo‘yiladi. Ularga doir vazifalarni bajarish korxonalar moli- ya-xo‘jalik faoliyatlari ustidan boshqarishni va tizimli kuzatib bo- rishni talab qiladi. Bunday kuzatish boshqarishning funksiyasi bo‘lgan xo‘jalik hisobi yordamida amalga oshiriladi.
Xo‘jalik hisobi — kishilik jamiyati rivojlanishining barcha bos- qichlarida mavjud bo‘lgan va boshqaruvga xizmat qiladigan tizim bo‘lib hisoblanadi. Arxeolog va tarixchilarning taxminicha, xo‘ja- lik hisobidan eramizdan avvalgi XIII asrda Misrda, V—III asrlar- da Finlandiyada va Fors qo‘ltig‘i davlatlarida qollanilgan.
Xo‘jalik hisobining paydo bo‘lishi va rivojlanishini kishi­lik jamiyatining vujudga kelishi bilan bog‘lash mumkin. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, ibtidoiy jamoa tuzumida qabila boshlig‘i o‘z qabilasi a’zolari sonini, ularning yemish uchun hayvonlarni ov qilishda ishtirokini va boshqa shu kabi hisob-kitoblarni amalga oshirgan. Qabila a’zolari tomonidan qilingan ovlar sonini may-


9




da toshchalarni ma’lum bir joyda yoki idishga to‘plab hisob-kitob olib borilgan. Insoniyatning ibtidoiy avlodlari hisob qurollari sifa- tida dastlab qo‘l barmoqlaridan, mayda toshchalardan, cho‘pcha- lardan foydalanishgan.
Ibtidoiy jamoa negizida mehnat taqsimotining yuzaga keli- shi va yozuvning paydo bo‘lishi, hisob olib borishda daraxt po‘st- log‘idan foydalanishga olib keldi. Hozirda ham har bir oilaning o‘z hisob-kitobi bor. Qaysi oilada hisob-kitob yaxshi yo‘lga qo‘yil- gan bo‘lsa, o‘sha oilaning turmushi obod bo‘ladi. Bundan ko‘ri- nib turibdiki, hisob insonlarning doimiy hamrohi va hamkoridir.
Xo‘jalik hisobidan insonlarning ijtimoiy hayotida sodir bo‘la- digan voqeliklarni kuzatish hamda ular uchun xizmat qiladigan mehnat vositalari va mehnat jarayonlarini hisobga olish maqsadi- da foydalanib kelingan va foydalanilmoqda. Xo‘jalik hisobi, eng avvalo, takror ishlab chiqarish jarayonini boshqarish va xo‘jalik subyektlari faoliyatiga rahbarlik qilish uchun zarur.
Kishilik jamiyatining rivojlanishi bilan, xo‘jalik hisobining usullari va texnikasi o£zgarib borgan. Ayniqsa unga bo‘lgan ta- lab tovar ayirboshlash davriga kelib kuchaydi. Chunki tovar al- mashtirishning teng baholanishi uchun sotish (ayirboshlash) qan- day ekvivalent tenglik asosida yuz bergan bo‘lsa, sotib olish ham xuddi shunday qiymatlar tengligi asosida yuz berishi kerak. Tovar ishlab chiqaruvchining xo‘jaligida bir iste’mol qiymatidagi tovar- ni boshqa iste’mol qiymatga, boshqacha qilib aytganda tovarni tovarga ayirboshlash yuz beradi. Bunday almashtirishning teng baholanishi uchun ishlab chiqarilgan tovarlarga sarflangan ijti­moiy zaruriy mehnat sarfi miqdorini bilish talab qilinadi. Bunday ma’lumotlar xo‘jalik hisobini yuritish bilan olinadi.
Xo‘jalik hisobi insonlarning ijtimoiy hayotida sodir bolgan va bo‘ladigan hodisalarni kuzatish asosida, mehnat qurollari va mehnat buyumlarini hamda jonli mehnat jarayonlarini hisob­ga olish maqsadlari uchun xizmat qiladi. Shu bilan birgalikda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning xo‘jalik jarayonlariga ta’sir etib, ularning rivojlanish istiqbollarini kocrsatib beradi.


10




Xo‘jalik hisobi, korxonaning tasarrufidagi mablag£lardan tak- ror ishlab chiqarish jarayonida foydalanishda moddiy ishlab chiqarishni uyushtirish, boshqarish va unga rahbarlik qilishga xizmat qiladi. Bunday ta’rifdan xo£jalik hisobi bajaradigan qu- yidagi funksiyalarni belgilab olish mumkin (1-chizma).

  1. Axborot berish funksiyasi - korxonalarning faoliyatida so- dir bo‘ladigan iqtisodiy jarayonlarni kuzatish, kuzatish natijasi- da olingan ma’lumotlarni miqdor va qiymat ko‘rsatkichlarda oMchash hamda hujjatlarda qayd qilib borish.

  2. Nazorat qilish funksiyasi - korxonalarning faoliyatida sodir bo‘ladigan iqtisodiy jarayonlar ustidan nazorat o‘rnatish va unga ta’sir etish.

  3. Tahliliy (analitik) funksiyasi - sodir bo£ladigan iqtisodiy ja­rayonlarni umumlashtirish, guruhlash va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun joriy hisob ma’lumotlarini tahlil qilish.


Axborot berish


Nazorat qilish


Tahliliy
(analitik)
l-chizma. Xo‘jalik hisobining funksiyalari

  1. XOMALIK HISOBINING TURLARI

Korxonalar, firmalar, tashkilotlar, umuman barcha xo£jalik yurituvchi subyektlar (keyinchalik korxona deb aytiladi) o£z faoli- yatlarida moddiy (xomashyo, materiallar, tayyor mahsulotlar, yo- qilg£i, binolar, transport vositalari, asbob-uskunalar va boshqa shu kabi moddiy resurslar), mehnat va moliyaviy resurslari ham-


I
j





li




da turli xil xizmatlardan foydalanadilar. Ularni moliyalash, ya’ni pulini to‘lash lozim bo‘ladi.
Shuningdek, korxonalar faoliyatini amalga oshirishda, bosh- qarish uchun ko‘plab axborotlar zarur bo‘ladi. Bu axborotlarni hujjatlashtirish va qaydlash uchun zarur bo‘lgan ishlar (kuzatish, o‘lchash, qayd qilish) hisob olib borishni taqozo etadi. Amaliyot- da xo‘jalik hisobi ishlarini tashkil qilishning tezkor (operativ-tex- nik), statistika va buxgalteriya hisobi turlari mavjud (2-chizma).
Hisob ishlarini tashkil qilishning bu turlari uzviy bog‘langan bo‘lib bir-biridan bajaradigan vazifasi, qayerda qo‘llanishi va o‘zi- ga xos uslublari bilan farq qiladi.





2-chizma. Xo£jalik hisobining turlari.


Korxonalar faoliyatini boshqarish uchun har kuni ko‘pdan ko‘p operativ (tezkor) axborotlar (ma’lumotlar) kerak bo‘ladi. Masalan, neft mahsulotlarini sotish bilan band bo‘lgan Fargcona neft baza- si unitar korxonasi faoliyatining uzluksizligini ta’minlash uchun neft mahsulotlari zaxiralarining qoldiqlari, xaridorlarning qar- zi, xodimlarga ish haqi bo4yicha bo‘lgan qarzdorliklar, boshqa korxonalarga bo‘lgan qarzlar, sotilgan mahsulotlarning alohida turlari, mahsulotlarining qiymati hamda bankdagi o‘z hisobidagi pullar va shu kabi boshqa axborotlar. Bunday axborotlar operativ- texnik hisob yordamida yetkazib beriladi.
Operativ-texnik hisob korxonalar faoliyatida sodir bo‘ladigan ijtimoiy-iqtisodiy axborotlarni kuzatish, nazorat qilish va o‘zining texnik vositalari yordamida yig‘ish hamda qaror qabul qiluvchi- larga yetkazib berish tizimidir.


12




Operativ-texnik hisob yordamida boshqaruv uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar foydalanuvchilarga (menejerlarga, buxgalter- larga, ta’minot bo£limi xodimlariga, korxona muhandislariga va boshqa tashqi foydalanuvchilarga) huquqiy maqomga ega bo£lgan hujjatlarni tuzmasdan ma’lumotnomalar yordamida yoki og£zaki holda, telefon, faks, telegraf, modem yoki internet orqali yetkazib beriladi. Operativ-texnik hisob sodir etilgan hodisa va voqealarni tezkorlik bilan kuzatib, miqdor jihatdan o‘lchab, korxonaning boshqaruv apparati xodimlarini hamda moliyaviy va boshqaruv hisobini ma’lumotlar bilan ta’minlashga xizmat qiladi. O'zining oddiyligi bilan hisobning boshqa turlaridan farq qiladi.
Statistika hisobi jamiyatda sodir bo‘ladigan ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni kuzatish, o‘rganish va umumlashtirish uchun xiz­mat qiladi. Statistika hisobi butun jamiyat miqyosida sodir bo£la- digan ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni va voqealarni ommaviy ku­zatib, sifat va miqdor jihatdan o‘lchab hujjatlarda qayd qiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va voqealarning sifat hamda miqdor to- monlarini bog‘lab o‘rganish statistik hisobning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Statistika hisobi butun jamiyat miqyosida sodir bo£ladigan ijti­moiy-iqtisodiy hodisalarni va voqealarni ommaviy kuzatish asosi­da o‘rganib, sifat va miqdor jihatdan o‘lchab hujjatlarda qayd qi­lish va umumlashtirish tizimidir.
Misol qilib, mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish, tovar obo- rotining bajarilishini nazorat qilish, ish haqi va mehnat unum- dorligining oshishi, aholini ro‘yxatdan o4kazish to£g£risidagi ma’lumotlarni keltirish mumkin. Statistika hisobida axborotlar kuzatish asosida o£rganiladi, sifat va miqdor jihatdan o£lchana- di, statistika hisobiga xos bolgan hujjatlar bilan rasmiylashtirila- di va alohida belgilari bo£yicha guruhlanib hisobga olinadi hamda tahlil qilinadi. Shuningdek, statistika jamiyat taraqqiyotining tur- li jarayonlarini va korxonalarning xo£jalik faoliyatlari natijalarini tahlil qilish asosida, ularning rivojlanish istiqbolini belgilab be- radi.


13




Buxgalteriya hisobi korxona mablag‘larini hamda ularning xo‘jalik faoliyatlarida sodir bo‘ladigan iqtisodiy jarayonlarni yoppasiga va uzluksiz kuzatib, miqdor jihatdan o‘lchab, pul ifo- dasida umumlashtirib, aks ettirish va nazorat qilish uchun xiz­mat qiladi. Buxgalteriya hisobida aks ettirilgan jarayonlar, albat- ta, hujjat bilan rasmiylashtiriladi, bu esa, ularga huquqiy asos bo‘lib, xo‘jalik faoliyatni nazorat qilishda hisobning ahamiyatini oshiradi. Bunday axborotlar asosida korxonani boshqarish uchun qabul qilingan qaror albatta samarali va sifatli bo‘ladi. Buxgal­teriya hisobi korxonalar faoliyatida sodir bo‘ladigan xo£jalik ja­rayonlarini yoppasiga, uzluksiz hamda muntazam kuzatib bo- rishi, sifat va miqdor jihatdan oMchashi va alohida hujjatlarda qayd qilishi bilan operativ-texnik va statistika hisoblaridan farq qiladi.
Shunday qilib, buxgalteriya hisobi korxonalar faoliyatida so­dir bo‘ladigan iqtisodiy hodisalarni yoppasiga, uzluksiz kuzatish, hujjatlashtirish va alohida iqtisodiy belgilari bo‘yicha guruhlash asosida miqdor va qiymat o‘lchovlarda hisobga olish tizimidir.
Buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan korxona faoliyati yakun- larini bilish, korxona moliyaviy holatini va iqtisodiy samara- dorligini tahlil qilish uchun foydalaniladi.
0‘zbekiston Respublikasida «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»- gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq 0‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar, fuqarolar- ning o‘zini o£zi boshqarish organlari, shuningdek, chet el yuridik shaxslarining 0‘zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxona- lari, filiallari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisob yuritadi hamda hisobot taqdim eta- dilar.
Hisobning o‘zaro chambarchas bog‘langan uchta turi, xalq xo‘jalik hisobining yagona tizimini tashkil qiladi. Xo‘jalik hisobining har bir turi, korxonalar, iqtisodiy hududlar va respub- lika iqtisodiyotini mutloq boshqarish jarayonida ishtirok etadi va


14


d) buxgalteriya schyotlarini tartibli joylanishini aks ettiruvchi maxsus blanka.



  1. Buxgalteriya hisobida texnikani qo‘llanishiga qarab qanday shakli bo‘lishi mumkin?

  1. avtomatlashtirilgan va jurnalli;

  2. qo‘lda va mashinada;

  3. avtomatlashtirilgan va qo‘lda;

  4. jurnalli va kartochkali.

  1. Jurnal orderni asosiy tuzilishiga qanday belgi xos?

  1. ishlatilishiga qarab;

  2. debetli;

  3. kreditli;

  4. aralash.


250



Yüklə 29,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin