Sog‘lom turmush tarzi



Yüklə 84,5 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü84,5 Kb.
#200025

Sog‘lom turmush tarzi

Reja:




  1. Salomatlikni mustaxkamlashda tibbiyot xodimlarinni o‘rni.

  2. Sog‘lom turmush tarzining asosiy yo‘nalishlari,

  3. Xavf omillari va ularga qarshi kurashish.

  4. Rastional oqatlanishni yo‘lga qo‘yish.

  5. Tamaki chekishni, alkogolizm suistemol qilishni cheklash.

  6. Jismoniy faollikni oshirish

Sog‘lom turmush tarzi - o‟tgan asrning 80-yillarida salomatlikni saqlash xamda mustahkamlashda, kishilarning uzoq va baxtli umr ko‘rishlarida eng muhim tadbir turmush tarzi va uni sog‘lomlashtirish ekanligi ham ilmiy, ham amaliy tomondan isbotlandi. Shundan beri sog‘lik haqida gap ketganda, kishilarning turmush tarzini soglomlashtirish to‘g‘risida ko‘p gapiriladi. Hattoki, bu masala muhim davlat xujjatlari, Prezident farmon va qonunlarida xam o‘z aksini topgan. Bu masalaga bag‘ishlab qanchadan-qancha yig‘ilishlar, muhokamalar o‘tkazilib, maqolalar, eshittirishlar, ko‘rsatuvlar berilmokda. Lekin, sog‘lom turmush tarzi nima? Unga erishmoq uchun nima qilmok, kerak, degan savollarni ko‘ndalang qo‘ysangiz, ko‘pchillik bu masalalarda umumiy gapdan boshqa biron-bir mantiqiy tushunchaga ega emaslar. Shuning uchun sog‘lom turmush tarzi nima va unga erishishning talablari nimadan iborat, degan savollarga javob berishga xarakat qilamiz. Sog‘lom va uzoq umr kurish insoniyatning azaliy orzusi bo‘lganligiga shubxa yo‘q. Shu nuqtai nazardan har kanday jamiyatning oldida turgan asosiy vazifa insoniyatning ana shu orzusini ruyobga chiqarishdan, ya‘ni kishilar sog‘ligi va uzok umr ko‘rishlari uchun sharoit yaratishdan iborat. Kishilik jamiyatining turli davrlarida sog‘lik masalasi turlicha hal qilingan. Ijtimoiy formastiyalar rivojlantan sayin sog‘lik xususiylikdan umumiylikka, tor doiradagi guruxlar manfaatidan umuminsoniy manfaatlar darajasiga ko‘tarilgan. Lekin xamma davrlarda ham sog‘lom turmush tarzi sog‘likni saqlashning asosiy talablaridan hisoblangan.


Xozirgi zamon sog‘lom turmush tarzi to‘g‘risidagi qarashlar rivojiga nazar tashlaydigan bo‘lsak tarixiy ma‘lumotlar 1832 yilga — Amerikalik tibbiyotchi Silvester Grexemga (1794—1851) borib taqaladi. Silvester Grexem xristianlikka kuchli e‘tiqodi bo‘lganligi uchun Angliyadan Amerikaga ko‘chib borgan xristianlarga vegetarianlik bo‘yicha ma‘ruzalar o‘qiydi. Sababi, xristianlikning ba‘zi udumlariga ko‘ra, hayvonlar go‘shtini, jumladan, tuxumni xam iste‘mol qilish gunoh hisoblanar edi. O‘sha davrda Amerikaning Filadelfiya shtatida vabo kasalligi keng tarqalib, ko‘pchilik bu kasallikdan o‘lib ketayotgan edi. Grexem kuzatib ko‘radiki, uning maslaxati bilan vegeterianlikka rioya etayotganlardan hech kim vabo bilan og‘rimaydi. Shunda u vegetariancha ovqatlanish organizmning himoya kuchlarini oshiradi, degan qarorga keladi va bu fikrni keng targ‘ibot, tashviqot qilishni davom ettiradi. Shu zaylda sog‘lik masalasida noan‘anaviy fikrlovchi kishilar, aniqrog‘i, tibbiyotchilar ko‘payib, ular ichida sog‘lom turmush tarzi sohasida jaxonshumul ishlar qilgan fidoyilar va olimlar etishib chiqadilar. Amerikada — Govard Xey, Djennings, Trol, Tilden, Djekson, Gerbert Shelton, Pol Bregg, Alisa Cheyz, Yaponiyada — Kostudzo Nishi, Jorj
Ozava, Imamura Motoo, Germaniyada — Maks Gerzon, Isroilda — Mixael Goren, Rossiyada — Yuriy Nikolaev, Aleksandr Mikulin, A.N.Kokosov, Nadejda Semenova va boshqalar. Shuni ham ta‘kidlash lozimki, sog‘lom turmush tarziga utgan kishilarning ko‘pchiligi o‘zlari og‘ir dardlarga duchor bo‘lib, ularning ayrimlari rasmiy tabobat tomonidan davolab bo‘lmasligi tan olingan kishilar bo‘lganlar. Lekin, ular dard oldida tiz cho‘kib o‘tirmasdan, o‘zlarining xayotlari uchun o‘zlari kurashganlar. Masalan, Govard Xey — buyrak shamollashi (glomerulonefrit), Pol Bregg — o‘pka sili, Kostudzo Nishi — ichak sili, Maks Gerzon — migren, Mixael Goren — buyrak sili, Aleksandr Mikulin — yurak infarkti, Nadejda Semenova — poliartrit, Luiza Xey — bachadon raki bilan og‘rib, faqatgina turmush tarzlarini sog‘lomlashtirishlari hisobiga og‘ir dardlardan xalos bo‘lganlar. Shunisi diqqatga sazovorki, ularning ko‘pchiligi vrach bo‘lmaganlar. Kostudzo Nishi — metropoliten injeneri, Mixael Goren — botanik, Nadejda
Semenova — injener texnolog, Aleksandr Mikulin — aviakonstruktor, Luiza Xey — cherkov xodimi bulishgan. Shu bilan birga, ular uz vaqtida ancha an‘analashib borayotgan, nuqul dorilar va jarrohlik usullari bilan davolashga asoslangan tabobatga tanqidiy qaraganlar. Sog‘likni saqlashni tabiiylikda, badan xususiyatlarini hisobga olgan holda turmush tarzini tashkil etishda, deb bilganlar. Ular o‘zlarining bu sohadagi fikrlarini jaxon jamoatchiligiga etkazish maqsadida kuchli tashkilotchilik va targ‘ibotchilik ishlarini xam olib borganlar. Sog‘lom turmush tarzining bu fidoyilari fikr va qarashlarini rasmiy tabobatning eng nomdor vakillari, akademiklar Yuriy Lisistin, Nikolay Amosov, Fedr Uglov, Evgeniy Chazov, G. I. Staregorodstev, Galina Shatalova va shular singari ko‘pgina olimlar ko‘llab-kuvvatlaganlar Xamda ularning takliflarini uz turmushlarida kullaganlar. Akademik Yu. Lisistin uzok, yillardagi ilmiy izlanishlar hamda bu sohadagi mavjud fikr va mulohazalarni umumlashtirib, kishilar sog‘ligi 50—55% ularning turmush tarziga, 20—25% irsiy omillarga, 15—20% atrof-muhitga bog‘liq, tibbiy xizmat esa kishilar sog‘li- gini atigi 8—10% gina ta‘minlay olishi mumkin, degan qarorga keladi. Demak biz qanchalik ko‘plab kasalxonalar qursak ham, tabobat xodimlarini tayyorlasak ham, dori va tibbiy asbob-uskunalarni ishlab chiqarsak ham, yangi va yangi davolash usullarini tabobat amaliyotiga tatbiq etsak ham, kishilar sog‘ligini 8—10% dan ortiq ta‘minlay olmas ekanmiz. Bundan 5 ming yil muqaddam Misr tabobatida sog‘lom turmush tarzining asosiy talablari badanni tozalash, parxezga rioya qilish, ozodalikni ta‘minlash, tanani chiniqtirish tarzida belgilangan. Gippokrat (eramizdan oldingi VI asr) ham asosan yuqoridagi yo‘nalishlarni tasdiqlab, ularni to‘g‘ri ovkdtlanish, jismoniy faollik va gigiena deb, ularni biroz umumlashtirgan. Keyingi ko‘pgina qarashlar asosan yuqoridagi yunalishlar asosida bo‘lib, ular ancha kengaytirib, to‘ldirilgan. Chunonchi, buyuk vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino Gippokrat qarashlarini to‘la kullab-kuvvatlagan holda yuqoridagilarga ichki tozalanish va ruxiy osoyishtalik, qomatning mutanosibligini saqlash, kiyinish gigienasi, xavoning tozaligi hamda mu‘tadil uyku va dam olishni ta‘minlash kabi talablarini ham kiritgan. Bu masalada, ayniqsa Pol Breggning dastur va g‘oyalari tahsinga loyiq. U sog‘lom turmush tarzini quyosh nurlaridan tug‘ri foydalanish, sof havo, toza ichimlik suvi, tabiiy ovqatlar, vaqtivaqti bilan ochlik o‘tkazish va to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy mashqlar, yaxshi dam, qomatning rasoligini ta‘minlash va ongli, muloxazali bo‘lish kabilardan iborat desa, Kennet Kuper uni ma‘lum bir ritmga bo‘ysundirilgan musiqaga jo‘r bulib, raqs mashkdaridan iborat deb taklif qiladi. Kuper bu harakatni «aerobika» deb ataydi. «Aerobika» suzi o‘zbek tilida badanni havolatish, ya‘ni ichki a‘zolarga kislorod etkazib berish, degan ma‘noni anglatadi. Aerobika harakati xam sog‘lom turmush tarzi sifatida ancha keng tarqalgan. Shuningdek, boshqa Amerikalik olimlar Bellok hamda Bresloular salomatlikni mustaxkamlovchi tadbir sifatida kuyidagilarni taklif qiladilar: har kuni 7—8 soatlik uyqu; aniq bir vaqtlarda kuniga 3 marotaba ovqatlanish; har kuni ertalabki nonushta; vaznni me‘erida saqlash; spirtli ichimliklarni ko‘p iste‘mol qilmaslik; har kuni jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish; chekishdan butunlay voz kechish. Rus olimi V. P. Petrenkoning sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha fikrlari quyidagilardan iborat: shaxsiy gigiena; mexnat qilish va dam olish rejimi; jismoniy faollik va chiniqish; to‘g‘ri ovqatlanish; ruxiy gigiena, ruxiy profilaktika; atrof-muhit va salomatlik; o‘z-o‘zini davolash va uning zarari; ichkilikbozlik va salomatlik; giyohvaidlik va toksikomaniya; jinsiy tarbiya va shaxvoniy salomatlik; OITS va uning oldini olish. Endi sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha ish olib borayotgan rasmiy tashkilotlarning dasturlarini kurib chiqamiz. Xalqaro
ekspert Djun Sandersning keltirishi buyicha, Jahon Soglikni Saqlash Tashkiloti sog‘lom turmush tarzining yo‘nalishlarini kuyidagicha belgilagan: ovqatlanish; kashandalikka chek qo‘yish; faol turmush tarzi; ruxiy salomatlik; toza suv; atmosferaning ifloslanmasligi; samarali sanitariya; shaxsiy sanitariya; ovqatni gigienik tayyorlash; sariq kasalligining oldini olish; sil kasalligining oldini olish; uz joniga qasd qilishga yul qo‘ymaslik; OITSning oldini olish; irsiy maslahatlar. Birlashgan Millatlar Tashkilotining rivojlanish loyihasi, Qirg‘iziston Respublikasi Maorif, Fan, Madaniyat va Sog‘likni saqlash vazirliklari buyurtmasi bilan B. M. Shapiro, N. Bashmakova va G. U. Kurmanovalar tomonidan maktab o‘quvchilariga mo‘ljallangan «Sog‘lom turmush tarzi» darslik-qo‘llanmada asosiy mavzular kuyidagicha belgilangan: o‘z-o‘zini hurmat qilish; kun tartibi; ovqatlanish; jismoniy chiniqish; sog‘lom munosabatlar; zararli odatlar (tamaki, alkogolizm, nasha, afyun); jinsiy tizim; homiladorlik, oilani rejalashtirish; tanosil kasalliklari; havfsiz jinsiy muomala va hokazo. Qozog‘iston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish muammolari bo‘yicha milliy markaz tomonidan taklif etilgan «Kasalliklarning oldini olish va salomatlikni mustahkamlash buyicha aholi bilishi lozim bulgan bilimlar mezoni (standarti (buni sog‘lom turmush tarzining asosiy yunalishlari desa ham bo‘ladi) aholi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bilimga ega bo‘lishlari kerak, deb hisoblanadi: giyohvand moddalar iste‘mol qilishning oldini olish; jinsiy yo‘l bilan tarqaladigan yuqumli kasalliklarning oldini olish; OITS ning oldin olish; prezervativdan foydalanish tartiblari; reproduktiv salomatlik, oilani rejalashtirish; silning oldini olish; nafas yo‘llarining o‘tkir yuqumli virusli kasalliklarining oldini olish; virusli gepatitlarning oldini olish; o‘tkir yuqumli ichak kasalliklarining oldini olish; sog‘lom ovqatlanish; jarohatlanishning oldini olish. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, bu erda ham ba‘zi mavzular kasalliklarni keltirib chiqaruvchi omillarga emas, balki kasalliklarning o‘zlariga karatilgan. (OITS, sil, yuqumli gepatit, yuqumli oshqozon-ichak, nafas yo‘llari hamda tanosil kasalliklari va hokazo) Sog‘lom turmush tarzining yo‘nalishlarini aniqlashda biz kasalliklarga qarab emas, balki insoniyatning evolyustion taraqqiyotini hisobga olgan holda, uning organizmi va ayrim tizimlarining faoliyatini ta‘minlovchi omillarga qarab belgilash kerak, deb xisoblaymiz. Sababi, insoniyatning taraqqiyot yo‘lini o‘rganish bizga shu bugungi kundagi turmushimizni to‘g‘ri tashkil etishda yordam beradi. Insoniyatning taraqqiyot yo‘li esa evolyustion xarakterga ega. Buning uchun evolyustion jarayonning quyidagi ikkita muhim bosqichini kiska mulohaza qilishga to‘g‘ri keladi. Hayot evolyustiyasi. Asosiy mavzuga o‘tishdan oldin erda hayotning paydo bo‘lish jarayoni hakida to‘xtalib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Bu xaqdagi karashlar har bir davrning taraqqiyot darajasiga kura turlicha bo‘lgan. Lekin bu masalada evolyustion, ya‘ni tirik organizmlarning vaqt o‘zgarishi natijasida oddiydan murakkablikka tomon o‘zgarib, rivojlanib borishi to‘g‘risidagi ta‘limot haqiqatga yaqinroq. Ko‘pgina olimlarning e‘tirof etishlaricha, bundan 4,5—7 milliard yillar oldin quyosh tizimidagi chang, bug‘ va shular kabi jismlarning bir markazga to‘planishidan er paydo bo‘lgan. Dastlab uning harorati juda baland bulgan. Asta-sekin sovush jarayonida og‘ir elementlar sayyoramizning markaziga, engillari esa uning atroflariga joylasha boshlagan. Chunonchi, changdan — er, suv, bug‘lardan — dengiz, okeanlar paydo bulgan. Shu zaylda erning quyosh tizimida shakllanishi 2,5—3,5 milliard yillar chamasi davom etgan. Shunday qilib, million yillar davom etgan o‘zgarishlar natijasida kimyoviy moddalar asta-sekin murakkablashib borgan. Oqsillar va nuklein kislotalar quyuq jelatinsimon eritmalar hosil qilib, konstervantlar deb ataluvchi birikmalarni hosil qilgan. Bu konstervantlar har xil moddalarni o‘ziga biriktirish xususiyatiga ega bo‘lgan. Keyinchalik ularda modda almashinuviga o‘xshagan tirik organizmlarga xos xususiyatlar paydo bo‘lgan. Tashqi muxit bilan modda almashinish xususiyatiga ega bo‘lgan bu murakkab modda—konstervantlarni birlamchi xujayralar, deb atash mumkin. Ana shu birlamchi xujayrani barcha tirik mavjudotning, jumladan, odamning ham avvalboshi, xamirturishi, deyish mumkin. Barcha tirik mavjudot, jumladan, odam badani ham xujayralardan tashkil topgan.
Masalan, o‘rtacha og‘irlikdagi odamning tanasi 75—80 mlrd xujayradan iborat. Dastlab barcha hayotiy jarayonlar anoerob (xavosiz) sharoitda kechgan. Chunki er atmosferasi tarkibida hali erkin kislorod bo‘lmagan. Erdagi dastlabki hayotning vakili — bu suv o‘tlari bo‘lgan va shu zaylda oddiy jonzoddarning yashashi va kupayishiga sharoit yaratilgan. Bu taxminan 3 milliard yillar oldingi ahvol. Usimliklarning suv muxitidan kuruqlikda yashashga o‘tishi, spora bilan ko‘payishdan yrug‘dan ko‘payishga o‘tishi, yopiq urug‘lilarning kelib chiqishi, umurtqali hayvonlarda nerv sistemasi, qon aylanish, ovqat hazm qilish, nafas a‘zolarining murakkablasha borishi, baliqlar, suvda ham quruqlikda ham yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar sinflarining kelib chiqishi — bular tirik olam taraqqiyoti (evolyustiyasi)ning muhim bosqichlaridir. Ushbu evolyustion jarayonning barcha bosqichlarida xar bir individning tashqi muhit omillariga moslashib va takomillashib borishi yotadi. Odam evolyustiyasi. Million yillik evolyustion jarayonning eng noyob va bebaxo maxsuli — aql-idrokli odam bo‘lib, keyinchalik u jamiyat taraqqiyotini belgilovchi hamda xarakatga keltiruvchi asosiy kuch bo‘ldi. Bizning shu bugungi turmushimiz aslida o‘tmish ajdodlar turmushining bevosita davomi hisoblanadi. Ma‘lumki, organizmlar evolyustiyasidagi asosiy omillardan biri vaqt hisoblanadi. Shuning uchun insoniyatning taraqqiyot jarayoni davrini ko‘z oldiga keltirish foydadan xoli bo‘lmaydi. Ko‘pgina arxeologik ma‘lumotlarga qaraganda, Afrika odami bundan 4—4,5 million yil ilgari dunyoga kelgan. Indoneziya odamining dunyoga kelganiga 1,5—2 mln yil, bizning o‘tmish avlodimiz — Turon odamining paydo bo‘lganiga esa 700—800 ming yil bo‘lgan. Lekin bu odam Afrikadan O‘rta Osiyoga kelgan, deb taxmin qilinadi. Qanday bo‘lganda ham bizning o‘tmishdoshimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘li kamida 4.mln yilni tashkil etadi. Aslida ibtidoiy odam ajdoddarining odamsimon maymunlar to‘dasidan ajralib, mustaqil biologik tur xosil qilganiga 25 mln yil bo‘lgan, deb taxmin qilinadi. Xozirgi kunda bizga ma‘lum bo‘lgan tarixiy ma‘lumotlarga qaraganda, madaniyatimiz tarixi va birinchi davlatning paydo bo‘lganiga uzog‘i bilan 7—8 ming yil bo‘lgan. Kishilik jamiyatining birinchi ilg‘or fikrli vakillari Muso, Zardusht, Lukmon, Gippokrat, Faleslarning o‘ttaniga 3300—2500 yil bo‘lgan. Bu muddat biz yuqorida solishtirganimiz 40000 metrlik xayot chizigini atiga 33—25 metrini tashkil etadi, xolos. Ibtidoiy odam bilan xozirgi zamon odami badanining anatomik tuzilishi, fiziologik, biologik qonuniyatlarida deyarlik o‘zgarish bo‘lmagan. Chunonchi, nemis olimi Friedxard Klike: «Tosh qurollar bilan er kavlab, ov qilgan odamning miya tuzilishi va kattaligi bilan keyinchalik samolyot va machitlar loyixasini chizgan, matematika usullari bilan er o‘lchamlarini hisoblab, xozirgi moddiy va ma‘naviy madaniyatni bunyod etgan odam miyasi o‘rtasida hech qanday farq yuq», — deydi. Sog‘lom turmush tarzining hayotiyligini ta‘minlovchi asosiy omillar. Sog‘lom turmush tarzi ham xuddi shunday yaxlit tushuncha. Shuning uchun ham sog‘lom turmush tarzi nima? — degan savolga javob berish unchalik oson ish emas. Buning uchun esa, eng avvalo, bizning kundalik turmushimizni tashkil qiladigan, uning hayotiyligini ta‘minlovchi asosiy omillarni bilishimiz va ularni ma‘lum bir tartibda joylashtirishimiz kerak bo‘ladi. Bularning esa asosiylari quyidagilardan iborat, deb xisoblaymiz. Ovqatlanish omili. Ovqatlanish hayot uchun kurash shakllaridan biri sifatida jamiki jonzodning oldida turgan asosiy masala hisoblanadi. Inson ham bundan istisno emas. Ibtidoiy odamning kundalik tashvishi va asosiy maqsadi ovqat topish va qornini to‘yg‘azish bo‘lgani aniq. Ma‘lumotlarga qaraganda, ularning ovqatlanishdagi asosiy mashg‘uloti termachilik bo‘lgan. Ya‘ni ular issiq iqlimli sharoitlarda, o‘rmonlarda, tog‘ yonbag‘irlarida, voha va vodiylarda o‘sadigan daraxtlarning mevalarini, ildizlarini terib eb kun kechirganlar. Asosiy iste‘mol qiladigan ovqatiga kura ibtidoiy odam mevaxo‘r bo‘lgan. Shubhasiz, ibtidoiy odam ovqat maxsulotlarini g‘amlashni bilmagan, qorni ochganda esa ovqat izlab, topilganda qorni to‘ygunicha egan. Ovqat topish qiyin va mashaqqatli bo‘lgani uchun uni bir necha kunlab och yurganini tasavvur qilish qiyin emas. Bunday vaqtlarda u badanining ichki imkoniyatlari xisobiga yashagan. Va nihoyat, insoniyat noto‘g‘ri ovkatlanish va kasalliklar o‘rtasida bog‘liklikni anglab etdi.
Buni qadimgi dunyoning Zardusht, Lukmon, Gippokrat kabi ko‘pgina mutafakkirlarning asarlaridan bilish mumkin. Ana shu davrdan boshlab, ovqatliklarning tarkibiy mutanosibligi, energiya muvozanati, mikroblar, ovqatlanish rejimi va tartibi haqida ilmiy qarashlar paydo bo‘la boshladi. Ovqatlanish hakidagi fan — dietologiya shakllandi. Xozirgi kunga kelib esa, noto‘g‘ri ovqatlanish kishilar o‘rtasida uchrayotgan oshkozon va ichaklar, yurak va qon tomirlari, ichki sekrestiya bezlari hamda bo‘g‘imlar, modda almashinuvining buzilishi, shuningdek, rak kabi kasalliklarning asosiy sababchisi ekanligi ilmiy ravishda isbotlandi. Hatto Jahon Sog‘likni Saqlash Tashkilotining ekspertlari P. Revel hamda Ch. Revellar, «Kishilar o‘rtasida uchrayotgan kasalliklarning 80 foizi noto‘g‘ri ovqatlanishdan», degan fikrni ilgari suradilar. Shuning uchun ham bugungi kunda ovqatlanishni tug‘ri tashkil etish, inson kundalik turmushining eng asosiy talablaridan biri va buni sog‘lom turmush tarzini tashkil etishda hisobga olmaslik mumkin emas. Harakat omillari. Ibtidoiy odamning ovqatlik topish va korin to‘yg‘azish zarurati uni harakat kilishga, uzoq yurishga, yugurishga, daraxtlarga chiqib, tog‘larga tirmashishga, suv kechib, qirlardan oshishga, hayvonlar bilan olishishga majbur qilgan. Xar bir luqma ovqatlik uchun ba‘zan kunlab xarakat qilishga tug‘ri kelgan. Faqatgina ovqatlik topish uchungina emas, balki yirtqich hayvonlardan qochish, jon saqlash uchun ham u ko‘p yugurishi, harakat qilishi kerak bo‘lgan. Keyinchalik uning bu harakati mehnat bilan almashgan. Xuddi ana shu turmush mashaqqati uning badanidagi modda almashinish jarayonini tartibga keltirgan, ichki a‘zolar faoliyatini yaxshilagan, xujayralarni va oxir oqibatda butun vujudini modda almashinish natijasida xosil bo‘lgan oraliq maxsulotlardan tozalashga, bo‘limlar harakatchanligini ta‘minlashga, chidamlilik, degan nihoyatda muhim bir tayanch tizimini vujudga kelishiga xizmat qilgan. Demak, insoniyat uchun harakat va uning turlarini o‘zining kundalik turmushiga ongli ravishda kiritish zarurati paydo bo‘ldi. Shu bilan birga, gigiena fani xulosalari badan muntazam ravishda parvarishga muxtoj ekanligini va uni to‘g‘ri parvarish qilish umrni uzaytirish bilan bevosita aloqadorligini ham isbotladi. Shu nuqtai nazardan Harakat va badantarbiya salomatlik yo‘lidagi muhim omil bo‘lib, sog‘lom turmush tarzining asosiy talablaridan biri bo‘lib qoladi. Bioritmik omillar. Insonning evolyustion rivojlanish jarayonida uning tanasi takomillashuviga, hayotiyligini ta‘minlashga olib kelgan yana bir asosiy omil bu tabiatdagi davriylik, bo- tartiblik qonuniyati. Kecha va kunduz, yil fasllarining deyarli bir vaqtda takrorlanib turishi, kun, hafta, oy, yil davomidagi biologik faollik hamda susayishlarning davriy o‘zgarishlari, koinotdagi planetalar joylashuvi va aylanishi, buyuk yoritqich — kuyoshning erga nisbatan o‘zgarishi, magnit maydoni va shu kabilar erdagi jamiki jonzod, jumladan, odam badanida ham ma‘lum qonuniyatlarni shakllantirgan. Shuningdek, badanimizdagi faollik va sustlikning o‘zgarishlari xafta, oy, yil davomida ham sodir bo‘ladi va bu hodisa bioritmik hodisalar, deb yuritiladi. Olimlarning ta‘kidlashlariga qaraganda, kishi badanidagi bunday bioritmik hodisalar 300tadan ham ortiqroqni tashkil qilar ekan. Shuni yaxshi anglash lozimki, bioritmlar inson badani va uning a‘zo hamda to‘qimalarini tabiat xodisalariga moe ravishda yashashini ta‘minlashdan kelib chiqadigan nixoyatda murakkab ximoya jarayo- nining natijasidir. Shuning uchun ham turmush tarzimizni tabiatdagi ritmik o‘zgarishlarga moslab tashkil etish sog‘lom turmush tarzining yana bir muxim talablaridan xisoblanadi. Jinsiy, irsiy va oilaviy omillar. Hayotning davom etishi nasl qoldirish va kupayish bilan bog‘lik,. Bu biologik hodisaning asosida jinsiy munosabat yotadi. Insondan boshqa barcha tirik mavjudotda jinsiy muomala nasl qoldirishning asosiy talabi xisoblanadi. Insonda bu muomala nasl qoldirish bilan bir qatorda, uning hayot lazzatini xam ta‘minlagan. Shuning uchun kishilik jamiyati o‘zining uzoq taraqqiyoti. davomida bu masalani oila shaklida qonunlashtirgan. Oila esa inson hayotining asosiy talabi bo‘lish bilan birga, uning zurriyotlari — farzandlar dunyoga kelib, voyaga etib tarbiyalanadigan asosiy maskan. Lekin oilani tashkil etishda ba‘zan milliy, ijtimoiy, iqtisodiy omillar ta‘sirida yaqin qarindoshlardan oila qurish, kelin va kuyov qon guruhlarining moe kelmasligi, oilaviy xayotga layoqatsiz yoshlarning boshini qushib qo‘yish va shular kabi irsiyat qonunlariga zid hara- katlar nasl-nasabning buzilib borishiga, kelgusi avlodlar iqtidorining pasayishiga, kasalvand, mayib-majrux farzandlarning tug‘ilishiga sabab bo‘lmoqda. Shuning uchun bu sohadagi asosiy talab jinsiy juft tanlashdan tortib, jinsiy a‘zolar gigienasigacha, jinsiy munosabatlardan tortib, sog‘lom oilaviy munosabatlargacha o‘z ichiga oladi. O‘zaro munosabat omillari. Insoniyat o‘z tarakkiyoti davrida faqatgina biologik mavjudot sifatidagina emas, balki u ijtimoiy mahsulot sifatida ham shakllandi. O‘zaro munosabatlarni shartli ravishda bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ikkita qismga bo‘lish mumkin. Bular oilaning shakllanishi va takomillashuvi natijasida vujudga kelgan oilaviy munosabatlar hamda jamiyatning shakllanishi va takomillashuvi natijasida vujudga kelgan ijtimoiy munosabatlar. Bularning har ikkalasi ham inson salomatligiga ta‘sir qiluvchi eng katta va kuchli omillar. Sog‘lom turmush tarzi propagandasi ommabop, guruxli va individual bo‘ladi..
Sog‘liqni Saqlash Vaziriligining buyruqlariga asoslanib Sog‘lom turmush tarzini tarib etish tibbiy xodimlarning majburiyatiga kiradi.

Adabiyotlar



  1. Shomansurova I. E. ―Oilaviy tibbiyotda xamshiralik ishi‖ toshkent – 2008 y

  2. Chubakova T. Ch., Frike E. B., Xaliki V.Pod redakstiey (1 – 2 tom)

Bishkek – 2003g. ―Osnovы sestrinskogo dela v semeynoy medistine‖

  1. .Krasnov A. F. Moskva – 2000g. (I – II tom) ―Sestrinskoe delo‖ 4. Dorofeeva R. M. ―Semeynaya medistinskaya sestra‖ Moskva – 2002g.

5. Umarova T. Yu., Kayumova I. A., Ibragimova M. K ―Hamshiralik ishi‖ Toshkent 2003y.
Yüklə 84,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin