Killash usul va uslubiyotini buxgalteriya hisobi nazariyasi fani o‘rga- tadi



Yüklə 29,48 Kb.
səhifə2/2
tarix06.06.2023
ölçüsü29,48 Kb.
#125596
1   2
Killash usul va uslubiyotini buxgalteriya hisobi nazariyasi fani

8-MAVZU. BUXGALTERIYA HISOBOTI


Mavzuga doir atamalar: Buxgalteriya hisoboti, moliyaviy hiso- bot, yillik hisobot, chorak hisobot, yarim yillik hisobot, buxgal­teriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot, pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot, o‘z sarmoyasi to‘g‘risidagi hisobot, hisobotga izohlar, hisobotga hisob-kitoblar, hisobotga tushuntirishlar, mod- diy aktivlar, nomoddiy aktivlar, moliyaviy aktivlar, zaxiralar, debi- torlik qarzi, pul mablag‘i va pul ekvivalentlari, kreditorlik qarzi, ajratmalar, foiz to‘lashni talab qiluvchi majburiyatlar, o‘z sarmoya­si va zaxiralari, hisobot davri.

  1. BUXGALTERIYA HISOBOTI HAQIDA TUSHUNCHA, UNING AHAMIYATI VA TUZILISHI

Korxonalarning faoliyatlarini iqtisodiy tahlil qilish va bosh- qaruv qarorlari qabul qilish uchun joriy hisob ma’lumotlarini ma’lum bir davrga belgilangan shakllarda umumlashtirib foyda- lanuvchilarga taqdim etish hisobotlar deyiladi.
Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi subyektining hisobot sa- nasidagi moliyaviy holati, hisobot davridagi faoliyatining moli­yaviy natijasi va pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi tizim- lashtirilgan axborotdan iborat.
Hisobot shakllarida ma’lumotlar joriy va o‘tgan davr ma’lu- motlari tartibida keltiriladi. Bu korxona mablag‘lar va ularning manbalarida bo‘lgan o‘zgarishlar to‘g‘risida tezkor xulosa qilishga imkon beradi. Hisobot ma’lumotlarini tahlil qilish asosida kor- xonaning moliya-xo£jalik faoliyatiga baho beriladi, ichki imkoni- yatlar aniqlanadi va ularni ishga solish istiqbol rejalari tuziladi.
Moliyaviy hisobotlar ulardan foydalanuvchilarga qulay bo‘lishi uchun quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  1. 0‘z vaqtida taqdim etishlik - moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida tuzish va tegishli tashkilotlarga kechiktirmasdan taqdim etishni bildiradi.

  2. Ishonchlilik - korxona moliya-xo‘jalik faoliyati haqidagi ma’lumotlarni aniq, to^ri, oddiy va ishonchli qilib aks ettirish.


251




  1. Yaxlitlik — huquqiy korxona va uning tarkibiga kiradigan, alohida balansga ega bo‘lgan va ega bo‘lmagan boclinmalarda so- dir bo‘ladigan barcha xo‘jalik operatsiyalarni hisobotlarda ko‘rsa- tishni taqozo etadi.

  2. Solishtirilishi mumkinlik - hisobot davri ko‘rsatkichlari- ning reja va o‘tgan davr ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash mum- kinligi.

  3. Betaraflik - moliyaviy hisob ma’lumotlari bir guruh foyda- lanuvchilar manfaatini boshqa foydalanuvchilar manfaati zarari hisobiga qoniqtirmaslikni bildiradi.

  4. Izchillik (doimiylik) — korxonada foydalaniladigan hisobot shakllarini va ularning mazmunini har xil hisobot davrlarida bir xil bo‘lishligini bildiradi.

Korxonalar taqdim etadigan hisobotlar iqtisodiy mazmuni va axborot ko‘rsatkichlarni qamrab olishiga ko‘ra buxgalteriya va statistika hisobotlariga bo‘linadi.
Buxgalteriya hisobotida korxona moliya-xo‘jalik faoliyatining barcha ma’lumotlari absolut miqdorlarda aks ettiriladi. Masalan, korxonaning asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari, kassadagi pul- lari, ishlab chiqarish zaxiralari, tovarlari, hisob raqamidagi pul- lari, ustav fondi, zaxira fondi, debitorlik qarzlari, kreditorlik qarz- lari, balans foydasi va hokazolar.
Statistika hisobotida absolut miqdorlar bilan birga nisbiy va o‘rta miqdorlar haqida ma’lumotlar beriladi. Masalan, foizlar- ning o‘sish darajasi, o‘rtacha daraja u yoki bu ko‘rsatkichlarning o‘sish yoki pasayish dinamikasi va boshqalar.
Buxgalteriya hisobotlari korxona moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish va baho berishning asosiy ma’lumot manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, korxona faoliyatiga mablag‘ qo‘ygan investorlarga, kreditorlarga va davlat moliya, soliq organlariga ma’lumotlar manbayi bo4ib xizmat qiladi.
Buxgalteriya hisobotlari, xo‘jalik mablagiari tarkibini, mablag‘larning tashkil bo‘lish manbalarini, korxona majburi- yatlarini, boshqa korxonalar, davlat moliya institutlari va bank


252




muassasalari bilan bo‘ladigan hisob-kitoblarini hamda korxona moliyaviy holatini aks ettiradi.
Statistika hisobotlari hudud, tarmoq bo‘yicha ma’lum bir ko‘rsatkichlarning bajarilishi to‘g‘risida ma’lumot beradi.
Buxgalteriya hisobi hisobotlari, ahamiyatiga ko‘ra korxona ichidagi va umumdavlat ahamiyatidagi hisobotlariga bo‘linadi.
Korxona ichidagi hisobotlarga shu korxona ichida tuziladigan va foydalaniladigan hisobotlar kiradi. Bunday hisobotlar faqat bitta korxona ko‘rsatkichlarini qamrab oladi. Shuning uchun ham bunday hisobotlar dastlabki hisobot deb aytiladi. Masalan, kas- sir hisoboti, moddiy javobgar shaxs hisoboti va ma’lum bir tash- kiliy-texnikaviy-ommaviy tadbirlarni amalga oshirish rejalarining bajarilishi haqidagi hisobotlar. Bu hisobotlar korxona rahbari bel- gilagan muddatlarda tegishli bo‘limlarga taqdim etiladi.
Umumdavlat hisobotlari Moliya vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasi yoki korxonaning yuqori tashkiloti tomonidan belgi- langan shakl va tartibda tuziladi. Ularni tuzish tartibi va taqdim etish muddatlari buxgalteriya hisobi va hisobotlari to‘g‘risidagi qonunda belgilab qo‘yilgan. Bunday hisobotlar bir vazirlikka yoki bitta tarmoqqa qarashli bo‘lgan bir nechta korxonalar ko‘rsat- kichlarini umumlashtirib tuziladi. Shuning uchun tarmoqning, vazirlikning, xoldingning, birlashmalarning, aksiyadorlik jami- yatlari, assotsiatsiyalarning va bosh boshqarmalarning yig‘ma hisoboti deyiladi.
Hisobotlar taqdim etish muddatiga ko‘ra yil ichida tuziladigan va yillik hisobotlarga bo‘linadi.
Korxonalar hisobotlarga qo‘shimcha debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida ma’lumotnoma ham taqdim etadilar.
Hisobot shakllari, ularni tuzish va taqdim etish tartibi 0‘zbe- kiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.

  1. MOLIYAVIY HISOBOTLARNI TUZISH TAMOYILLARI

Moliyaviy hisobotlarni tuzishda xo‘jalik yurituvchi subyektlar 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 26.07.1998-


253


у. № 17-17/86 tasdiqlangan va Adliya vazirligi tomonidan ro‘y- xatga olingan 14.08.1998-y. № 474 «Hisob siyosati va Moliyaviy hisobot» nomli buxgalteriya hisobi milliy standartida belgilan- gan tamoyillarga rioya qilishlari talab etiladi: hisoblab yozish ta^ moyili, ikkiyoqlama yozuv usuli bilan hisob yuritish, davomiylik, xo‘jalik operatsiyalari, aktivlar va passivlarga pul bilan baho be- rish, ishonchlilik, ehtiyotkorlik, mazmunning shakldan ustunli- gi, ko‘rsatkichlarning qiyosiyligi, moliyaviy hisobotning xolisligi, aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy bahosi, hisobot davridagi daromadlar va xarajatlarning bir-biriga muvofiqligi, tushunarlilik, ahamiyatlilik, muhimlik, to‘g‘ri va beg‘araz tasavvur, tugallik, izchillik, zamonaviylik, offsetting (moddalarning o‘zaro hisobga olinishi), xolislik, hisob siyosati.


Hisoblab yozish tamoyili buxgalter tegishli daromad va xara- jatlarni qaysi hisobot davriga kiritish kerakligi to‘g‘risida qaror qa- bul qilishi lozimligini bildiradi. Hisoblab yozish tamoyiliga ko‘ra aktivlar, passivlar, xususiy kapital, daromadlar, xarajatlar va bosh- qa xo‘jalik muomalalari yuzasidan xaridorga yuklab jo^atilgan mahsulot, bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olinadigan pul mablag‘lari, korxona hisob raqamiga qachon kelib tushishidan qat’i nazar, hisobot davriga taalluqli ekanligini bildiradi. Ular mazkur hisobot davrida buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
Ikkiyoqlama qayd etish usuli bilan hisob yuritish tamoyili, korxona buxgalteriya muomalalarini ikkiyoqlama yozish tizimi asosida yoritishi kerakliligini bildiradi. Ikkiyoqlama yozish tizi- mida sodir bo4gan xo‘jalik muomalasiga tegishli bo‘lgan summa- ni bir vaqtning o‘zida bitta schyotning debet tomoniga va aynan shu summani ikkinchi schyotning kredit tomoniga qayd qilish- dan iborat bo‘ladi.
Uzluksizlik (davom etayotgan faoliyat) tamoyili, buxgalteriya hisobida korxonani amal qilayotgan (harakatdagi) iqtisodiy birlik sifatida, faoliyatlarini istiqbolda bundan keyin ham aniq bo£lma- gan ancha uzoq muddat davom ettirishi ta’min qilinadi. Agar bu nuqtayi nazarni korxonaning tugatilishi bilan sodir bo‘lishi


254




mumkin bolgan muqobillik bilan solishtirilsa, uning mohiya- ti yanada ravshanroq bo‘Iadi. Bunday holatda aktivlarni doimiy ravishda joriy qiymatda baholashga to‘g‘ri keladi. Uzluksizlik ta- moyiliga binoan esa buning zaruriyati bo‘lmaydi. Masalan, sa- noat korxonalarida ishlab chiqarish zaxiralari keyinchalik xari- dorlarga sotiladigan mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Buxgalteriya hisobi tovarlarni sotish vaqtida, ularni sotish ba- hosini tasdiqlaydigan qiymatini tan oladi. Shuning uchun ish­lab chiqarish jarayonlarida ishlatiladigan mehnat buyumlarini va boshqa mablag‘lar qiymatini alohida aniqlab o‘tirishning hojati yo‘q, chunki ularning har biri alohida ajratilgan holda sotilmaydi. Agar korxona yopilish arafasida turgan bo‘lsa, unda uning resurs- lari tugatish qiymatida baholanadi.
Ishonchlilik tamoyili axborotlarni buzib ko‘rsatishlardan va xa- tolardan xoliligi hamda yetarlicha ishonchli ekanligini bildiradi.
Ehtiyotkorlik tamoyili — hisobot hujjatlarida aktivlar va maj- buriyatlarni haqiqiy miqdorlarda ko‘rsatish kerakligini bildira­di. Ehtiyotkorlik tamoyilining ifodalanishlaridan biri; tannarx yoki bozor narxi bo‘yicha past baholash qoidasi hisoblanadi. Bu qoidaga binoan, aylanma mablag‘larini qachon va qanday baho- larda sotib olganligidan qat’i nazar hisobot davrida ularni joriy bozor baholarida aks ettirib, tafovutni joriy davr zararlariga ki- ritishi kerak. Agar ularning bozor baholari hisobot davrida osh- gan bo‘lsa, korxona o‘z aktivlari*ni ana shu oshgan bozor bahosi bo‘yicha sotadi va o‘z hujjatlariga hech qanday o‘zgarishlar kirit- maydi. Bunday yondashuv buxgalteriya hisobida bozor vaziya- tidagi o‘zgaruvchanlikni va mulkdorlarining xatar darajasini aks ettirish imkonini beradi.
Mazmunning shakldan ustunligi tamoyili - iqtisodiy maz- munning huquqiy shakldan ustunligi bo‘lib, moliyaviy hisobotda axborot aks ettirilganda ustunlik iqtisodiy mazmuniga berilishi- ni anglatadi. Masalan: agar korxona o‘z faoliyatida uzoq muddat- ga ijaraga olingan vositalardan foydalansa, ushbu korxona ularni o‘z balansida aktivlar tarkibida aks ettiradi, lekin huquqiy nuqtayi


255


nazardan olganda korxonaning ushbu vositalar uchun mulkdorli- gining ahamiyati yo‘q.


Ko‘rsatkichlar qiyoslanishi tamoyili — bir nechta korxonalar- ning o‘xshash axborotlarini taqqoslashni bildiradi. Mazkur kor- xonada buxgalteriya hisobining usullaridan foydalanishda izchil- lik saqlanadi, bu esa bir necha hisobot davrlari uchun korxona faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar qiyoslanishiga erishish lozim- ligini taqozo etadi.
Betaraflilik tamoyili moliyaviy hisobotlarni tuzishda, undan foydalanuvchilarni bir guruhining manfaatlarini boshqa guruh manfaatlariga zarar keltiradigan holda, qanoatlantirishga urg‘u berilmasligini anglatadi. Shuningdek, moliyaviy hisobotda beri- ladigan axborot ishonchli bo‘lishi uchun taxminlardan xoli bo‘li- shi lozim.
Hisobot davrining daromadlari bilan xarajatlarining muvofiqli- gi tamoyili bo‘yicha hisobot davrda shu hisobot davridagi daro- madlarni olishga asos bo‘lgan xarajatlargina aks ettiriladi. Agar daromadlar bilan xarajatlar o‘rtasida bevosita bog‘liqlikni o‘rnatish qiyin bo‘lsa, xarajatlar taqsimotining biron-bir usuliga muvofiq bir nechta hisobot davrlari o‘rtasida taqsimlanadi. Masalan, bir necha yilga taqsimlanadigan amortizatsiya xarajatlari.
Aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy bahosi tamoyili xarid qilish baholari, ularning tannarxini aniqlashga asos bo‘lishini taqozo etadi.
Tushunarlilik tamoyili moliyaviy hisobotlarda berilayotgan ax­borot foydalanuvchilar uchun tushunarli va sodda bo‘lishi kerak.
Ahamiyatlilik tamoyili foydalanuvchilarga beriladigan ax- borotlar korxonaning moliyaviy va xo‘jalik faoliyatlariga baho berish hamda qarorlar qabul qilish uchun ahamiyatlidir. Kor­xonaning moliyaviy va xo‘jalik faoliyatlariga baho berish hamda qarorlar qabul qilish sifati buxgalteriya hisobi yetkazib beradigan axborotlarning to‘g‘riligiga bog‘liq.
Muhimiylik tamoyili axborotlarning foydalanuvchilar tomo­nidan qabul qilinadigan iqtisodiy qarorlar ta’siri borligini bildira-


256




di. Tushirib qoldirilgan yoki noto‘g‘ri taqdim etilgan axborotlar foydalanuvchilar tomonidan qabul qilinadigan iqtisodiy qarorlar mohiyatiga ta’sir etsa bunday axborotlar muhim hisoblanadi. Ax­borotlar buxgalteriya hisobida ularning muhimlilik tamoyili aso- sida guruhlarga bo‘Iinib yoki alohida-alohida aks ettiriladi.
Haqqoniy va xolis taqdim tamoyili korxonaning moliyaviy va xo‘jalik faoliyatlari hamda ularning pul mablag‘larini ha- rakati to‘g‘risida foydalanuvchilarda haqqoniy va xolis tasavvur hosil qilishi kerak. Bu tamoyiliga erishish uchun har bir kor­xona buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzish chog‘ida BHMSda keltirilgan buxgalteriya hisobi asosiy tamoyil- larini qo‘llashga majburdir. Faoliyatning xilma-xil turlari bo‘yi- cha yangiliklarni joriy etish milliy andozalarda ko‘rsatilmagan va nazarda tutilmagan vaziyatlarga olib kelishi mumkinki, bun­day holatlarda moliyaviy hisobotning xolisligiga vaziyatni aks et- tirishga imkon beradigan hisob siyosatini tanlash va qo‘llash yo‘li bilan erishiladi. Bunday hisob siyosati korxona tomonidan bux­galteriya hisobining №1 milliy andozasi talablari asosida ishlab chiqilishi lozim.
Tugallanganlik tamoyili buxgalteriya hisobi moliyaviy hisobot- larning ishonchliligini ta’minlash maqsadida, tugallangan, ya’ni hisobot davridagi axborotlar to‘g‘risida yetarlicha to‘la ma’lumot taqdim etishi kerak.
Izchillik tamoyili foydalanuvchilar korxonaning moliyaviy va xo‘jalik faoliyatlari to‘g‘risida buxgalteriya hisobi taqdim etadi- gan axborotlar, ularning moliyaviy ahvollarida bo‘ladigan o‘zga- rish yo‘nalishlarini aniqlash uchun turli davrlardagi hisobotlarni qiyoslash imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak. Shuning uchun bux­galteriya hisobida axborotlarni izchillik tamoyili asosida hisob- ga oladi.
Axborotlarni o‘z vaqtida taqdim etish tamoyili moliyaviy hiso- botlarning uzluksizligi; ahamiyatliligi; izchilligi axborotlarni buxgalteriya hisobi tomonidan o‘z vaqtida taqdim etishga bog‘liq. Hisobot axborotlarini asossiz kechiktirilishi, ularning, iqtisodiy


257




ahamiyatini pasaytiradi yoki umuman yo‘qotadi. Shuningdek, foydalanuvchilarda, xo‘jalik subyektlarining moliyaviy va xo‘ja- lik faoliyatlari to‘g‘risidagi axborotlarga, ularning barcha jihatlari ma’lum bo‘lgunga qadar zarurat paydo bo‘lishi mumkin. Barcha jihatlari paydo bolgunga qadar taqdim etilgan axborotlar hiso- botlarning ishonchliligini buzadi va foydalanuvchilarga katta naf keltirmaydi. Chunki ular ilgariroq qaror qabul qilishga majbur bo‘ladilar. Buxgalteriya hisobi hisobotlarning ahamiyatlilik bilan ishonchlilik tamoyillari o‘rtasida mutanosiblikka erishish maq- sadida, iqtisodiy qarorlar qabul qilishda foydalanuvchilarga ax- borotlarni o‘z vaqtida taqdim etish masalasini hal etishi kerak.
Yuqoridagi tamoyillarga asoslanib tuzilgan moliyaviy hiso­botlar barcha foydalanuvchilarga korxonaning moIiyaviy-xo‘jalik faoliyati haqida to‘liq, tushunarli ma’lumot olishni va tegishli xu- losalar chiqarishni ta’minlaydi.
Har bir korxona hisobot yilining boshida buxgalteriya uchyoti- ni tashkil etish milliy tamoyillari asosida yangi hisobot yili uchun hisob siyosati ishlab chiqadi.
Buxgalteriya hisobining milliy andozalarida nazarda tutilgan hisob yuritish tamoyillariga rioya qilmaslik yoki ulardan u yoki bu darajada chetlanish foydalanuvchilar uchun tayyorlanadigan va moliyaviy hisobotlarda keltiriladigan ma’lumotlarning to‘g‘rili- gi buzilishiga olib keladi.
Moliyaviy hisobotlarni tuzishning xalqaro andozalari ko‘rib chiqilgan tamoyillardan tashqari boshqa tamoyillarni ham na­zarda tutadi. Masalan: Shimoliy Amerikada mulkiy alohidalan- gan, pulda o‘lchash, ratsionallik, alohidalangan korxona, sotish, muntazamlilik va boshqa tamoyillardan ham foydalaniladi. Ular­ning ba’zi birlarini ko‘rib chiqamiz.
Mulkiy alohidalik tamoyiliga binoan korxona buxgalteriya hisobida korxonaga (korxona, tashkilot va h.k.) tegishli bo‘lgan mol-mulknigina aks ettiradi. Bunday yondashuv turli xo‘jalik subyektlarining mol-mulki, ularning mulkiy va moliyaviy hola- tini belgilashi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur qoida-


258




ga asosan buxgalteriya hisobi korxonaning mulklari bilan bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalarini yozishdan boshlanadi. Mulk- ka egalik huquqini mustahkamlash maqsadida korxonaga uchta huquqiy vakolat beriladi:

  1. Egalik qilish huquqi — buyumdan haqiqatda foydalanish imkoniyati.

  2. Foydalanish huquqi — daromad olish maqsadida mol-mulk- dan foydalanish imkoniyati.

  3. Tasarruf etish huquqi - o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulk taqdirini belgilash va o‘z xohishiga qarab harakat qilish imkoniyati.

Moliyaviy hisobda faqat pulda ifodalanadigan axborotlar hisobga olinadi. Bunday axborotlarning afzalligi shundaki, pul umumqabul qilingan o‘lchov birligi hisoblanib, uning vositasi- da korxonada sodir bo‘ladigan hodisalar bitta umumiy maxraj- ga keltiriladi. Natijada ular qo‘shish yoki ayrish mumkin bo‘lgan raqamlar kocrinishida aks ettiriladi. Masalan, korxona 2000000 naqd pulga, 150 ming kvadrat metrga teng bino maydoniga, 10 ta yuk va 4 yengil avtomashinasiga, 10 tonna mineral o‘g‘itga va shu kabi boshqa xo‘jalik mablag‘lariga ega. Korxona ixtiyorida- gi hamma mulkning miqdorini topish uchun bu narsalarni ham- masini qo‘shib chiqish mumkin emas. Bunda korxona mulklari- ni pulda ifodalash yordam beradi: 2000000 so‘m naqd pul, yuk tashish mashinalarining qiymati 100000000 so‘m, yengil avto- mashinalarning qiymati 40000000 so‘m va mineral o‘g‘itning qiymati 3000000 so‘m — bularni qo£shib chiqish mumkin.
Ratsionallik tamoyili tashkilotning xo‘jalik faoliyati shartlari va hajmdan kelib chiqqan holda buxgalteriya hisobini ratsional va tejamkorlik bilan yuritish zarurligini anglatadi.
Alohidalangan korxona tamoyili xo‘jalik yurituvch subyektlar va ular bilan aloqador bo‘lgan shaxslarning (shu korxona rahbari- ning, buxgalterining yoki boshqa egasining) schyotlari alohidalan­gan tartibda yuritiladi. Masalan, korxona egasi, uning kassasidan 1000 so‘m pul yoki ombordan 10000 so‘m qiymatga ega boMgan qandaydir tovarni o‘zining shaxsiy ehtiyoji uchun oldi. Alohida-


259


Yüklə 29,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin