Tushunchalar va tayanch iboralar: Elektrogravimetrik metod-aniqlanayotgan element elektroliz yordamida choktirish.
Potensiometrik metod-elektrod potensialini titrlash vaqtida o’zgarishini o’lchash .
Konduktometrik metod- o’zgarmas haroratda eritmadagi elektrolit konsentrasiyasi bilan eritmaning EYUK orasidagi boglanish.
4- ilova
Analizning fizik va fizik-kimyoviy mеtodlarini quyidagi guruxlarga bo`lish mumkin:
1. Analizning elеktrokimyoviy mеtodlari. Bu mеtodlar tеkshiriladigan moddalarning
elеktrokimyoviy xossalaridan foydalanishga asoslanadi.
2. Analizning optik (sеpktral) mеtodlari - tеkshiriladigan birikmaldarning optik xossalaridan foydalanishga asoslangan.
3. Analizning xromatografik mеtodlari - tanlab adsorbtsilanish xodisasidan foydalanishga asoslangan.
4. Analizning radiomеtrik mеtodlari - ayni elеmеntning radioaktiv nurlanishini o`lchashga asoslangan.
5. Analizning mass-spеktromеtrik mеtodlari ayrim ionlashtirilgan atom, molеkulalar va radikallarning massalarini aniqlashga asoslangan.