Kimyo fakulteti noorganik vanalitik kimyo kafedrasi


MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISHNING AHAMIYATI



Yüklə 1,3 Mb.
səhifə17/98
tarix10.05.2022
ölçüsü1,3 Mb.
#57233
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   98
kimyoviy ajratish Lotincha (2) yangisi lotincha

MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISHNING AHAMIYATI

Mustaqil ta’lim jarayonida bilimlar kengayadi, chuqurlashadi, mukammallashadi, turli sharoitlarda ulardan foydalanish imkonini beruvchi universallik xarakteriga ega bo‘ladi. Mustaqil ishlar turli ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Masalan, manbalar bilan ishlash, kuzatish ishlarini olib borish, loyihalash, tajriba sinovlarini o‘tkazish va shu kabilar.

Mustaqil ishlarni bajarishni faollashtiruvchi motivlarning quyidagi turlari mavjud:


  1. Tashqi motiv – talabaning ta’lim olish va oliy o‘quv yurtidagi natijalarga bog‘liqligi.

  2. Ichki motiv – talabaning ta’lim olish va oliy o‘quv yurtiga ishtiyoqi (havasi) va uning imkoniyatlarini tanlagan kasbiga mosligi.

  3. Ta’limiy motiv – talabaning bajarilayotgan ishning foydali ekanligini anglab yetishida yuzaga keladi [1].

Talabalar bajarilayotgan ishning muhimligi mutaxassislikka oid bilimlarni oshirish, dunyoqarashni kengaytirish kasbiy tayyorgarlikni mustahkamlashda ekanligini anglab yetishlari lozim. Mustaqil ishlarning natijasi ma’ruza materiallarini, laboratoriya, amaliy va seminar mashg‘ulotlarini yaxshiroq tushunishida talabaga yordam berishini isbotlab berish lozim.

Mustaqil ishlarni bajarishni faollashtiruvchi ta’limiy motivlar:



  1. Bajarilayotgan ishning foydaligi. Agarda talaba bajarayotgan ishining natijalaridan ma’ruza kurslarida, metodik qo‘llanmalar tayyorlashda, laboratoriya mashg‘ulotlarida va maqolalar tayyorlashda qaysidir miqdorda foydalansa, mustaqilishlarni bajarishga bo‘lgan munosabat ijobiy tomonga o‘zgaradi hamda bajarayotgan ishlarining sifati ortishi.

  2. Talabalarning ijodiy faoliyatdagi ishtiroki. Bu talabalarning kafedradagi ilmiy-tadqiqot, tajribaviy-konstruktorlik yoki metodik ishlarni bajarishdagi ishtiroki.

  3. O‘quv fanlari bo‘yicha olimpiadada, ilmiy-tadqiqot yoki amaliy konkurslarda ishtirok etishi.

  4. Bilimlarni nazorat qilish (baholash, reyting ballari, testlar, nostandart imtihon jarayonlari) motivi. Ushbu motiv ma’lum vaziyatlarda talabalar o‘rtasida musobaqalashish jarayoninini vujudga keltiradi.

  5. Talabalarni ta’lim jarayonidagi muvaffaqiyatlari va ijodiy faolligi uchun rag‘batlantirish (stipendiya, mukofotlar, rag‘batlantiruvchi ballar) yoki yomon o‘qiganliklari uchun jazolash.

  6. Auditoriyada va undan tashqarida bajariladigan mustaqil ishlarni individual bajarishga erishish hamda ularni doimiy ravishda yangilab turish.

  7. Mustaqil ishlarni bajarish va o‘quv jarayonida o‘qituvchi shaxsi asosiy motivlardan hisoblanadi. O‘qituvchi mutaxassis hamda ijodiy shaxs sifatida talaba uchun namuna bo‘lishi lozim. U talabaga ijodiy imkoniyatlarini namoyon qilishida ko‘maklashishi lozim [2].

Mustaqil ishlar mustaqil faoliyat yuritish malakasiga ega mutaxassisni tayyorlashda ko‘maklashadi. Mustaqil faoliyat yuritish sifatiga ega mutaxassis faqatgina ko‘rsatmalarga binoan faoliyat ko‘rsatuvchi oddiy ijrochi emas, balki, masalalar yechimiga ijodiy yondashib, yangiliklar yaratuvchilik qobiliyatiga ega bo‘ladi.

Mustaqil bilim olishda avtonomlik – o‘qitish maqsadlari, tamoyillari, mazmuni, metodi va vositalarini aniqlash hamda tanlash, ularni qiynalmasdan, tashqi ta’sir yordamisiz amalga oshirish qobiliyatidir.

Mustaqil bilim olish nazariyasi va texnologiyada ham pedagogik tamoyillar asosiy rolni o‘ynaydi. Mustaqil bilim olayotgan sub’ektni ta’lim jarayonida hech kim o‘qishga majbur etmasligi muhimdir [3].

Mustaqil bilim olish sabablarining rivojlanishi sub’ektni ioldiga - mustaqil bilim olish qanday bo‘lishi kerak degan savolni qo‘yadi.

Mustaqil bilim olish texnologiyasi va mustaqil bilim olish sabablari bir-biri bilan bog‘likdir: aniq natijaga erisha olishiga ishonmaslik Ta’lim oluvchini mustaqil bilim olishdan har qanday boshqa sabablardan ko‘ra ko‘proq ko‘nglini sovutadi.

Mustaqil bilim olish texnologiyasini yaratish bir necha alohida muammmolarni hal etishni ko‘zda tutadi. Ular orasida muntazam bilim olishning maqsadini qo‘yish muammosi alohida ajralib turadi. Agarda ta’lim olish umumiy rivojlanishni ta’minlashga xizmat qilsa, mustaqil bilim olishning maqsadi esa kasbiy shakllanish yoki kasbiy mahoratni o‘stirish hisoblanadi [4].



Mustaqil bilim olishni ta’minlashga imkon beradigan topshiriqlar tushuncha, sabab va qadriyatli yunalishlarni o‘zlashtirishi past darajali va qoniqarsiz bo‘lgan Ta’lim oluvchilar uchun qulay sharoitni yaratishni ko‘zda tutadi. Birgina muvaffaqiyatni his etish ham Ta’lim oluvchini mustaqil bilim olishga undovchi psixologik holatni yuzaga keltiradi.

  1. Yüklə 1,3 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin