Kimyo fakulteti noorganik vanalitik kimyo kafedrasi


Ajratish va konsentrlash metodlari ko‘llaniladigan asosiy obektlar



Yüklə 1,3 Mb.
səhifə28/98
tarix10.05.2022
ölçüsü1,3 Mb.
#57233
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   98
kimyoviy ajratish Lotincha (2) yangisi lotincha

Ajratish va konsentrlash metodlari ko‘llaniladigan asosiy obektlar

Ajratish va konsentrlash metodlari asosan kuyidagi murakkab obektlarni analiz kilishda ko‘llaniladi:

1. Qotishmalar.

2. Geologik obektlar

3. Eng muhim toza moddalar

4. Atrof- muhit obektlari

5. Biologik obektlar (to‘qimalar, o‘simliklar)

Ajratish va konsentrlash metodlarining aniqlash metodlari bilan o‘zaro bog‘liqligi

Konsentrlash metodlarini tanlashda kuydagi faktorlarni hisobga olish zarurdir:

1. Obekt xarakteri va obektdagi bizni qiziqtiruvchi komponentlar xarakteri:

2. Obekt tarixi(kelib chikishi, olinishi):

3. Komponentning keyingi aniklanish usuli bilan uyg‘unlashuvini hisobga olish:

4. Metodning oddiyligi, osonligi, analizning davom etish vakti:

5. Laboratoriyaning reaktivlar va asboblar bilan taminlanganligi:

6. Ilmiy xodim va laborantning ixtisosi va malakasi:

7.Texnika xavfsizligining taminlanishi:

8.Murakkkablashtiruichi parametrlarni xisobga olish:

9.Jarayoni amalga oshirish texnikasini bilish: Davriy, uzluksiz bosqichli (agar konsentrlash koefitsienti (K) bir necha o‘n tartibga teng bo‘lsa bir bosqich, K kichik bo‘lsa bosqichlar soni ortadi).

10. Konsentrlash metodlarini so‘ngi aniqlash metodlari bilan va ratsional uyg‘unlashtirgan holda olib borish kerak:

A) ko‘p komponentli analiz metodlari (emission- spektral analiz, atom – absorbsion analiz, rentgen- fluoressent analiz va hokoza) ni gruppaviy konsentrlash metodlari bilan bog‘lash

B) matritsa - kollektorni shunday tanlash kerakki, u keyingi aniqlash metodlari talablariga to‘la javob beradigan bo‘lsin. Masalan sorbsiya uchun ko‘mir poroshogi olinsa, aniqlash metodi sifatida emission - spektral analizni qo‘llash maqsadga muvofik bo‘ladi. Agar metall ionlari erituvchilar yordamida ekstraksiyalansa, atom- absorbsion analiz metodini qo‘llash kerak bo‘ladi va hak.

Yuqori aniklikdagi ajratish va konsentrlash metodlarini aniqligi kam bo‘lgan aniklash metodlari bilan bog‘lash maksadga muvofik emas.

Konsentrlash metodlari bilan aniqlash metodlarini bir-biri bilan bog‘lab olib borishda ikki xil usulni keltirish mumkin:

1) kombinatsiyalanuvchi metodlar.

2) gibridli metodlar:

1) kombinatsiyalangan metodlarda – konsentrlash metodlari bilan aniqlash metodlari bir-birlari bilan uzviy bog‘lanmagan. Bunda bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan konsentrlash va aniqlash metodlarini ketma-ket qo‘llash mumkin. Konsentratning xossasi aniqlash metodiga sezilarli ta’sir etmaydi. Bunda konsentratni qanday usul bilan olinishining ahamiyati yo‘q.

2) Gibridli metodlar-ularni qo‘llashda ajratish va konsentrlash metodlari aniqlash metodlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ular bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Bunda yangi sifat paydo bo‘ladi, har bir gibridli metod, ajratish va konsentrlash metodlarini aniqlash metodlari bilan uzviy bog‘laydi, ya’ni yangi metod paydo bo‘ladi. Masalan, ekstraksion – fotometrik analiz metodi, ekstraksion-xromatografik metodlar, xromati-masspektrometriya, xromatografiyaning hamma turlari va bosh.




Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin