Kimyo fanidan 11-sinflar uchun
Kimyo Test savollari
Qaysi alkanni Vyurs reaksiyasi asosida olib bo’lmaydi?
A) etan B) metan C) propan D) butan
Temir va alyuminiy qoshiqlaridagi elementlarning molekulalar nisbatini aniqlang.
A) 1:1 B) 2,28: 1 C) 1:2,28 D) 2:1
Tarkibida 82,75% uglerod (massa jihatidan) bor bo‘lgan alkanni empirik formulasini aniqlang.
A) C
3H
8 B) C
5H
10 C) C
4H
10 D) C
6H
14
Kalsiydegidropirofosfat tarkibdagi posforning massa ulushini (%) aniqlang.
A) 28,7 B) 16,6 C) 12,8 D) 52,8
2 mol natriy etilat tarkibidagi atomlar sonini toping. (NA - Avogadro doimiysi)
A) 108,36 ∙ 10
23 B) 10,836 ∙ 10
23 C) 9 ∙
NA D) 18 ∙
NA
2 hajm azot va 2 hajm (n.sh) vodoroddan iborat gazlar aralashmasining geliyga nisbatan zichligini aniqlang.
A) 15 B) 7,5 C) 3,75 D) 60
Agar massaning atom birligi sifatida uglerod-12 izotopining 1/12 qismi emas , balki kislorod-16 izotopining 1/4 qismi olinsa, nisbiy atom massa qanday o’zgaradi?
A) 4 marta kattalashadi B) 3
marta kichiklashadi
C) 4 marta ortadi D) o’zgarmaydi
Tarkibidagi s orbitallar soni σ - bog’lar sonidan 9 ta kam bo’lgan alkanning izomerlar sonini ko’rsating.
A) 9 B) 5 C) 3 D) 18
Oksidlanish – qaytarilish reaktsiyasi tenglamasini ko‘rsating.
1) XeF
6+SiO
2 →XeOF
4+SiF
4; 2) XeF
2+H
2O →Xe+O
2+HF;
3) XeF
4+H
2O →Xe+O
2+HF; 4) XeF
6+H
2O →XeO
3+HF;
A) 1,2 B) 2,4 C) 1,4 D) 2,3
Ikkilamchi, uchlamchi va to’rtlamchi uglerodlar soni o’zaro teng, birlamchi uglerodlar soni esa 5 ta bo’lgan alkanlar soni nechta?
A) 1 B) 3 C) 2 D) 4
NH3 Parchalanganda hosil bo’lgan gazlar arashmasining og’irli -gi 10g/mol bo’lsa, qancha (%) NH3 parchalangan?
A)70% B) 60% C) 50% D) 75%
0,75 mol alkan tarkibida 18,06·1023 ta vodorod atomi bo‘lsa, ushbu alkanning nomini toping.
A) metan B) etan C) butan D)
propan
Karbonat angidrid bilan qaysi galoidvodorod aralashmasining 202,65 kPa bosim va 50°C dagi zichligi 6,12 g/l bo‘ladi?
A) HF B) HCl C) HBr D) HI
Hajmi 10 l bo’lgan va vodorodga nisbatan zichligi 20 ga teng kislorod-xlor aralashmasidagi har bir gazning hajmini (l, n.sh.) toping.
A) 7,5; 2,5 B) 7; 3 C) 8; 2 D) 9; 1
41gr natriy atsetat yetarli miqdorda NaOH bilan ta’sirlashganda hosil bo‘ladigan gaz hajmini (l n.sh.) toping.
A) 22,4 B) 33,6 C) 11,2 D) 16,8
Aralashmadagi gazlarning hajmiy ulushlari quyidagicha H2 – 10%; N2 – 55%; Ar – 35%. Bu gazlar aralashmasining havoga nisbatan zichligini aniqlang.
A) 1,48 B) 0,88 C) 0,90 D) 1,02
Alkanlarning umumiy kislorodda yonish reasiyasidagi suvning oldida qanday koeffitsiyent bo’ladi?
___________________________________________________
Quyidagi moddalardan qaysilarining suvda erishi fizikaviy hodisa hisoblanadi?
1) kislorod 2) oleum 3) osh tuzi 4) bertole tuzi 5) xlor 6)
natriy
___________________________________________________
Alkadiyenlarning umumiy kislorodda yonish reasiyasidagi kislorodning oldida qanday koeffitsiyent bo’ladi?
___________________________________________________
Massaning atom birligi qiymatini ko’rsating.
___________________________________________________
2 mol N2 , 2 mol H2 va 2 mol O2 dan iborat gazlar aralashmasini o’rtacha molekulyar massasini toping
___________________________________________________
Suvsiz bariy gidroksid olish uchun uning 90%li 720g eritmasida necha gramm oksid eritlilishi kerak.
___________________________________________________
Tarkibida 3 va 5 ta uglеrod atomi bo`lgan to`yingan uglеvodorodlarning vodorodga nisbatan zichligini toping.
___________________________________________________
Kaliyning 40 K izotopida nechtadan proton, neytron va elektron bo’ladi?
___________________________________________________
Bir-biriga izobar yoki izotop bo’la olmaydigan elementlar qatorini belgilaig.
___________________________________________________