4.2. Qandaydir 8 l gaz 11,44 g keladi. Uning molyar massasini toping. (Javob: 32 g/mol).
4.3. Qandaydir gazning ftor bo‘yicha zichligi 1,16 bo‘lsa, uning molyar massasini aniqlang.
Yechish: Masala (4.6) formula asosida yechiladi va
M1=DM2=1,16·38=44 g/mol.
4.4. Noma‘lum gazning xlorga nisbatan zichligi 3,127 ga teng. Shu gazning neonga nisbatan zichligi qanday? (Javob: 11,1).
4.5. Agar gazning kislorodga nisbatan zichligi 1,5 ga teng bo‘lsa, uning molyar massasi qancha bo‘ladi? (Javob: 48 g/mol).
4.6. Tarkibida 0,5 mol azot va 0,25 mol xlor bo‘lgan gazlar aralashmasi qanday hajmni (n.sh.) egallaydi? (Javob: 16,8 l).
4.7. 10 g massali vodorod qancha hajmni egallaydi?
(Javob: 112 l).
4.8. Normal sharoitda 56,0 l hajmni egallagan karbonat angidrid tarkibidagi kislorod atomlarining sonini aniqlang.
Yechish: (1.4) va (1.11) formulalardan foydalanib tegishli miqdor moddadagi molekulalar sonini topamiz:
ta molekula.
Bundan karbonat angidrid molekulasi tarkibida 2 ta kislorod atomi bo‘lganligi uchun kislorod atomlari soni:
NO=2.1,5.1024=3.1024 ta.
4.9. Bir xil sharoitda har biri 800 ml hajmni egallagan ozon va argon berilgan. Shu hajmdagi gazlarda qanchadan atom bor va ulardan biri ikkinchisidan necha marta ko‘p? (Javob: 6,45.1022 ta O va 2,15.1022 ta Ar, kislorod 3 marta ko‘p).
4.10. Hajmi 25 l bo‘lgan idishga 20 oC harorat va 230 kPa bosimda kislorod to‘ldirilgan. Idishdagi kislorodning massasini toping.
Yechish: (4.1) formuladan Vo topiladi:
l.
Normal sharoitdagi hajm asosida kislorodning massasini