Kimyo. Masala va mashqlar to


MODDALARNING AGREGAT HOLATLARI



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə24/71
tarix20.02.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#85151
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   71
kimyo masala va mashqlar to\'plami

4. MODDALARNING AGREGAT HOLATLARI
4.1. IDEAL GAZ QONUNLARI. GAZLARNING MOLYAR HAJMI. HAJMIY ULUSH.
Moddalarning gaz, suyuq va qattiq holatlarda bo‘lishi harorat va bosimga bog‘liq. J.L.Gey-Lyussak reaksiyaga kiri-shayotgan va hosil bo‘layotgan gazlarning hajmlari o‘zaro oddiy butun sonlar nisbatida bo‘lishini ko‘rsatdi. Bu qonun hajmiy nisbatlar qonuni deb yuritiladi. A.Avogadro: bir xil sharoitda (bosim va harorat) turli gazlarning teng hajmlarida teng sondagi molekulalar bo‘lishini ko‘rsatdi (Avogadro qonuni). Har qanday gazning bir mol miqdori normal sharoitda 22,4 l hajmni egallaydi (molyar hajm) va shuncha hajmda 6,02·1023 ta molekula (Avogadro soni) bo‘ladi. Gazlar bilan bog‘liq bo‘lgan hisoblashlarda Boyl-Mariott, Gey-Lyussak va Sharl qonunlari asosida keltirib chiqarilgan ideal gaz holati tenglamasidan (Klapeyron) foydalanishga to‘g‘ri keladi:
, (4.1)
bu erda p va po - berilgan va normal bosim, Pa, kPa, atm., mm sim.ust.; V va Vo- berilgan va normal hajm, m3, sm3, mm3, l, ml; T va To- berilgan va normal mutlaq (absolyut) harorat, K.
Ushbu tenglama asosida ideal gaz holatining boshqa tenglamasi (Mendeleev-Klapeyron) (4.2)
keltirib chiqarilishi mumkin. Buning uchun (4.3)
deb olinadi. R ning qiymatlari bosimning turli birliklari uchun quyidagicha topiladi:
R=760·22400/273=6235962400 ml·mm sim.ust./mol·K.
R=1·22,4/273=0,082 l·atm/mol·K.
R=101,325·22,4/273=8,314 l·kPa/mol·K.
Gazlarning massasini yoki molyar massasini formula yordamida hisoblash mumkin.
Gazlarning hajmi bo‘yicha modda miqdorini quyidagi formula yordamida hisoblash mumkin: . (4.4)
Gaz moddalar aralashmalari bo‘yicha hisoblashlarda hajmiy ulush hisoblanadi: , (4.5) bu erda - gazning hajmiy ulushi, V - uning berilgan hajmi, V - gazlar aralashmasining hajmi.
Ko‘plab hisoblashlarda gazlarning nisbiy zichligidan foydalaniladi. Gazlarning nisbiy zichligi (D) ular molyar massalari nisbatiga teng:
. (4.6)
Gazning vodorodga nisbatan zichligi: , havoga nisbatan zichligi formula bilan ifodalanadi va h.k.
Gazlar aralashmalari bilan ishlaganda o‘rtacha molyar massa asosidagi hisoblashlar keng qo‘llaniladi:
, (4.7)
bu erda v1, v2 - modda miqdori; gazlar uchun bu qiymat hajmiy ulush bilan almashtirilishi mumkin, M1 va M2 - moddalarning molyar massalari.
Shuningdek, gazlarning zichligi () asosida ham ko‘plab hisoblashlar amalga oshiriladi:
, (g/ml, kg/l, g/l, g/sm3, g/m3) (4.8).
Agar gazning normal sharoitdagi zichligi (, g/l) ma'lum bo'lsa, uning molyar massasi: M=22,4 formula bilan hisoblanishi mumkin.
4.1. Qandaydir 2 l (n.sh.) gaz 2,5 g keladi. Shu gazning molyar massasini toping.
Yechish: Masalani yechish uchun va formulalardan foydalansak: (4.7) hosil bo‘ladi, bundan
g/mol.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin