11.25. Katodda 19,3 g qalay ajralishi uchun qalay (II) xloridning suyuqlanmasidan 19 min davomida qancha tok o‘tkazish kerak? (Javob: 27,5 A).
11.26. Ikki valentli metall nitratining eritmasi orqali 1 soat davomida 30,92 A tok o‘tkazilganda 32,3 g metall hosil bo‘lgan. Bu qaysi metall? (Javob: temir).
11.27. Elektroliz unumi 85 % bo‘lganda ikki valentli metall sulfatining suvli eritmasi orqali 39 min davomida 7,19 A tok o‘tganda katodda 14,9 g metall ajralgan. Bu qaysi metall? (Javob: simob).
11.28. Tarkibida rux sulfat bo‘lgan 50 g tuz eritmasi elektroliz qilindi. Agar ruxni batamom ajratib olish uchun 3,24 A kuchga ega bo‘lgan elektr toki 3 soat mobaynida o‘tkazilgan bo‘lsa, elektroliz uchun olingan tuzdagi rux sulfatning massa ulushini toping. (Javob: 0,584).
11.29. Kalsiy xloridning eritmasi orqali 5 soat davomida elektr toki o‘tkazildi. Shundan so‘ng eritmadan uglerod (IV) oksid o‘tkazilganda 15 g tuz cho‘kmaga tushdi. Ajralib chiqqan gazlarning jami hajmi (n.sh.) va tok kuchining qiymati topilsin.
Yechish: Sodir bo‘ladigan reaksiyalarning tenglamalari:
CaCl2+2H2OH2+Cl2+Ca(OH)2; Ca(OH)2+CO2CaCO3+H2O.
Tushgan cho‘kmaning massasi yordamida quyidagi sxematik tenglama CaCl2Cl2+Ca(OH)2CaCO3 dan foydalanib, ajralib chiqqan xlorning hajmini topamiz: 22,4:x=100:15; x=3,36 l.
Xlor bilan birga unga teng hajmli vodorod ham ajralishi tenglamadan ko‘rinib turibdi, demak, ajralgan gazning jami hajmi: V=3,362=6,72 l. Tok kuchining qiymati Faradey formulasidan topilsa, bo‘ladi. Oxirgi formuladan foydalanish uchun xlorning massasini g ni topib, uni va boshqa berilgan qiymatlarni mazkur formulaga qo‘yib, tok kuchining qiymatini topamiz: A.
11.30. Natriy xloridning eritmasi orqali 3,5 soat davomida elektr toki o‘tkazildi. Shundan so‘ng eritmadan mo‘l uglerod (IV) oksid o‘tkazilganda, 13,5 g tuz hosil bo‘lgan, ajralib chiqqan jami gazlar hajmi (n.sh.) va eritmadan o‘tkazilgan tok kuchining qiymati topilsin. (Javob: 3,6 l, 1,23 A).