12.2. GIDROKSIDLAR
Zamonaviy tushunchalarga ko‘ra gidroksidlar asoslar va kislotalarga bo‘linadi. Gidroksidlarning bo‘linishini NaOH, Ca(OH)2, Al(OH)3, Si(OH)4, N(OH)5, P(OH)5, S(OH)6, Mn(OH)7 gidroksidlar misolida qarab chiqsak, bu gidroksidlardan dastlabki uchtasi asoslarga, qolganlari kislotalarga kiradi. Kislotalarga kiradigan Si(OH)4, N(OH)5, P(OH)5, S(OH)6, Mn(OH)7 gidroksidlardan Si(OH)4 shu tarkibli yoki bir molekula suv yo‘qotib H2SiO3 tarkibli, N(OH)5, P(OH)5, S(OH)6, Mn(OH)7 gidroksidlar esa tegishli miqdor suv yo‘qotib HNO3, H3PO4, HPO3, H2SO4 va HMnO4 tarkibli kislotalar hosil qiladi.
12.2.1. ASOSLAR
12.9. Natriy gidroksidning fosfat kislota bilan reaksiyasida kislota ekvivalentining molyar massasi 49 g/mol bo‘lsa, qanday tuz hosil bo‘ladi? (Javob: Na2HPO4).
12.10. Rux, alyuminiy, xrom (III), berilliy, bariy, qo‘rg‘oshin (II), rubidiy gidroksidlardan qaysilarini oksidlarga suv ta'sir ettirib olish mumkin? (Javob: Ba(OH)2, RbOH).
12.11. Xrom (), qo‘rg‘oshin (), qalay (), magniy, alyuminiy gidroksidlardan qaysilari kislotalar kabi dissotsilana oladi? (Javob: Cr(OH)3, Sn(OH)2, Al(OH)3).
12.2.2. KISLOTALAR
12.12. Sirka, benzoat, oksalat, stearin, olein, adipin, kahrabo, akril, sulfat, xlorid, ortofosfat, nitrat, perxlorat, persulfat, pirofosfat, metafosfat, nitrit kislotalarning qaysilari ko'p negizli? (Javob: oksalat, adipin, kahrabo, sulfat, ortofosfat, persulfat, pirofosfat)
12.13. Oltinchi guruh elementining yuqori oksidlanish darajali kislotasi tarkibida kislota angidridining massa ulushi 87,6 % bo'lsa, kislotaning formulasini toping.
Yechish: .
Mazkur tenglama yechilsa, R=79 hosil bo‘ladi, bu selenga to‘g‘ri keladi. Demak, kislotaning formulasi: H2SeO4.
12.14. 0,1 kg natriy gidroksid va 0,1 kg sulfat kislota ta'sirlashgandan so‘ng eritma lakmusni qaysi rangga bo‘yaydi?
(Javob: ko‘k).
12.15. P2O5 ortofosfat, pirofosfat, metafosfat, fosfit kislotalarning qaysilariga to‘g‘ri keladi? (Javob: ortofosfat, pirofosfat, metafosfat).
Dostları ilə paylaş: |