Kimyo. Masala va mashqlar to


Chumoli kislotada vodorod, uglerod va kislorodning massa nisbatlari 1:6:16. Bu moddaning eng oddiy formulasini toping. (Javob: HCOOH). 1.45



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə8/71
tarix20.02.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#85151
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   71
kimyo masala va mashqlar to\'plami

1.44. Chumoli kislotada vodorod, uglerod va kislorodning massa nisbatlari 1:6:16. Bu moddaning eng oddiy formulasini toping. (Javob: HCOOH).
1.45. Temir oksidida temir massasining kislorod massasiga nisbati 7:3 bo‘lsa, oksidning eng oddiy formulasi qanday bo‘ladi? (Javob: Fe2O3).
1.46. Oltingugurt oksidida oltingugurt atomi massasining kislorod atomi massasiga nisbati 2:3 bo‘lsa, shu oksidning eng oddiy formulasi qanday bo‘ladi? (Javob: SO3).
1.47. 20 g massali oltingugurt 30 g massali kislorodga to‘g‘ri kelsa, shu oksidning eng oddiy formulasi qanday bo‘ladi?
Yechish: Masalani yechish uchun nisbat tuziladi va har bir elementning modda miqdorlari topiladi: 0,625:1,875=1:3. Demak, oksidning formulasi: SO3.
1.48. 18 g massali alyuminiy 6 g massali uglerod bilan birikma hosil qilgan bo‘lsa, shu moddaning eng oddiy formulasini toping. (Javob: Al4C3).
1.49. Oksid tarkibidagi 12,8 g misga 1,6 g kislorod to‘g‘ri keladi. Shu oksidning eng oddiy formulasini toping. (Javob: Cu2O).
1.50. Oksid tarkibida 16,8 g temir va 6,4 g kislorod borligi ma'lum bo‘lsa, uning formulasi qanday bo‘ladi? (Javob: Fe3O4).
1.51. Massasi 49 g bo‘lgan oltingugurtning xlorli birikmasida 6,4 g oltingugurt va 42,6 g xlor bor. Shu moddaning formulasi qanday? (Javob: SCl6).
1.52. Natriy sulfat kristallgidrati Na2SO4.xH2O tarkibida 55,9 % H2O bor. x ni toping.
Yechish: Masalani yechishda Na2SO4 va H2O ning massa ulushlarini ular molekulyar massalariga bo‘lamiz: (Na2SO4)x(H2O)y va Demak, n=10 ekan.
1.53. Temir (II) sulfat (FeSO4.xH2O) kristallgidrati tarkibidagi suvning massa ulushi 0,453 ga teng bo‘lsa, x ni toping. (Javob: n=7).

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin