Kimyo. Masala va mashqlar to


Yuqori oksidi RO3 bo‘lgan elementning vodorodli birikmasi tarkibida 2,47 % vodorod bo‘lsa, bu qaysi element? (Javob: selen). 1.78



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə11/71
tarix20.02.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#85151
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   71
kimyo masala va mashqlar to\'plami

1.77. Yuqori oksidi RO3 bo‘lgan elementning vodorodli birikmasi tarkibida 2,47 % vodorod bo‘lsa, bu qaysi element? (Javob: selen).
1.78. Noma‘lum elementning vodorodli birikmasi H2X formulaga javob beradi, uning kislorodli birikmasi tarkibida 20,0 % kislorod bor. Bu qaysi element?
Yechish: Masalani yuqoridagiday yechish mumkin, bunda:

bo‘ladi. Qaysi element haqida gap yuritilayotganligini topish uchun bu qiymatni galma-gal 2, 3, 4 va h.k. sonlarga ko‘paytiramiz: Ar=32.2=64. Nisbiy atom massasi 64 bo‘lgan mis elementi vodorodli birikma hosil qilmaydi. Ar=32.3=96. Nisbiy atom massasi 96 bo'lgan molibden elementi ham vodorodli birikma hosil qilmaydi. Ar=32.4=128. Nisbiy atom massasi 128 bo‘lgan element tellurning vodorodli birikmasi H2X formulaga to‘g‘ri keladi. Demak, bu element tellur ekan.
1.79. VA guruh elementlaridan birining kislorodli birikmasi tarkibida 74,07 % kislorod bo‘lsa, bu qaysi element?
(Javob: azot).
1.80. Valentligi 3 ga teng bo'lgan metall oksidining 40 g massasini qaytarish uchun 1,5 g vodorod sarflangan. Bu qaysi metall?
Yechish: Eng avvalo reaksiya tenglamasini tuzamiz:
Me2O3+3H2=2Me+3H2O.
Masalani reaksiya tenglamasi bo‘yicha yechish mumkin, buning uchun proporsiya tuzamiz:
40:x=1,5:6,0; x=160 g.
Demak, oksidning molekulyar massasi 160 ekan. Endi molekulyar massani topish formulasi asosida:
Mr(Me2O3)=2Ar(Me)+3Ar(O)=160
ni yozish mumkin.
Bundan , ya'ni uch valentli metall temir ekanligi ma'lum bo‘ladi.
1.81. Noma'lum xlorid tuzi tarkibida 31 %, nisbiy atom massasi 47,9 ga teng metall bo‘lsa, shu metallning valentligi qanday bo‘ladi?
Yechish:
formuladan Demak, metall uch valentli ekan.
1.82. Sulfat kislotada 1,68 g noma'lum metall eritilganda metalning 4,56 g massali sulfati hosil bo‘lgan. Metallning ekvivalentini aniqlang.
Yechish: 1,68 g massali metall 4,56 g massali sulfat hosil qilgan, shu sulfatga qancha sulfat ion to‘g‘ri kelishini topamiz:
m(SO42-)=m(MeSO4)-m(Me)=4,56-1,68=2,88 g.
Demak, 1,68 g metallga 2,88 g sulfat ion to‘g‘ri kelar ekan. Bundan 96:2,88=98:x; x= 2,94 g sulfat kislotaga to‘g‘ri keladi.
Metallning ekvivalenti:
1.83. 5,64 g metall nitrati konsentrlangan sulfat kislota bilan ishlanganda, shu metalning 4,8 g sulfati hosil bo‘lgan bo‘lsa, qaysi metalning nitrati olingan?
Yechish: Metall nitratining massasi sulfatining massasidan katta. Demak, metall bir valentli emas.
Agar metall ikki valentli bo‘lsa:
Me(NO3)2+H2SO4MeSO4+2HNO3
reaksiya sodir bo'ladi. Nitrat va sulfatning molekulyar massalarini M[Me(NO3)2]=Me+2·62; M(MeSO4)=Me+96 topib, proporsiya tuzsak:

Bundan Ar(Me)=64. Bu yechim masala shartini qanoatlantiradi. Demak, metall mis bo‘lishi mumkin.
Agar metall uch valentli bo‘lsa:
2Me(NO3)3+3H2SO4Me2(SO4)3+6HNO3
reaksiya sodir bo‘ladi. Nitrat va sulfatning molyar massalari asosida proporsiya tuzsak:
yoki Ar(Me)=96.
Metall molibden bo‘lishi ham mumkin.
1.84. Tarkibida 10,4 g massali MeCl2 bo‘lgan eritmaga tarkibida 7,1 g M2SO4 bo‘lgan eritma ta'sir ettirilganda 11,65 g massali MeSO4 hosil bo‘lgan. Qaysi xloridga qanday sulfat ta'sir ettirilgan?
Yechish: Reaksiya tenglamasi:
MeCl2+M2SO4MeSO4+2MCl.
MeCl2 ning molekulyar massasi: Mr=Me+71 va MeSO4 ning molekulyar massasi: Mr=Me+96 dan va berilganlardan foydalanib proporsiya tuzsak:
. Bundan Me=137.
Tenglama bo'yicha proporsiya tuzsak: g/mol.
M2SO4 ning molekulyar massasi: Mr=2M+96. Bundan M=23. Bu natriyga to‘g‘ri keladi. Demak, BaCl2 ga Na2SO4 ta'sir qilingan va natijada BaSO4 olingan ekan.
1.85. Oltinchi guruh elementining vodorod bilan hosil qilgan birikmasi tarkibida 5,9 % vodorod bo‘lsa, bu qaysi element ekanligini toping. (Javob: oltingugurt).
1.86. 27,4 g ikki valentli metall suv bilan ta'sirlashganda 4,48 l (n.sh.) gaz ajralib chiqqan bo‘lsa, qanday metall suv bilan ta'sirlashgan? (Javob: bariy).
1.87. 4 g ikki valentli metall oksidi vodorod bilan qaytarilganda 0,9 g suv hosil bo'lgan bo‘lsa, qaysi metall oksidi qaytarilgan? (Javob: mis).
1.88. 8,1 g ikki valentli element oksidi bilan ta'sirlashish uchun 7,3 g vodorod xlorid sarflangan bo‘lsa, qaysi metall oksidi olingan? (Javob: rux).
1.89. 2,08 g noma'lum metallning kislota eritmasi bilan ta'sirlashuvidan 896 ml vodorod ajralib chiqqan bo‘lsa, noma'lum metallni aniqlang. (Javob: xrom).
1.90. 20 g massali noma'lum ikki valentli metallning suv bilan ta'siridan 11,2 l vodorod ajralib chiqqan bo‘lsa, qaysi metall olinganligini aniqlang. (Javob: kalsiy).
1.91. 19,7 g massali ikki valentli metall karbonati parchalanganda 2,24 l uglerod (IV)-oksid hosil bo‘lgan bo'lsa, qaysi metall karbonati parchalangan? (Javob: bariy).
1.92. Molyar massasi 17 g/mol bo‘lgan 6,8 g noma'lum modda kislorodda yondirilganda 5,6 g azot va 10,8 g suv hosil bo‘lgan bo‘lsa, qaysi modda yondirilgan? (Javob: ammiak).
1.93. Massasi 17 g bo‘lgan noma'lum modda kislorodda yondirilganda 32 g oltingugurt (IV)-oksid va 9 g suv hosil bo‘lgan bo‘lsa, qaysi modda yondirilgan? (Javob: vodorod sulfid).
1.94. Oksidlanish darajasi +6 bo‘lgan elementdan hosil bo‘lgan 0,8746 g massali ikki negizli kislota parchalanganda shu kislotaning 0,8116 g angidridi hosil bo‘lgan bo‘lsa, qaysi kislota parchalangan? (Javob: H2WO4).
1.95. Massasi 3,2 g bo‘lgan metall suv bilan ta'sirlashganda 1,792 l (n.sh.) vodorod ajralib chiqqan bo‘lsa, metallning ekvivalentini toping. (Javob: 20).

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin