Kimyo. Masala va mashqlar to


,85 g natriy xlorid hosil qilish uchun qancha massa natriy metali va qancha hajm xlor kerak? (Javob: 2,3 g; 2,24 l). 1.101



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə13/71
tarix20.02.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#85151
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   71
kimyo masala va mashqlar to\'plami

1.100. 5,85 g natriy xlorid hosil qilish uchun qancha massa natriy metali va qancha hajm xlor kerak? (Javob: 2,3 g; 2,24 l).
1.101. Tarkibida 22,2 g kalsiy xlorid bo‘lgan eritmaga mo‘l miqdor natriy karbonat ta'sir ettirilganda qancha massa kalsiy karbonat cho‘kmasi hosil bo‘ladi? (Javob: 20 g).
1.102. 11,9 g massali kaliy bromid olish uchun qancha massa kaliy ishqori va qancha hajm (n.sh.) vodorod bromid kerak bo‘ladi? (Javob: 5,6 g; 2,24 l).
1.103. Reaksiya unumi 80 % bo‘lganda 5,6 g KOH bilan mo‘l xlorning ta'siridan qancha massadan KClO va KCl hosil bo‘ladi? (Javob: KClO : 3,62 g va KCl: 2,98 g).
1.104. Tarkibida 75 % xrom (III) oksid bo‘lgan 250 kg rudadan xromni to‘liq ajratib olish uchun qancha massa alyuminiy kerak bo‘ladi va qancha massa xrom olinadi?
Yechish: Ruda tarkibidagi xrom oksidining massasini topamiz: =0,75.250=187,5 kg.
Endi reaksiya tenglamasini tuzsak:
Cr2O3+2Al=Al2O3+2Cr. =152 g/mol.
152:187,5=54:x; x=66,6 kg Al kerak.
152:104=187,5:x; kg xrom olinadi.
1.105. 5,6 l vodorod sulfidni tarkibida 32,5 g simob (II) nitrat bo‘lgan eritma orqali o‘tkazganda qancha massa cho‘kma hosil bo‘ladi?
Yechish: Reaksiyaga kirishuvchi har bir tarkibiy qismning modda miqdorini topamiz:
mol, mol.
Demak, reaksiya uchun olingan vodorod sulfid miqdori simob (II) nitrat miqdoridan ko‘p ekan. Shuning uchun ham hosil bo‘lgan cho‘kmaning massasi simob (II) nitratning miqdori asosida hisoblanishi mumkin: mHgS=0,1.233=23,3 g.
1.106. Tarkibida bariy gidroksid bo‘lgan eritma orqali 11,2 l karbonat angidrid o‘tkazilganda 93,58 g bariy karbonat cho‘kmasi hosil bo‘lgan bo‘+lsa, shu reaksiyaning unumi qanday bo‘ladi? (Javob: 95 %).
1.107. Tarkibida 5 % begona jinslar bo‘lgan 50 g texnik oltingugurtni yondirishda hosil bo‘lgan oltingugurt (IV) oksid natriy gidroksid eritmasi orqali o‘tkazilganda qancha massa natriy gidrosulfit hosil bo‘ladi? (Javob: 154,4 g).
1.108. Tarkibida 98 % kalsiy karbonat bo‘lgan marmartoshning 150 kg massasini kuydirganda qancha hajm (n.sh.) karbonat angidrid va qancha massa kalsiy oksidi hosil bo‘ladi? (Javob: 33 m3; 82,32 kg).
1.109. Tarkibida 7,8 g bariy xlorid bo‘lgan eritmaga, tarkibida 6,6 g natriy sulfat bo‘lgan eritma qo‘shilganda qancha massa bariy sulfat cho‘kmasi hosil bo‘ladi? (Javob: 8,74 g).
1.110. Tarkibida mis va rux bo‘lgan 56 g massali qotishmaga suyultirilgan sulfat kislota eritmasidan yetarli miqdorda qo'shilganda 11,2 l vodorod ajralib chiqqan bo‘lsa, qotishma tarkibidagi misning massa ulushi qanday bo‘lgan?
Yechish: Mis suyultirilgan sulfat kislota bilan ta'sirlashmaydi, rux esa ta'sirlashadi. Ushbu o‘zaro ta'sir reaksiyasining tenglamasini yozamiz:
Zn+H2SO4=ZnSO4+H2.
Ajralib chiqqan vodorodning modda miqdori:

Tenglama bo‘yicha vodorodning miqdori ruxning miqdoriga teng. Demak, shuncha miqdor rux kislota bilan ta'sirlashgan, uning massasi mZn=0,5·65=32,5 g bo‘ladi. Misning massasi massalar farqiga teng: mCu=56-32,5=23,5 g.
Bundan
1.111. Qisman zanglagan temirning 12 g parchasini xlorid kislota bilan ishlaganda 4,48 l gaz ajralib chiqqan bo‘lsa, namuna tarkibida necha foiz temir bo‘lgan? (Javob: 93,3 %)
1.112. Hajmi 50 l bo‘lgan idishdagi vodorod va kislorod aralashmasi portlatilgandan so‘ng 18 g suv kondensatlanib, kislorod ortib qolgan. Dastlabki aralashmadagi kislorodning hajmiy ulushini toping. (Javob: 55,2 %).
1.113. Massasi 82,5 g bo‘lgan rux va temir aralashmasini xlorlash uchun 41,2 l (n.sh.) xlor sarflangan bo‘lsa, aralashmadagi temirning massa ulushi qanday bo'lgan? (Javob: 60,6 %).

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin