5.3. N2+O2NO, H=+180 kJ sistemada 5,6 l azot () hosil bo'lishi uchun qancha issiqlik talab etiladi? (Javob: 45 kJ).
5.4. H2+O2H2O, H=-483,6 kJ sistemada 9 g suv hosil bo'lishida qancha issiqlik chiqadi? (Javob: 241,8 kJ).
5.5. Mg+O2MgO+1220 kJ sistemada 4 g magniy oksid hosil bo‘lishida qancha issiqlik chiqadi? (Javob: 122 kJ).
5.6. 8,4 g temir bilan oltingugurt ta'sirlashib, temir (II) sulfid hosil bo‘lganida 14,3 kJ issiqlik ajralib chiqqan bo‘lsa, shu reaksiyaning issiqlik effekti qancha bo'ladi?
Yechish: Reaksiya tenglamasini tuzsak: Fe+SFeS hosil bo‘ladi. Tenglama asosida proporsiya tuzsak:
kJ/mol.
5.7. 8,1 g rux oksidi hosil bo‘lganda 34,8 kJ issiqlik ajralgan bo‘lsa, reaksiyaning issiqlik effekti qancha bo‘ladi?
(Javob: 348 kJ/mol).
5.8. 9 g alyuminiy kislorodda yondirilganda 273,5 kJ issiqlik ajralib chiqqan bo'lsa, reaksiyaning issiqlik effekti qancha bo‘ladi? (Javob: 820,5 kJ/mol).
5.9. 15,2 g magniy oksidi hosil bo‘lganda 305 kJ issiqlik ajralgan. Reaksiyaning issiqlik effekti qancha bo‘ladi?
(Javob: 802,63 kJ/mol).
5.10. Ohaktoshning parchalanish reaksiyasining termokimyoviy tenglamasi: CaCO3CaO+CO2178 kJ bo'lsa, 2,24 m3 karbonat angidrid olish uchun qancha issiqlik sarflanadi?
Yechish: Reaksiya tenglamasi bo‘yicha proporsiya tuzsak:
kJ.
5.11. 2 mol fosfor yonganda 1505 kJ issiqlik chiqsa, 500 g fosfor yonganda qancha issiqlik ajraladi? (Javob: 12137,1 kJ).
5.12. Mis (II)oksiddan xlorid kislota ta'siridan 1 mol mis (II) xlorid olganda 63,6 kJ issiqlik ajraladi. 120 g mis (II)oksidga kislota ta'sir ettirganda qancha issiqlik ajraladi? (Javob: 95,4 kJ).
5.13. 1 mol etilen yonganda 1400 kJ issiqlik ajralsa, 56 g; 3,5 mol va 67,2 l etilen ta'sirlashganda qancha issiqlik chiqadi? (Javob: 2800, 4900 va 4200 kJ).
5.14. 22,4 l atsetilen yonganda 1305 kJ issiqlik ajralsa, 2 mol; 224 l va 5,2 g atsetilen yonganda qanchadan issiqlik ajraladi? (Javob: 2610, 13050 va 261 kJ).
5.15. Tarkibi ko‘mir va suv bug‘laridan tashkil topgan aralashmadan tarkibida 1 mol CO va 1 mol H2 bo‘lgan aralashma hosil qilish uchun 132 kJ issiqlik sarflangan bo‘lsa, tarkibida 56 g CO va 44,8 l vodorod, 2,24 l CO va 0,2 g vodorod bo'lgan aralashmalar hosil qilish uchun qancha issiqlik sarflanadi? (Javob: 264 va 13,2 kJ).
5.16. 2 mol oltingugurt (IV)oksid yondirilganda 284,2 kJ issiqlik ajralsa, 6,4 g SO2 yonganda qancha issiqlik ajraladi?
(Javob: 14,21 kJ).
5.17. Xlorid kislotani oksidlab, 2 mol xlor gazi va 2 mol suv bug‘lari olganda 116,4 kJ issiqlik ajralgan bo‘lsa, 7,1 g xlor va 22,4 l suv bug‘lari olinganda qanchadan issiqlik chiqadi? (Javob: 5,8, 58,4 kJ).
5.18. CO+(1/2)O2CO2+283 va C+(1/2)O2CO+110 kJ reaksiyalarning issiqlik effektlari bo'yicha C+O2CO2 reaksiyaning issiqlik effektini hisoblang.
Yechish: C+O2CO2 reaksiya ikki bosqichdan iborat bo‘lib, uning birinchi bosqichi: C+(1/2)O2CO+110 kJ va ikkinchi bosqichi CO+(1/2)O2CO2+283 kJ tenglamalar bilan tasvirlanadi. Dastlabki reaksiyaning issiqlik effekti har bir bosqich issiqlik effektlari yig‘indisiga teng bo‘ladi:
Q=110+283=393 kJ.
5.19. Moddalarning standart sharoitdagi hosil bo‘lish entalpiyalari qiymatlari asosida quyidagi reaksiyalarning issiqlik effektlarini hisoblang:
C2H4+2H2O2CO+4H2+H1, Fe3O4+H23FeO+H2O+H2.