Talabalar bilimini baholash tizimi bo’yicha baholashning (og’zaki) ish usuli, talabalarda mustaqil fikrlash va o’z fikrini og’zaki ifodalash ko’nikmalarini rivojlantiradi. Fanlardan yakuniy nazorat III-IV semestrda (og’zaki) ish shaklida o’tkaziladi. Og’zaki ish savollari va variantlari har o’quv yilining boshida kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan yangidan tuzilib, kafedra majlisida muhokama etiladi va tasdiqlanadi. Og’zaki ishning har bir varianti bo’yicha qo’yilgan savollarning mazmuni, qamrov darajasi va ahamiyatligi darajasi kafedra mudiri tomonidan tekshirilib, uning imzosi bilan tasdiqlanadi. Og’zaki ishni o’tkazish asosan III-IV semestrning so’nggi ikki o’quv haftalariga mo’ljallangan bo’lib, u belgilangan haftalardagi mazkur fan bo’yicha o’quv mashg’ulotlari chog’ida o’tkaziladi. Og’zaki ish variantida 3 ta savol tayanch iboralari bilan keltiriladi.
Baholash mezonlari Amaliy ish quyidagicha baholanadi: Talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi. Amaliy ishining mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda mavzu bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda -5 (a’lo) baho;
Talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, amaliy ishining mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda amaliy ishining bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda -4 (yaxshi) baho;
Talaba olgan bilimini amalda qo’llay oladi, amaliy ishining mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda amaliy ishi bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda -3 (qoniqarli) baho;
Talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, amaliy ishining mohiyatini tushunmaydi hamda amaliy ishi bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda -2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
Izoh: Talaba o’ziga berilgan mustaqil ishni o’z vaqtida topshirmasa yakuniy nazoratga kiritilmaydi.