Kimyo xonasida rioya qilinishi lozim bo'lgan mehnat xavfsizligi qoidalari: I.Ish bajarish tartibini puxta o'zlashtirmasdan va tajriba o'tkazish uchun asboblarning to'g'ri yig'ilganligiga ishonch hosil qilmasdan tajribani boshlamaslik kerak.
Moddalarni bevosita hidlash, ushlash, ta'mini totish mutlaqo mumkin emas.
Tajribalarni ilgi boricha mo'rili shkafda o'tkazish kerak .
Yonuvchan va uchuvchan moddalarni tajriba stolida ortiqca miqdorda saqlamaslik , ularni elektr plita va ochiq alanga manbasidan uzoqda saqlash kerak.
Qizdirish maqsadida imkon boricha usti berk isitkich asboblaridan foydalanish lozim.
Yong'in chiqqan taqdirda avvalo, o't chiqishiga sabab bo'lgan manba o'chiriladi, so'ngra qum sepiladi yoki yopg'ich yopiladi. So'ngra alanganing yoyilish xavfi bo'lsa o't o'chirg'ichdan foydalanish kerak.
Probirka va boshqa shisha idishlar ehtiyotkorlik bilan qizdirish va bunda uning og'zi odam ishlamayotgan tomonga qaratilgan bo'lishi kerak.
“Mehnat xavfsizligi qoidalari bilan tanishdim”:
Amaliy mashg'ulot
Mavzu: Uglerod (IV)-oksid hosil qilish va uning xossalari bilan tanishish Maqsad: laboratoriya sharoitida karbonat angidrid hosil qilish va uning ohakli suv hamda ishqor eritmasi bilan ta'sirini o'rganish. Tuproqda karbonat ioni borligini tajriba yo'li bilan isbotlash.
Kerakli jihozlar:laboratoriya stativi,gaz o'tkazish nayi,probirkalar, stakan.
Kerakli moddalar: marmar bo'lakchalari,xlorid kislota eritmasi,ohakli suv,NaOH va kumush nitrat eritmasi, quruq yoqilg'i.
Rioya qilinishi lozim bo'lgan xavfsizlik qoidalari: 1.Spirt lampasi yoki gaz gorelkasi bilan ishlayotganda ehtiyot bo'ling. Spirt lampasi alangasidan foydalanib bo'lgandan keyin uni qopqoq yordamida o'chiring.