Huquqiy yondashuv: halqaro, mintaqaviy va respublika doirasidagi muammolar, xususan tuproqdarning kimyoviy ifloslanishi va boshqa muammolarni hal etilishida huquqiy, meyoriy xujjatlar ishlab chiqiladi (halqaro konvensiya va kelushuvlar).
Ekologik-iqtisodiy yondashuv: vujudga kelgan har qanday muammoni hal etish uchun moliyaviy sarf harajatlar hal etiladi. Ushbu moliyaviy harajatlar asosan ma’lum halqaro va davlat tashkilotlari tomonidan ajratiladi.
Ijtimoiy-gigenik yondashuv: tuproqdarning kimyoviy ifloslanishi bilan bog‘liq muammolarni hal etishda birinchi o‘rinda inson sog‘lig‘i etiborga olinadi, ya’ni har qanday amalga oshiriluvchi tadbirni ishlab chikilishida inson hayoti bosh mezon qilib olinadi. Ayniqsa katta shaharlar barpo qilinayotgan va sanoat korxonalari yil sayin ortib borayotgan bir pallada bu juda muhim hisoblanadi.
Texnik-texnologik yondashuv: maksimal darajada ishlab chiqarish faoliyatlarini chiqindisiz yoki kam chiqindili texnologiyalar bilan ta’minlash va yer resurslaridan maqsadli foydalanish.
Tarbiyaviy yondashuv: tabiatga eng katta ta’sir etuvchi insoniyatning ekologik tarbiyaviy ongini oshirish muhim hisoblanadi- Tug‘ilgan har bir insonni yoshligidan to yetuk inson bo‘lgunga qadar tabiat qonunlari va undagi bilimlarni o‘rgatgap lozim.
Estetik yondashuv: tabiatga har qanday yondashuvlar estetik qarashlar bilan boyitilishi va inson ruhiyatiga ijobiy ta’sir etishi lozim.
Ilmiy yondashuv: Muammolarni hal etish jarayonida ilmiy asosning yaratilishi muhim hisoblanadi. Misol uchun radioaktiv moddalar bilan yoki neft mahsulotlari bilan ifloslangan tuproq qoplamini atroflicha o‘rganilishi natijasida uning ilmiy yechimi topilgan. Respublikamizda atrof-muhitni muhofaza kilish va tabiat resurslaridan oqilona foydalanish bo‘iicha 2005 yilgacha mo‘ljallangan Davlat dasturi ishlab chiqilgan. Mamlakatimiz raxbari I.A.Karimovning "O‘zbekiston buyuk kelajak sari" asarida ekologik havfsizlikni kuchaytirishning hozirgi asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tilgan. Unda, xususan quyidagilar ta’kidlanadi:
1. Tegishli texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish. Qishlok, o‘rmon va boshqa xo‘jalik tarmoqlaridagi tabiiy jarayonlarning keskin buzilishiga olib keladigan barcha zaharli kimyoviy moddalarni qo‘llash ustidan qattiq nazorat o‘rnatish. Havo va suv muhitini insonning hayotiy faoliyati uchun zararli yoki salbiy ta’sir etadigan moddalar bilan ifloslanishini to‘xtatish.
2. Qayta tiklanmaydigan zahiralarni qat’iy mezon asosida iste’mol qilgan holda ularning hamma turlaridan oqilona foydalanish.
3. Katta - katta hududlarda tabiiy zahiralardan foydalanishning aniq maqsadga qaratilgan, ilmiy asoslarini o‘zlashtirish.
4. Jonli tabiatning butun tabiiy genofondini madaniy ekinlar va hayvonlarning yangi turlarini ko‘paytirish hisobiga boshlang‘ich baza sifatida saqlab qolish.
5. Shaharsozlik va tumanlarni rejalashtirishning ilmiy asoslangan, hozirgi zamon urbanizatsiyasining barcha salbiy oqibatlarini bartaraf etish tizimini joriy etish yo‘li bilan shaharlarda va boshqa aholi punktlarida yashash uchun qulay sharoitlar yaratish.
6. Ekologik kulfatlar chegara bilmasligini nazarda tutgan hodda jahon jamoatchiligi e’tiborini mintaqaning ekologik muammolariga qaratish.
Buvdan ko‘rinadiki, atrof - muhit, xususan tuproq qoplamini ifloslanishiga olib keluvchi bir qator omillar davlat darajasida hal etilishi belgilangan.
Tuproq qoplamining ifloslanishi salbiy ta’sir qiluvchi va bo‘lgan fizik, kimyoviy va biologik moddalarning qo‘shilishi oulio, tuproqda kechayotgan tabiiy modda va energiya almashinuvining buzilishi oqibatida ekotizimlarda salbiy o‘zgarishlar yuz beradi. Yerlarning ifloslanishi ikki turda: tabiiy - vulqonlarning otilishi, yer qimirlashi, sel kelishi, sunamilar va shunga o‘xshash tabiiy jarayon va hodisalar orqali, shuningdek insoylarning xo‘jalik faoliyati natijasida yuzaga keladi.
O‘zbekiston hukumati tomonidan olib borilayotgan islohatlar natijasida tuproq qoplamini turli moddalar bilan ifloslanishining kamayishi kuzatilmoqda (2-jadval).