2-jadval O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha ifloslantiruvchi modda tashlanmalarining dinamikasi, ming tonna xisobida
(Tabiatni Muhofaza kipit Ko‘mitasi ma’lumotlari, 2006 yil)
Manbalar
|
Yillar
|
1999
|
2000
|
2001
|
2002
|
2003
|
2004
|
Turg‘un manbalar
|
776,9
|
755,5
|
711,8
|
729,4
|
672,6
|
646,5
|
Harakatlanuvchi manbalar
|
1520,0
|
1593,0
|
1583,5
|
1453,0
|
1348,6
|
1310,9
|
Jami
|
2296,9
|
2348,5
|
2250,3
|
2182,4
|
2021,1
|
1957,4
|
Tuproqlarni kimyoviy ifloslanishida bir necha omillar asosiy o‘rin tutadi, bu o‘rinda insoniyat faoliyati bilan bog‘liq holda vujudga keladigan kimyoviy ifloslanishlarni aytish o‘rinlidir. Yer yuzi aholisi o‘zining ehtiyojlarini ta’minlash maksadida tabiatga, xususan tuproq qoplamiga bevosita va bilvosita ta’sir etish qirralarini kengaytiradi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) ma’lumotiga ko‘ra yer kurrasi aholisi 1969 yildan yiliga 2 % ga ortmoqsa, aholining soni 2025 yilga kelib 9,4 mlrd. kishiga yetadi, Respublikami aholisi esa yiliga 450 - 470 ming (qariyb 0,5 mln.) kishiga ortadi, I bu holat albatta kuvonarli hol va bu ijobiy baholanadi. Biroq insoniyat ko‘paygani sari atrof-muhitga, jumladan tuproq qoplamiga ta’siri yanada ortadi. Yangi - yangi sanoat korxonalarini barpo etadi, yerlarni o‘zlashtiradi va umuman tabiiy yaralgan muhitga katta "bosim" bilan ta’sir qiladi, natijada tuproq qoplamini kimyoviy ifloslanishining masshtabi kengayadi va ifloslanish turlari ortadi.
Tarixga nazar tashlasak, inson turli davrlarda yerga turlicha yondashgan va kimyoviy ifloslanishiga o‘zining ta’sirini o‘tkazgan: bundan 1 mln. yil avval kundalik ehtiyojini qondirish maksadida tuproq qoplamiga ta’sir etish shakli bo‘lmagan. 100 ming yil avval esa dastlab mehnat qurollari vositasida tuproq qoplamiga juda kuchsiz ta’sir etgan va tuproq qoplamini kimyoviy ifloslanishi deyarli sezilmagan, XV asrga kelib inson faoliyati bir muncha ortgan. XX asr boshida esa dastlabki sanoat korxonalari va qishloq xo‘jaligida kimyoviy moddalar qo‘llanilishi natijasida tuproq qoplamini kimyoviy ifloslanishi kuzatilgan va tuproq qoplamiga ta’siri sezilgan. XXI asr boshiga kelib vaziyat jiddiylashgan. Kimyoviy ifloslanishni tez va keng masshtabda tarqalishida faol ishtirok etuvchisi transport turlari va ular bilan bog‘liq jarayonlar natijasida tuproq qoplamini kimyoviy ifloslanishi bir qator salbiy holatlarga olib keldi.
Dostları ilə paylaş: |